“Respublika pediatriya markazi bemor bolalar bilan to'lgani” holatiga izoh berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Respublika pediatriya markazi bemor bolalar bilan to'lgani, ularning bir qismi yangi virusga chalingani aytilgan xabarlar tarqaldi.
Sog'liqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, bolalarning metapnevmovirusga chalingani xususidagi ma'lumotlar mutlaqo asossiz ekanini ta'kidlamoqda.
Ta'kidlanishicha, Yangi yil arafasida Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining jami beshta — Сhaqaloqlarni parvarish qilish, Сhaqaloqlar patologiyasi va reanimatsiyasi, Gepatologiya, Nefrologiya hamda Umumiy pediatriya bo'limlarida profilaktik yuvish-tozalash va zararsizlantirish ishlari amalga oshirilgan.
Mavzuga doir: Metapnevmovirus: xavotirlanishga asos bormi?
Mazkur bo'limlarning barchasi bugun, 6-yanvar kuni qayta ochilganidan so'ng esa tabiiy ravishda bemorlar oqimi nisbatan ortib ketgan.
Shuningdek, rasmiy munosabatda markaz ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarda qayd etilgan yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarni qabul qilish va davolashga ixtisoslashtirilmagani aytiladi.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0