Valyuta UZS
  • USD

    12 559.26-59.37

  • EUR

    14 413.01-103.46

  • RUB

    160.17-0.66

+35C

+35C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+35c

  • Hozir

    +35 C

  • 17:00

    +35 C

  • 18:00

    +34 C

  • 19:00

    +33 C

  • 20:00

    +30 C

  • 21:00

    +28 C

  • 22:00

    +26 C

  • 23:00

    +26 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 20-June

+35C

  • Hozir

    +35 C

  • 17:00

    +35 C

  • 18:00

    +34 C

  • 19:00

    +33 C

  • 20:00

    +30 C

  • 21:00

    +28 C

  • 22:00

    +26 C

  • 23:00

    +26 C

  • Juma, 20

    +35 +20

  • Shanba, 21

    +37 +20

  • Yakshanba, 22

    +38 +20

  • Dushanba, 23

    +38 +20

  • Seshanba, 24

    +41 +20

  • Chorshanba, 25

    +38 +20

  • Payshanba, 26

    +33 +20

  • Juma, 27

    +36 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Dezinformatsiya va mizinformatsiya: ularning farqi nimada?

Axborot asrida yashayotganimizga qaramay, haqiqatni yolg'ondan ajratish tobora murakkablashib bormoqda. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar va onlayn platformalardan foydalanuvchilar soni ortib borishi bilan feyk ma'lumotlar ham tez tarqalmoqda. Bu jarayonda ko'p hollarda uchraydigan ikki tushuncha bor: dezinformatsiya va mizinformatsiya. Ko'pchilik ularni chalkashtirib yuboradi yoki bir tushuncha deb hisoblaydi, biroq ularning bir-biridan farqi katta.
Jamiyat
145 12:52 | 20.06.2025 12:52

Mizinformatsiya bu – shaxs bilmagan holda noto'g'ri yoki yolg'on axborotni tarqatishi. Masalan, “Xalq so'zi” gazetasining veb-saytida “tovuq go'shti saratonga olib keladi” degan xabar ko'pchilikning e'tiborini tortgan. Bunga manba sifatida esa Oksford universiteti olimlari qayd qilingan bo'lsada, bu tajribani asoslovchi hech qanday havola ko'rsatilmagan. National Chicken Council (Milliy tovuq konsulligi) tomonidan esa tovuq go'shtining saratonga sabab bo'lmasligi ilmiy asoslar bilan isbotlangan.


Ushbu axborot zarar yetkazish niyatida emas, balki foydali ma'lumot sifatida ulashilgan. Ammo natijada bu noto'g'ri ma'lumot keng auditoriyaga yetib borib, muammolarga olib kelgan.


Dezinformatsiya – bu atayin, ongli ravishda yolg'on yoki noto'g'ri axborot tarqatish. Maqsad – odamlarni chalg'itish, siyosiy, iqtisodiy yoki ijtimoiy foyda ko'rish. Bu ayniqsa siyosiy kampaniyalar, urushlar yoki ijtimoiy norozilik davrida keng qo'llaniladi. Masalan, bir davlat boshqasiga nisbatan salbiy imij yaratish uchun soxta videolar tarqatishi dezinformatsiyaning yaqqol misolidir.


Bunga real keys sifatida 2024 yil mart oyida Moskva yaqinidagi “Crocus City Hall” kontsert zalida yirik terakt sodir bo'lishiga to'xtalamiz. Unda 140 dan ortiq odam halok bo'ldi. Bu voqeadan so'ng, Rossiya rasmiylari va davlatga qarashli OAVlar hujum uchun Ukrainani ayblay boshladi. Ular go'yo ukrainalik rasmiylar bu hujumni tan olganini ko'rsatadigan soxta videolarni keng miqyosda tarqatishdi. Ammo BBC verify ushbu videolarning ayrimlari soxta va maxsus tayyorlangan kadrlar ekanligini isbotladi.


AQSh razvedkasi va BMT tergovchilari bu hujum uchun javobgarlikni “Islomiy davlat”ning Afg'onistondagi bo'limi — ISKP (IS-Khorasan Province) zimmasiga yuklashdi. Ukraina esa Rossiyaning bu ayblovlarini qat'iyan rad etdi, ularni Kremlning dezinformatsion strategiyasi sifatida baholadi. Shunga qaramay, Rossiya ichida olib borilgan so'rovnomalar shuni ko'rsatdiki, aholining katta qismi davlat OAVlarining versiyasiga ishongan va terakt ortida Ukraina turganiga ishonch bildirgan.


Asosiy farq shundaki, mizinformatsiya odamlarning bilmasdan noto'g'ri ma'lumotni tarqatishi, dezinformatsiya esa atayin, manipulyatsiya qilish va odamlarni chalg'itish uchun tarqatilgan yolg'on axborotdir.


Mizinformatsiya ko'pincha behosdan tarqaladi va odamlarga zarar yetkazmasdan o'tkazilishi mumkin. Ammo dezinformatsiya, aksincha, mo'ljallangan va yo'naltirilgan zarar keltiradi.


Bundan qanday himoyalanish mumkin?


• Axborotning manbasini tekshirish: Har qanday yangi ma'lumotni qabul qilishdan oldin, uning ishonchli va xavfsiz manbalardan olinganligini tekshirish kerak.


• Tanqidiy fikrlash: Har bir yangi axborotni tekshirib ko'rish, unga shubha bilan yondashish va qabul qilishdan oldin savollar berish kerak. Bu, ayniqsa, sog'liqni saqlash, iqtisodiyot va siyosat kabi sohalarda yanada muhimdir.


• Faktlarni tekshirish xizmati: Dezinformatsiya va mizinformatsiyani aniq fosh etish uchun ixtisoslashgan platformalardan tekshirishga odatlanish kerak.


• Ijtimoiy tarmoqlarda mas'uliyatli bo'lish: Axborot tarqatishdan oldin, u haqiqatga asoslanganligini va uni boshqalarga qanday ta'sir qilishi mumkinligini o'ylash zarur.


Aslida dezinformatsiya ham, mizinformatsiya ham jamiyatda yolg'on axborotlarning tarqalishiga va o'zaro ishonchsizlikning kuchayishiga olib keladi. Shu sababli, har bir ma'lumotni qabul qilish yoki uni tarqatishdan oldin tekshirish zarur.


Mahliyo Hamid,
O'z JOKU talabasi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 4257 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat