Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 971.9314.93

  • EUR

    13 394.81-68.81

  • RUB

    133.860.43

+2C

+2C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+2c

  • Hozir

    +2 C

  • 13:00

    +2 C

  • 14:00

    +2 C

  • 15:00

    +3 C

  • 16:00

    +2 C

  • 17:00

    +2 C

  • 18:00

    +2 C

  • 19:00

    +1 C

  • 20:00

    +1 C

  • 21:00

    +0 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    +0 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Seshanba, 11-February

+2C

  • Hozir

    +2 C

  • 13:00

    +2 C

  • 14:00

    +2 C

  • 15:00

    +3 C

  • 16:00

    +2 C

  • 17:00

    +2 C

  • 18:00

    +2 C

  • 19:00

    +1 C

  • 20:00

    +1 C

  • 21:00

    +0 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    +0 C

  • Seshanba, 11

    +2 +20

  • Chorshanba, 12

    +1 +20

  • Payshanba, 13

    +4 +20

  • Juma, 14

    +5 +20

  • Shanba, 15

    +6 +20

  • Yakshanba, 16

    +5 +20

  • Dushanba, 17

    +8 +20

  • Seshanba, 18

    +9 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Qanotli ajdaholar rostdanam bo'lganmi?

Er kurrasi koinotning shunday bir qismida joylashganki, unda va uning tegrasida odamzod va boshqa tirik jonlar qatori uchar kaltakesaklar, ajdaholar, g'ayritabiiy ko'rinishdagi aqlli va yarim aqlli maxluqlar ham yashagan. Kim bilsin, ehtimol, bu jarayon hozir ham davom etayotgandir...
Ҳодиса
917 14:07 | 18.12.2024 14:07

Havodagi antiqa jang


Gollandiya. 1646 yil. Ko'klam fasli nihoyasida Gaaga shahri aholisi o'ta hayratomuz jangning guvohi bo'lishdi. Hayratomuzligi shundaki, bu muhoraba zaminda yoki suvda emas, balki poydevori ham, ustuni-yu tomi ham yo'q tiniq osmonda borardi. Unda bor-yo'g'i ikki yovuz kuch – g'azab-la o'kirayotgan arslon va og'zidan tinmay olov purkayotgan ajdar qatnashayotgandi. Dunyoning ishlaridan lol qotib, tillari kalimaga kelmay qolgan odamlarga hammasi xuddi ko'zgudagidek aniq-ravshan ko'rinib turardi. Raqiblar cheksiz va tayanchsiz falakda bamisoli erda harakatlanayotganday zir yugurib, bir-birini ayovsiz do'pposlardilar. Qonga botib, o'lar holga kelib qolgan bo'lsalar-da, o'zaro hujumni haliveri to'xtatadiganga o'xshamasdilar. Sal narida yana bir aql bovar kilmas manzara ko'zga tashlanardi. Boshqa ajdarga ergashgan askarlar bo'shliq uzra dadil odim otib borishardi. Ularning ortidan boshiga birvarakayiga uchta toj kiyib olgan qirol savlat to'kib kelardi...


Norvegiya. XX asr. Bude shahri atrofida xech kimning xayoliga kelmagan favkulodda hodisa ro'y berdi. Qanotlarining uzunligi o'n metrcha keladigan allaqanday maxluk sohilga yaqin joydan uchib o'tayotib, bexosdan dengiz mayog'iga borib urildi. Alaloqibat, shu zahotiyok kuchli alanga ichida qolib, yonib ketdi. Nazoratchi Karl Fridensen uning tanasi qoldiqlarini terib olib, shaharga keltirdi. Jizg'anagi chiqqan qalin to'qimalar tuzilishini sinchiklab o'rgangan tadqiqotchilar esa tahlil natijalaridan qattiq taajjubga tushdilar. Negaki, hozircha fanga ma'lum jonzotlar orasida bunaqasi yo'q edi. Pirovardida olimlar “Bu chang-g'ubordan yaralgan parvona (tungi kapalak) yoki insoniyatga notanish bahaybat hasharot bo'lishi mumkin”, degan xulosaga kelishdi. Ayni chog'da, navbatdagi jumboq ustida jiddiy bosh qotira boshlashdi.


Avvalo, bu jonivor kattaligi bo'yicha pterodaktillardan, aniqrog'i, bundan 167,4 – 66 million yillar muqaddam yura erasi va mezozoy erasining bo'r davrida yashagan uchqur dinozavrlar toifasiga mansub kaltakesaksimon hayvonlardan aslo qolishmasdi. U ming-minglab yo'lovchi va yuk tashuvchi hamda baliq ovlovchi kemalar suzib yurgan dengiz ustidan uchib o'tganini nahotki hech kim ko'rmagan-sezmagan bo'lsa? Axir, u samolyot emas, tirik mavjudot-ku! Parvoz payti qanotlarini silkitadi-ku! Nahotki, ayni holat kishilarni sergaklantirmagan bo'lsa?!.


Ikkinchidan, hayotda inson tub mohiyatini fahmlay olmaydigan ajabtovur voqealar tez-tez takrorlanib turadi. Shu o'rinda bir vaqtlar Markaziy Amerika osmonida paydo bo'lgan maxluqni eslash joiz. Uning bo'yi ikki metr atrofida bo'lib, ko'zlaridan olov yoki nur yog'ilib turgan. Gavdasi odamnikiga o'xshab ketgan. Faqat bitta keskin farqi – beli ortida yelkaga tashlanadigan yengsiz kiyimga o'xshash uzun qanotlari bo'lgan. U qanotlarini keng yoyib, daryolar, dalalar va vodiylar ustidan uchib o'tganini ko'pchilik ko'rgan.


Yoki boshqa misol. 1967 yilning avji qishida AQShliklar xristianlarning Iso payg'ambar tavalludiga bag'ishlangan asosiy diniy bayrami sanalmish rojdestvoni nishonlashayotgandi. Shu munosabat bilan hukumat uyushtirgan tantanani mamlakat televideniesi to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatayotgandi. Nihoyat, prezident Lindon Jonson belgilangan vaqtda maxsus tugmachani bosdi. Bayram archasi olovrang nurga chulg'andi. Shodiyonalar boshlanib ketdi. Ammo oradan o'ttiz soniya o'tar-o'tmas, ekranda davra boshlovchisi tashvishli qiyofada ko'rindi. U shoshilinch tarzda bir noxush xabarni e'lon qildi. Aytishicha, bir necha daqiqa oldin fojia ro'y berib, Ogoya shtatining Gallipolis shahri bilan Virjiniya shtatining Poynt-Plezant shahrini bog'lab turuvchi ko'prik qo'qqisdan qulab tushibdi.


Bu paytda ko'prik ustida qatnov avjida bo'lgan. Falokat arafasida esa, Poynt-Plezant tarafda ko'zlari ko'mir cho'g'i yanglig' yolqinlanayotgan allaqanday maxluq ko'rinish bergan. O'sha davr ma'lumotlarida u odamlar bilan muloqotga kirishish qobiliyatiga ham egaligi, qanotlari yoyilganda uzunligi taxminan o'n metrga yetishi alohida ta'kidlangan.


Demak, yuqorida keltirilgan dalillardan quyidagicha xulosa chiqarish mumkin: bu jonivor Norvegiyada dengiz mayog'iga urilib nobud bo'lgan parvonaga juda-juda o'xshab ketadi. Eski gazetalar taxlamlarini varaqlasangiz, ularda go'yoki kurramizning “yo'qolib ketgan dunyosi”ni o'zida mujassam etgan pterodaktillar haqida ko'p yozilganiga ishonch hosil qilasiz. Bunday voqealar so'nggi 50-60 yil davomida ham bot-bot kuzatilgan. Ular bilan batafsil tanishar ekansiz, xayol sizni beixtiyor moziy sari yetaklaydi.


Zamonlarni zamonlarga bog'lovchi ma'budalar


Ma'lumki, ayrim xalqlarning ko'hna bitiklarida qanotli odamlar, uchqur ilonlar to'g'risida so'z yuritilgan. Ularning qiyofasi tarixiy-madaniy yodgorliklarda, tasviriy san'at asarlarida ham o'z ifodasini topgan. Bu – bejiz emas. Asrlar osha tildan tilga o'tib kelayotgan afsona-rivoyatlarda bayon etilishicha, Afrikaning tropik o'rmonlari, Janubi-g'arbiy Osiyo, Shri Lanka, Zond va Madagaskar orollarida yashagan lemurlar zamonida (qadimgi Rim asotirlariga ko'ra, arvohlar va chala maymunlar hukmronlik qilgan davrda) er yuziga balo-ofat yog'iladi. Uning kasofati o'laroq, insoniy aql-idrok xavf-xatar ostida qoladi. Shunda ilohiy kuchlar tomonidan “aqlli ajdarlar” va “ro'shnolik devlari” ahli basharga ko'maklashish uchun yuboriladi. Ular ma'lum muddat yerda yashab, odamlarni donolikka o'rgatishadi va ilm-fanga qiziqtirishadi.


Afsungarlik ilmiga taalluqli manbalarda zaminimizga tashrif buyurgan jonzotlarning ba'zilari tashqi ko'rinishidan mitti jussali odamlarga birmuncha, ba'zilar butkul o'xshash bo'lgani, shu bois ularni bir qarashda insonlardan farqlash ancha qiyin kechgani uqtiriladi. Bu ma'lumotlar ayrim xalqlar kechmishiga daxldor noyob zeb-ziynat buyumlaridagi tasvirlarga ham mos keladi. Masalan, uzoq o'tmishda O'rta Yer dengizi tegrasida yashagan qabila-qavmlar sig'ingan ma'budalardan birining nomi Ayon bo'lgan. Yodgorliklarga uning ajdarlar qurshovida turgan holati muhrlangan. Yoki miloddan avvalgi vII va milodiy III asrlarda Qora dengizning shimoliy qirg'oqlarida qo'nim topgan skiflar davrini olaylik. O'sha kezlar tayyorlangan bezak buyumlarida qanotli bir ayol ot aravada o'tirgani aks ettirilgan. Ayol gavdasining oyoq qismi nihoyatda nozik did bilan ajdar tanasiga monand qilib yasalgan. Skif-eron uslubiga xos ko'plab tarixiy-madaniy yodgorliklar xususida ham shunday fikrlar bildirish xato bo'lmaydi.


Binobarin, ilonlar yoki ajdarlar ko'rinishidagi ma'budalar bashariyat tarixining muayyan bosqichida davr ramziga aylangan. Qadimgi odamlar nazdida ular zamonlarni zamonlarga bog'lab turgan. Sehrgarlik ta'limotiga ko'ra, ma'budalar dunyosi olamlar ichra eng nozigi va eng jozibadoridir. Tangrilar samoviy yulduzlarning ham, Yerning ham tortishish qonunlariga bo'ysunmaganlar. Bu tortishish qaydadir odamlar dunyosi va ma'budalar olami o'rtasidagi oraliq masofalarda amalga oshadi va atomdan-da mayda, nafis zarrali kuchlar jilvasini o'zida jam etadi. U fazoni to'ldirib turuvchi sof va shaffof havo qatlamidir. Qizig'i, buni mashhur fizik olim, nisbiylik hamda maydon kvansh nazariyalari va statistik fizika asoschilaridan biri Al'bert Eynshteyn oldin rad etib, keyinchalik tan olgan.


Javobsiz qolayotgan savollar


Mo''jizaviy ajdarlardan biri qanotdor Ketsal'koatldir. Uning ilk tasvirini uch ming yilcha burun Meksikada yashovchi olmek qavmi yaratgan. Shundan so'ng Markaziy Amerikadagi xalqlarning deyarli barchasi ularga ergashib, Ketsal'koatlni madaniyat asoschisi va bunyodkori sifatida hurmat qila boshlagan.


Ketsal'koatl' odamlarni qimmatbaho toshlarni topib, sayqal berishga, yulduzlarni kuzatishga, kunlar, oylar va yillar taqvimlarini tuzishga o'rgatadi. Shu asno qator muvaffaqiyatsizliklarga ham dosh beradi. Keksayib, kuch-madordan qolgach, negadir Sharq tomonga bosh olib ketadi. Keyinchalik atsteklar uning o'rniga istilochi Kortesni ma'buda sifatida qabul qilishadi. Sababi, ularga ajdodlaridan meros bo'lib qolgan afsonalarda vaqti-soati yetib, Ketsal'koatl' Sharqdan odam qiyofasida qaytib kelishi qayd etilgandi.


Endi aytilgan fikrlarni jamlab, mulohaza yuritaylik. Ehtimol, Gallipolisdagi ko'prikning qulab tushishi oldingi bashoratlar ro'yobidan bir nishonadir. Ehtimol, Ketsal'koatl' rostdanam qaytib kelgan va bundan odamlarni ogoh etish uchun boyagi qaltis ishga qo'l urgandir.


Moskvadagi “Sir-sinoatlar klubi” prezidenti Vladimir Sherbakov nuqtai nazaricha, ushbu faraz haqiqatga ancha yaqin. Ketsal'koatlning Amerika hindulariga tegishli qadimiy muqaddas kitob – Burbon qonunlar majmuasida tasvirlagan siymosi 60-yillarda AQSh osmonida zuhur bo'lgan qanotli ajdar ko'rinishiga ancha mosligi bunga dalil bo'la oladi.


Albatta, fan-texnika taraqqiyoti keskin jadallashayotgan, ba'zi kimsalar iymon-e'tiqodni unutib yuborayotgan bugungi zamonda ma'buda bo'lish, odamlarga ko'rinish berish mushkuldan-da mushkul va xavfli ish. Lekin Gallipolisda tarqalgan gaplar shunchaki mish-mish emas, baayni haqiqat. Har qalay, ko'plab amerikaliklar qanotli ajdarni o'z ko'zlari bilan ko'rishganini e'tirof etishadi. Faqat ayrimlarigina avtomobillari yonginasidan qanot qoqib o'tgan bu maxluq aslida nima ekanligini o'ylab ko'rishmagan, loaqal unga e'tibor ham berishmagan.


Aslida bu loqaydlikning o'ziga xos sababi bor. U ham bo'lsa, keyingi paytlarda ommaviy axborot vositalari va adabiyotlarda o'zga sayyoraliklar hamda g'ayritabiiy hodisalar to'g'risida shunchalar ko'p yozildiki, oxir-oqibat biz ularni o'qishdan bezdik. Eng achinarlisi, noma'lum uchar jismlar, samoviy “mehmonlar” haqidagi gaplarga ham, ayni mavzuda yaratilgan va yaratilayotgan badiiy va ilmiy asarlaru kinofil'mlarga ham o'ta befarq bo'lib qoldik. Fikrimizga qo'shilmasangiz, bugun “AQSh osmonida ko'ringan narsa noma'lum uchar jism emas, Ketsal'koatl' edi!” deb ko'ring-chi, birov sizga ishonarmikin? Jilla qursa, ko'ngil uchun bo'lsin, gapingizni ma'qullarmikin? Albatta, yo'q! Holbuki, bundan ikki ming, hatto ming yil avval ham vaziyat o'zgacha edi. Odamlar turli-tuman g'aroyibotlarga va mo''jizalarga ishonishar, Xudoning qudratiga shak keltirishmasdi.


Endi asl muddaoga qaytaylik. Mutaxassislar e'tiroficha, qanotli ajdahoning odamlar orasiga tashrifi bejiz emas. Uning parvozi ramziy ma'noga ega bo'lib, insoniyatga omad keltirish g'oyasi bilan yo'g'rilgan. Bu hodisani qachonlardir ro'yobga chiqishi muqarrar bo'lgan qadimiy karomatlar ijobatiga mengzash o'rinlidir. Qo'l bilan ushlab, ko'z bilan ko'rib bo'lmas havo mavjlari orqali uzatilgan bashoratu ishoratlarga e'tiborsizlik esa hech qachon yaxshilikka olib bormaydi. Aks holda, o'zingiz o'ylang, qanotli ajdar paydo bo'lgan lahzalarda nima uchun vaqt charxpalagi uning inon-ixtiyoriga o'tib qolganday tuyuldi? Shuncha yillardan buyon qilt etmay turgan mustaham ko'prik nega o'z-o'zidan qulab tushdi? Mantiqan qaraganda, bu falokat qanotli ajdar xatti-harakatiga bog'liq emasmi? Balki u odamlarni hech kim bilmaydigan voqealardan voqif etmoqchi, yangi karomatlar ko'rsatmoqchi bo'lgandiru, zamin farzandlarining beparvoligidan ranjib, o'zidan iz qoldirgan ko'yi ortiga qaytib ketgandir?


Qandayligidan qat'i nazar, bir narsani taxminlash, Norvegiyada mayoqqa urilib yonib ketgan maxluq bilan Amerikani tark etgan sirli ajdar aslida bitta jonivor, deyish mumkin. Zero, ma'budalarning miqti jussalarda mujassamlashishi ahyon-ahyonda sodir bo'ladi. Shuningdek, to'satdan yonib ketish ular uchun o'lim yoki bir holatdan ikkinchisiga o'tish hisoblanmaydi. Nozik jussa esa ularning asl mohiyati va mavjudligidan dalolat beruvchi dalil vazifasini o'taydi.


Siri mavhum jumboqlar


Ajdarlar haqidagi dalil-isbotlar bizga asosan qadim-qadimda yaratilgan afsona-rivoyatlar orqali yetib kelgan. Hozir bunday jonivorlar bo'lishi haqidagi gap odamga quruq oldi-qochdidan iborat safsata bo'lib tuyulishi tayin. Shunga qaramay, hayotda goh-goho uzoq o'tmishni yodga soluvchi sirli hodisalar ro'y berib turishidan mutlaqo ko'z yumib bo'lmaydi. So'zimizning isboti sifatida o'tgan asrning 70-yillari adog'ida yozib olingan bir voqeani keltirish kifoya qilar, degan umiddamiz.


O'shanda Rossiyaning Сhita viloyatidagi Peshkovo qishlog'ida ajdaho paydo bo'lib qoldi.


– Voy, oyijon! – deya xitob qildi rang-ro'yi o'chib uyga qaytgan qizaloq onasi pinjiga suqilib. – Dugonalarim bilan kelayotib, fazoda quturib sayr qilayotgan ajdahoni ko'rdim. U og'zidan olov purkardi. Ko'rinishi ulkan so'zanakni eslatar, qanot qoqqanida egilib-bukilib ketardi. Shu zayl to'lg'ona-to'lg'ona ko'p uchdi-da, birdan ko'zdan g'oyib bo'ldi… Oyijon, bilsangiz, ayting, u qaerdan kelib, qaerga uchib ketdi?..


O'tgan davr mobaynida bu savolga javob topilmadi. Xo'sh, bundan bu yog'iga-chi, javob topilarmikin yoki bu masala abadulabad sirli jumboq bo'lib qolaverarmikin?..


Abdunabi HAYDAROV


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Ҳодиса
Hayratlanarli
0 1716 10:00 | 04.11.2023
Ҳодиса
G'azo bolalari nomma-nom
0 1847 14:28 | 06.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса
21 noyabr' – qanday kun?
0 2300 11:13 | 21.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса