Ayol sobiq turmush o'rtog'iga 72,4 million so'm to'lab berdi
Avvalo, ajralishlar bo'lmasin. Lekin, taaassufki, ba'zida oila parokandalikka uchraganda, ayol hech qanday haq-huquqsiz ko'chada qolganday tuyuladi. Aslida, unday emas. Bunday vaziyatlarda ayol nikoh davomida orttirilgan umumiy mulkdan ulush olish huquqiga ega. Сhunki, O'zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining tegishli moddasiga ko'ra, er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shuningdek, nikoh qayd etilgunga qadar, bo'lajak er-xotinning umumiy mablag'lari hisobiga olingan mol-mulklari – umumiy mulk hisoblanadi.
Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo'limi ish yurituviga nikoh davomida orttirilgan umumiy mulkdan ulush ajratish bo'yicha ijro varaqasi kelib tushgan.
Odatda sudlar qarorlaridagi vaziyatlarning yechimi Majburiy ijro byuro xodimlarining ijro harakatlariga borib taqaladi.
Ijro hujjatida, tortishuvga sabab bo'lgan mol-mulklarning uzundan-uzun ro'yxatida, taqsimlanmagan ashyolar qolmagandek, go'yo. Qisqasi, do'kondan tortib mashinalargacha, uy jihozlaridan tortib idish-tovoqlargacha er-xotinga teng bo'lib berilgan.
Sud qaroriga ko'ra, Andijon shahridagi savdo do'koni ayolga qolishi va eriga do'konning teng qism qiymati undirib berilishi ta'minlandi.
Shunday qilib, ayol 72,4 million so'mni sobiq turmush o'rtog'iga to'lab berdi.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0