Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 820.475.69

  • EUR

    13 470.4727.77

  • RUB

    122.26-1.24

+7C

+7C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+7c

  • Hozir

    +7 C

  • 22:00

    +7 C

  • 23:00

    +6 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Chorshanba, 27-November

+7C

  • Hozir

    +7 C

  • 22:00

    +7 C

  • 23:00

    +6 C

  • Chorshanba, 27

    +7 +20

  • Payshanba, 28

    +12 +20

  • Juma, 29

    +8 +20

  • Shanba, 30

    +7 +20

  • Yakshanba, 01

    +5 +20

  • Dushanba, 02

    +4 +20

  • Seshanba, 03

    +3 +20

  • Chorshanba, 04

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

O'zinikini “tunayotgan” o'zbegim...

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasiga!
Jamiyat
1557 09:49 | 12.09.2023 09:49

Odamlar ertalabdan yaxshi niyat bilan ko'chaga otlanadi. Ishga, o'qishga, tirikchilik tashvishida... Ammo manzilga yetib borguncha bu kayfiyat qaysidir ma'noda o'zgarib ketadi. Ayniqsa, bugun poytaxt ko'chalarida yurish ancha mushkul. Yo'l tartib-qoidalarini kuchaytirish maqsadida qo'yilayotgan va xususiy “tadbirkorlar” hisobiga kundan-kun ko'payib borayotgan kuzatuv kameralari, radarlar tufayli poytaxt aholisining e'tirozlari ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez bildirilmoqda.


Haydovchilardan, o'z yaqinlarimizdan ham bu jarayonlarga munosabatlarni eshitib turibmiz. To'g'ri, hukumat tomonidan aholiga foyda bo'lishi, daromad olishi va albatta yo'llarda havfsizlik chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida tadbirkorlar tomonidan avtomobil' yo'llarida qoidabuzarliklarni foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o'rnatish tartibi belgilangan.


Ammo bugun ana shu qo'shtirnoq ichidagi “tadbirkor”lar insofsizlarcha yo'l chetiga qo'yib olgan mashinasida boshqalarni atayin qoida buzishga majbur qilib, kameraga tushirib olishayotgani aytilmoqda. Natijada haydovchilar asossiz jarimalarni to'lashga yoki bularni bekor qildirish uchun ovorayu sarson bo'lishga majbur...


Poytaxt ko'chalaridagi ayrim chorrahalarda o'ngga burilishda haydovchilar (asosan, kur'erlar) deyarli doim mashinalarni chorrahaga juda yaqin joyga qo'yadi, bu esa burilayotganlarni birinchi chiziqqa o'tishi uchun uzluksiz chiziqni kesib o'tishga majbur qiladi.


Ba'zi ko'chalarda to'xtash joyi noto'g'ri tashkil etilgani, ya'ni, to'xtab turgan mashinalar orqaga qarab chiqib ketishi, bu esa qoidalarni buzmasdan chiziqqa chiqishni qiyinlashtirishi sababli jarimalar undirilishiga asos bo'lmoqda.
Xo'sh, nega odamlar atayin qilingan tuzoqqa tushishi, qo'sha-qo'sha jarimalarni to'lashi kerak? Haydovchilar bilan gaplashganimizda, shundoq ham yo'llar tirband, shahar ichida tezlik 60 ga tushgandan buyon bu tirbandlik avj olib borayotgani, natijada vaqt va sog'ligini yo'qotishayotgani aytishdi. Vijdonini ham pulga almashib borayotgan tadbirkorlarning bu “nayrang”lari esa dard ustiga chipqon bo'layotganini inkor qilib bo'lmaydi, albatta.


– Shaharda tezlik shundoq ham 60. Video, fotokuzatuvlar esa kundan kun ortib boryapti, – deydi poytaxtlik Dilshod Odilov. – Odamlar tasvirga tushmaslik uchun ehtiyotkor bo'lgani sari qoidalarni buzishga majbur bo'layapti. Tadbirkorlar kuzatuv kameralarini istagan joylariga emas, yo'l belgilari bor hududlarga qo'yishlari kerak, aslida. Yo'l chetiga noto'g'ri qo'yilgan ayrim mashinalar tufayli ko'plab aholi vakillari asossiz jarimalar to'lashga majbur bo'lishyapti. To'g'ri, buni bekor qildirish mumkin, ammo unga ketadigan vaqt, ovogarchilikka kimning toqati bor, deysiz?... Mana shunday noo'rin tartibda joylashtirib odamlarni qoida buzishga majbur qilayotganlarning o'zlarini jarimaga tortish kerak, aslida.


Har kuni ijtimoiy tarmoqlarda mana shunday yo'l chetida atayin qoidabuzarlik sodir etilishi uchun qo'yilgan mashinalar, kameralar haqida ko'plab videolar joylanyapti, odamlar bir-birlarini ogohlantirishyapti. Nahotki millatimiz bir-birini ko'ziga cho'p solish darajada tubanlashib borayotgan bo'lsa, deb o'ylab qolasiz...


Axir hamma ham uyiga 4 ta non, bola-chaqasiga yegulik olib kirgisi keladi. Yuqoridagi tadbirkorlar kasriga esa ularning rizqidan uzib mana shunday nohaq jarimalarni to'lashga majbur bo'layotgan minglab otalar, aka-ukalarimiz bor. To'g'ri, asossiz jarimalarni bekor qildirish tartibi bor. Ammo uning ovoragarchiliklari ham yo'q emas. Vaqt va pul sarflab uning orqasidan yurgandan ko'ra, “bor-e”, deb jarimani to'lab qo'yadiganlar qancha...


Islomda ham “birovning haqi”, “halol va xarom luqma” degan tushunchalar bor. Nahotki, o'zbek bo'la turib mana shu oddiy islomiy odob-ahloq qoidalarini tushunmaymiz... Qanday qilib ular o'zgalarning noroziliklari hisobiga topgan pullarni oilasiga olib kiradi, unga luqma sotib olib farzandlariga qanday yediradi?..


Bir qator faollardan fuqarolarning adolatsiz jarimalar ustidan shikoyat qilishdagi ovoragarchilikdan asrash maqsadida qaydnomalarga onlayn shikoyat berish imkoniyatini yaratish, radar o'rnatilgani to'g'risidagi belgilar yonida cheklangan tezlikni aks ettiruvchi belgilarni o'rnatishni majburiy qilish taklif etilmoqda.


Aholi bilan suhbatlashganimizda ham bu haqda mulohazalar bildirildi. Qolaversa, qoidabuzarliklarni tasvirga olayotganlarning o'zlari tasvirga olish chog'ida yo'l qoidalarini buzishayotgani, natijada havf-xatarlar yuzaga kelayotganini aytib o'tishdi. Ular ham qoidabuzarlar bilan bir xil tartibda jarima to'lashlari kerakligini ta'kidlashmoqda.


Bir guruh haydovchilar esa ayrim hududlarda hatto asossiz ravishda fotoradarga tushib qolayotgani, jarimada esa qanday qoidabuzarlik sodir etilgani ko'rsatilmayotgani to'g'risida bayon etishdi. Shu bois tadbirkorlar texnik vossitalarini belgilar qo'yilgan joygagina o'rnatishi kerakli haqidagi fikrlar ham asosli, nazarimizda.
Ayrim tumanlardagi bunday vaziyatlar bo'yicha o'rganishlar olib borilayotgani ham qayd etilgan. Ammo natijasi hali ma'lum emas. O'ylaymizki, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi ham asossiz jarimalarni, qoidabuzarliklarni qasddan paydo qilayotgan “tadbirkorlar” faoliyatini nazoratga oladi va jamoatchilikka bu haqda ma'lumotlarni taqdim etadi.


Gulruh ODAShBOEVA,
ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 2383 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat