Avtosport tarixidagi eng dahshatli kun
Bundan yetmish yil oldin avtosport tarixidagi eng halokatli fojia ro'y berdi. Bu “Le Manda 24 soat” musobaqasi davomida sodir bo'ldi. Poygachi Mayk Hotornning manevridan keyin oldinda borayotgan Per Leveg va Lens Maklin o'rtasidagi to'qnashuv frantsuz sportchisi va tribunadagi boshqa 83 tomoshabinning halok bo'lishiga olib keldi. Baxtsiz hodisa musobaqalarda xavfsizlikka yondashuvning o'zgarishiga sabab bo'ldi. Bundan tashqari, Leveg boshqargan Mercedes-Bents rusumli avtomobillar ko'p yillar davomida avtopoygada foydalanilmadi.
1955 yil 11 iyun' - avtosport tarixidagi qora sana hisoblanadi. O'sha kuni mashhur “Le Manda 24 soat” poygasi vaqtida avtohalokat sodir bo'lib, Mercedes-Bents haydovchisi Per Leveg va 83 tomoshabin halok bo'ldi. Bundan oldin ham, undan keyin ham poyga yo'llarida bunday yirik avariya sodir kuzatilmadi. O'sha paytda, ya'ni 70 yil oldin, Le Manda sport avtomobillari bo'yicha jahon chempionatining to'rtinchi bosqichi bo'lib o'tayotgandi. Uchta yirik kompaniya - Ferrari, Mercedes-Bents va Yaguar eng yaxshi avtomobil ishlab chiqaruvchi unvoniga da'vogarlik qilishdi. Ular doimo yuqori tezlikka intilib, deyarli har bir poygaga turli xil yangiliklarni kiritib, tobora takomillashgan avtomobillarni yaratdilar.
Biroq, poyga tashkilotchilari soatiga 300 km tezlikka erisha oladigan avtomobillar bo'yicha yutuqlarga erisha olmadilar. Yetmish yil muqaddam xavfsizlik masalalariga ham kamroq e'tibor berilgan. Qolaversa, haydovchilar xavfsizlik kamarini taqishlari shart emas edi. Agar mashina to'satdan yuqori tezlikda yo'ldan uchib ketsa, nima bo'lishi mumkinligi haqida odamlar deyarli o'ylamasdi.
1955 yilgi poyga favoritlaridan biri 49 yoshli Mercedes-Bents haydovchisi Per Leveg edi. Uning haqiqiy familiyasi Boen edi - u avtosport kashshofi bo'lgan amakisi sharafiga boshqacha no oldi. Leveg “Formula-1”ning dastlabki ikkita chempionatida muvaffaqiyatsiz qatnashdi va 1952 yilda Le-Manda shaxsiy avtomobil rulida 22 soat davomida qolib, shov-shuvli tarzda poygada yetakchilik qilganida e'tibor qozondi. Texnik muammolar tufayli Leveg musobaqada birinchi o'rinni egallay olmadi, lekin u avtopoyga olamida shuhrat qozondi.
Uch yil o'tgach, frantsuz sportchisi Mercedes-Bents haydovchisi bo'ldi va o'z davrining eng ilg'or poyga avtomobillaridan biri — kumushrang 300 SLR avtomashinasini boshqarish huquqiga ega bo'ldi. U 3,0 litrli v8 dvigateli mexanik yonilg'i quyish bilan jihozlangan, bu o'sha vaqt uchun haqiqiy inqilob edi. Magniy qotishma korpusi avtomobilning og'irligini 900 kg gacha kamaytirishga imkon berdi. Ushbu mashina to'g'ri chiziqda osongina 300 km / soat tezlikka erisha olardi. Shu bilan birga, avtomobil baraban tormozlari bilan jihozlangan bo'lib, ular yangi kiritilgan diskli tormozlarga qaraganda unchalik samarali emas edi.
Levegning asosiy raqibi britaniyalik Mayk Hotorn o'zining Yaguar D-Type'da barabanli tormozlardan foydalangan. U “Le Manda 24 soat” musobaqasining birinchi davralarida peshqadamlikni qo'lga kiritdi. Uning eng yaqin ta'qibchisi Xuan Manuel Fangio edi, u ham Mercedes-Bents haydadi. 35-davrada Hotorn oltinchi bo'lgan Levegni ortda qoldirdi va to'g'ri finishga yetib keldi. Ana o'shanda dahshatli fojiaga olib kelgan voqealar zanjiri boshlandi. Halokat poygachilarning biri-birini tushunmasligi va ehtiyotsizligi oqibatida yuzaga keldi.Britaniyalik sportchi Xotorn o'zining Ostin-Haley nomli mashinasida Lens Maklinni ortda qoldirdi, u ataylab to'g'riga harakat qildi. Shu vaziyatda u o'ngga burilib, sekinlashishi kerak edi. Bu Maklinni chalkashtirib yubordi. vaziyat Hotornning to'satdan sekinlashishi tufayli yomonlashdi, chunki u o'sha paytda eng yaxshi tormozlarga ega edi.
To'qnashuvga yo'l qo'ymaslik uchun Maklin keskin tormoz bosdi va chapga burilib, tezlashayotgan Leveg yo'liga tushdi, u sportchi Fangiodan o'zib ketish uchun navbatini kutayotgan edi. Levegda burilish yoki tezlikni pasaytirish imkoniyati yo'q edi. Oxirgi lahzada u Fangioni emas, Maklinning mashinasiga urildi.
Levegning mashinasi havoga uchib, musobaqa maydonini tomoshabinlardan ajratib turgan to'siqqa borib urilgan. Haydovchi mashinadan uchib ketgan va boshidan og'ir jarohat olgan, mashina esa yana aylanib, tribunaga o'tib ketgan. Zarba avtomobilni parchalab tashladi. Uning qoldiqlari keng maydonga tarqalib, o'nlab tomoshabinlarni bir zumda halok qildi va ko'plab kishilar jiddiy jarohat oldi. Keyin yonilg'i baki portladi. Mashinaning magniyli korpusi yonib ketdi, bu esa yana qurbonlarga sabab bo'ldi. voqea joyiga yetib kelgan o't o'chiruvchilar olovni suv bilan o'chirishga kirishgan. Suv magniy bilan reaktsiyaga kirishdi va faqat olovni kuchayishiga sabab bo'ldi.
Hodisa jami 84 kishining hayotiga zomin bo'ldi, yana 120 tomoshabin jarohat oldi. Biroq, dahshatli fojia tashkilotchilarning poygani erta tugatishiga sabab bo'lmadi, chunki ular muxlislarni zudlik bilan uylariga jo'nashi tez yordam mashinalari uchun tirbandlik yuzaga kelishiga sabab bo'ladi deb o'yladilar. Boshqa sportchilar fojia ko'lamini bilmagan holda, poygani davom ettirdilar. Bir necha soat o'tgach, butun Mercedes-Bents jamoasi, jumladan, peshqadamlikni qo'lga kiritgan Fangio ham poygani tark etdi. voqea kompaniya rahbariyatiga shu qadar ta'sir etdiki, ular o'nlab yillar davomida barcha avtopoyga faoliyatini butunlay to'xtatdilar. Faqat 2010 yilda “Mercedes” “Formula 1”ga zavod jamoasi sifatida qaytdi.
Mayk Hotorn Le Mandagi musobaqada g'olib chiqdi. Frantsuz gazetalari uning o'z g'alabasini shampan vinosi bilan nishonlagani uchun tanqid qilib, fojiani bayram qilishda aybladi. Biroq, keyingi tekshiruvlar avariya tasodif ekanligi va ko'plab qurbonlar xavfsizlik choralarining yetarli darajada ko'rilmagani sababli kuzatilgan degan xulosaga keldi.
E'tiborli tomoni, Mayk Hotornning o'zi to'rt yildan so'ng avtohalokatda vafot etdi. Ajablanarlisi shundaki, u yomg'irli havoda “Mercedes” rusumli mashina haydab ketayotgan “Formula-1” jamoasi menejeri Rob Uokerni quvib o'tish paytida daraxtga borib urilgan.
1955 yil 11 iyundagi falokat avtosportga katta ta'sir ko'rsatdi. Ko'pgina mamlakatlar yangi xavfsizlik standartlariga javob berishi uchun musobaqa maydonlari va to'siqlar qayta qurilmaguncha poygalarni taqiqladi. Shveytsariyada avtopoygalarni taqiqlash o'z kuchida qoldi, faqat elektromobillar uchun istisno holatlar mavjud.
Abror Zohidov



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0