Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 964.43-30.16

  • EUR

    14 744.45-17.4

  • RUB

    158.280.6

+11C

+11C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+11c

  • Hozir

    +11 C

  • 08:00

    +12 C

  • 09:00

    +12 C

  • 10:00

    +13 C

  • 11:00

    +13 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +15 C

  • 14:00

    +15 C

  • 15:00

    +16 C

  • 16:00

    +16 C

  • 17:00

    +15 C

  • 18:00

    +15 C

  • 19:00

    +14 C

  • 20:00

    +13 C

  • 21:00

    +12 C

  • 22:00

    +11 C

  • 23:00

    +11 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 18-April

+11C

  • Hozir

    +11 C

  • 08:00

    +12 C

  • 09:00

    +12 C

  • 10:00

    +13 C

  • 11:00

    +13 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +15 C

  • 14:00

    +15 C

  • 15:00

    +16 C

  • 16:00

    +16 C

  • 17:00

    +15 C

  • 18:00

    +15 C

  • 19:00

    +14 C

  • 20:00

    +13 C

  • 21:00

    +12 C

  • 22:00

    +11 C

  • 23:00

    +11 C

  • Juma, 18

    +11 +20

  • Shanba, 19

    +10 +20

  • Yakshanba, 20

    +7 +20

  • Dushanba, 21

    +10 +20

  • Seshanba, 22

    +13 +20

  • Chorshanba, 23

    +13 +20

  • Payshanba, 24

    +14 +20

  • Juma, 25

    +19 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

“Og'ib borayotgan” bino: Piza minorasining siri nimada?

Italiya davlati hududida joylashgan bu bino boshqa osori-atiqalarga unchalik o'xshamaydi. Uning o'ziga xos xususiyati bor: bino yillar o'tgan sari bir tomonga asta-sekinlik og'ib bormoqda. U hatto bir muddat o'tgandan keyin yiqilishini ham ilgari suradiganlar ham bor.
Ҳодиса
548 11:39 | 08.04.2025 11:39

Ko'pchilikni o'ziga maftun qilgan go'zal obida oz emas, ko'p emas 200 yil davomida qurib bitkazilgan. Tarixchilarga ko'ra, bino poydevorini barpo etishda quruvchilar xatoga yo'l qo'ygan. Ana shu xatolik va asrlar davomida davom etayotgan og'ish minorani butun dunyoda mashhur qilib yubordi. Ehtimol, deyarli ming yil avval quruvchilar adashmaganda, bu binoni deyarli hech kim eslamasligi ham mumkin edi.


Evropadagi eng go'zal soborlardan biri Piza sobori Piazza di Mirakoli (Mo'jizalar maydoni) da qad ko'targandi, ammo XII asrga kelib ham o'zining qo'ng'iroq minorasiga ega emas edi. 1173 yilda pizaliklar bu kamchilikni tuzatishga qaror qilishdi. Mashhur me'mor Bonanno Pisano loyihani o'z zimmasiga oldi, lekin maydonning zaif, qurilishga unchalik yaramaydigan tuprog'ini ko'zdan qochirdi. Qurilish boshlangandan kamchiliklar ko'rinib qoldi. Birinchi qavat qurilgach, minora vertikaldan 4 sm ga og'ib ketdi va bu paytda asosiy aybdor Bonanno Pisano shahardan qochib ketgani ma'lum bo'ldi.


Vaqti-vaqti bilan qurilish qayta tiklandi. Minora faqat 1272 yilda, me'mor Jovanni di Simone rahbarligida ish qayta boshlanganida, yana e'tibor markaziga tushdi. Me'mor nishab tomonidagi har bir yangi qavatda koridorlarning shiftini balandligini oshirish orqali qiyalikning o'rnini qoplashga qaror qildi. G'ayrioddiy yondashuv konstruktsiyaning markaziy o'qdan siljishiga olib keldi va minora uchun bananga o'xshash shaklni berdi. Biroq, bu muammoni hal qilmadi va minora “yiqilishda” davom etdi. 1350 yilga kelib, barcha sakkiz qavatning qurilishi tugallandi, 20 yil o'tgach, minora tepasida yettita qo'ng'iroq o'rnatildi.


Nishabning o'rnini qoplash uchun ustki qavatlar shunday qurilganki, bir tomoni boshqasidan balandroq bo'lib, minoraga egri ko'rinish bergan. 1372 yilda ish tugagach, uning vertikaldan og'ishish masofasi allaqachon 92 sm edi. O'shandan beri minora har yili 1-2 mm.ga og'di, bu narsa asrlar davomida yaqqol namoyon bo'la boshladi.


Piza minorasining tarixiy ahamiyati mashhur astronom olim Galileo Galiley bilan ham bog'liq. 1580 yillarda Pizada yashagan olim minoradan har xil massadagi to'p o'qlarini tashlab fizik tajribalar o'tkazdi va buning natijasida fanda mashhur bo'lgan erkin tushish qonunini kashf etdi. Ammo ba'zi manbalar olimning minorada tajribalar o'tkazgani haqidagi ma'lumotni shubha ostiga oladilar.



Ikkinchi jahon urushi davrida minora yer bilan yakson bo'lishiga bir bahya qoldi. Italiya hududida urush olib borayotgan ittifoqchilar Buyuk Britaniya va AQSh gitlerchilar minoradan kuzatuv posti sifatida foydalanayotganidan xavotirlanishgan. Minorada nemis qo'shinlari borligini tasdiqlash va ularni yo'q qilish uchun yuborilgan AQSh armiyasining serjanti Leon Vekshteyn sobor va minora kompozitsiyasi go'zalligidan hayratda qoldi va shu sababdan binoga artilleriya zarbasini berishdan bosh tortdi. Mana shu omil minorani vayron bo'lishdan saqlab qoldi.


1951 yilda minora qulab tushadi, degan qo'rquv tufayli uning qo'ng'iroqlari faoliyatdan to'xtatdi. 1990 yilda Piza minorasi tashrif buyuruvchilar uchun yopildi va mutaxassislar mashhur “bemor”ning “sog'lig'i” haqida g'amxo'rlik qilishdi.


Ilm-fan va komp'yuter texnologiyalaridagi yutuqlar minoraning og'irlik markazini va tushish traektoriyasini hisoblash, shuningdek, tuproqning zichligi va harakati haqida ko'proq ma'lumot olish imkonini berdi. Bu jarayon o'tgan asrning 70-yillariga to'g'ri keldi. Bundan tashqari, olimlar qo'ng'iroq minorasi tashkil etilganidan beri har yili vertikaldan taxminan 1 mm.ga og'ib, muqarrar ravishda qulashda davom etishini aniqladilar.


1990 yil boshida Piza minorasi xavfsizlik nuqtai nazaridan tashrif buyuruvchilar uchun yopiq edi. Tadqiqot og'ir vaziyatni ko'rsatdi: o'sha vaqtga kelib, qo'ng'iroq minorasining burchagi besh gradusdan oshdi (taqqoslash uchun: 1350 yilda bu ko'rsatkich 1,4 daraja edi). Minorani saqlab qolish uchun o'n yildan ortiq mehnat va 30 million yevrodan ortiq mablag' sarflangan noyob reja ishlab chiqildi. Loyihani britaniyalik muhandis Jon Burland, shuningdek, butun dunyodan 12 nafar boshqa ekspertlar boshqargan. Ish bir necha asosiy bosqichlarga bo'lingan.


Birinchidan, strukturaning og'irligini kamaytirish uchun qo'ng'iroqlar minoradan olib tashlandi. Keyinchalik, bazaning shimoliy tomonida qo'shimcha muvozanat uchun umumiy og'irligi 600 tonna bo'lgan qo'rg'oshin bloklari o'rnatildi.


Shundan so'ng, bino bir necha yuz metr uzunlikdagi ulkan po'lat kabellar bilan bog'landi, ulardan odatda simli ko'priklarni qurishda foydalanilgan. Ular qazish ishlari paytida minoraning qulashiga yo'l qo'ymaslik uchun zarur edi.


Keyinchalik, minora ostida diagonal tunnellar qazilib, uning shimoliy qismi ostidan kerakli miqdordagi tuproq olib tashlandi, shuningdek, suv ham tortib olindi. Shundan so'ng quruvchilar 15 metrlik beton qoziqlarni yerga qoqib, poydevorni mustahkamladilar. Nihoyat, barcha ishlar bajarilgandan so'ng, minorani qo'llab-quvvatlovchi po'lat kabellar tortildi, shundan so'ng binoning bosqichma-bosqich to'g'rilanishi boshlandi.


Natijada minora 43,8 smga tekislandi. Poydevorni mustahkamlash uchun yana bir necha yil kerak bo'ldi va 2001 yil oxirida Piza minorasi jamoatchilikka qayta ochildi. Minora aslida Piazza dei Mirakoli yoki “Mo''jizalar maydoni”ni tashkil etuvchi kattaroq binolar ansamblining bir qismi sanaladi. Ushbu ansambl sobor, monumental qabriston va qo'ng'iroq minorasining o'zi va boshqalarni o'z ichiga oladi. 1987 yilda butun majmua YuNESKOning Jahon merosi ro'yxatiga kiritilgan. Bu e'tirof ushbu o'rta asrlardagi binolarning madaniy va me'moriy ahamiyatidan dalolat beradi. Mehmonlarni nafaqat egilgan minora, balki butun maydonning go'zalligi O'rta asrlar Yevropa san'ati va me'morchiligining beqiyos namunasi sifatida o'ziga tortib keladi.



2008 yilda minora o'z tarixida birinchi marta og'ishdan to'xtagani e'lon qilindi. U endi inson aralashuvisiz kamida yana 200 yil turishi mumkin edi. Pizada oxirgi marta minoraning holatiga bag'ishlangan kengash 2022 yil oxirida yig'ildi. Olimlar minora o'zining 850 yoshini ajoyib holatda qarshilayotganini e'tirof etishdi.


Piza minorasi yagona og'uvchi tarixiy bino emas. Piza qo'ng'iroq minorasi dunyodagi eng mashhur binolardan bo'lsa ham, ammo u yagona og'ayotgan mashxur inshoot emas. Turli mamlakatlarda qurilish paytida yoki undan keyin asta-sekin og'a boshlagan ko'plab tarixiy binolar mavjud. Ular qatoriga hatto Londonning mashhur Big Benini ham kiritish mumkin, garchi uning markaziy o'qdan chetlanishi arzimagan hajmda bo'lsa ham.


Masalan, Rossiyada ham shunga o'xshash binolar mavjud. Eng mashhurlaridan biri - Sverdlovsk viloyatidagi Nevyansk minorasi (1721-1725 yillarda qurilgan), uning eng baland nuqtasida vertikaldan og'ish 1,85 metrni tashkil etadi. Qaysidir ma'noda u Piza qo'ng'iroq minorasiga biroz o'xshaydi: 57 metrli ushbu inshoot qurilish vaqtida yer osti suvlari tomonidan eroziyalangan tuproq tufayli qulay boshlagandi. Yiqilishning oldini olish va ishni tugatish uchun me'morlar muammoli tomonda maxsus yoyilgan g'ishtlardan foydalanishdi va minoraga qilich shaklini berishdi.


Abror Zohidov,
ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Ҳодиса
Hayratlanarli
0 2190 10:00 | 04.11.2023
Ҳодиса
G'azo bolalari nomma-nom
0 2133 14:28 | 06.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса
21 noyabr' – qanday kun?
0 2852 11:13 | 21.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса