Valyuta UZS
  • USD

    12 149.847.74

  • EUR

    14 003.91-76.07

  • RUB

    151.100.57

+13C

+13C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+13c

  • Hozir

    +13 C

  • 06:00

    +13 C

  • 07:00

    +13 C

  • 08:00

    +14 C

  • 09:00

    +16 C

  • 10:00

    +18 C

  • 11:00

    +19 C

  • 12:00

    +21 C

  • 13:00

    +22 C

  • 14:00

    +23 C

  • 15:00

    +23 C

  • 16:00

    +23 C

  • 17:00

    +23 C

  • 18:00

    +22 C

  • 19:00

    +20 C

  • 20:00

    +18 C

  • 21:00

    +17 C

  • 22:00

    +16 C

  • 23:00

    +15 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 05-April

+13C

  • Hozir

    +13 C

  • 06:00

    +13 C

  • 07:00

    +13 C

  • 08:00

    +14 C

  • 09:00

    +16 C

  • 10:00

    +18 C

  • 11:00

    +19 C

  • 12:00

    +21 C

  • 13:00

    +22 C

  • 14:00

    +23 C

  • 15:00

    +23 C

  • 16:00

    +23 C

  • 17:00

    +23 C

  • 18:00

    +22 C

  • 19:00

    +20 C

  • 20:00

    +18 C

  • 21:00

    +17 C

  • 22:00

    +16 C

  • 23:00

    +15 C

  • Yakshanba, 05

    +13 +20

  • Dushanba, 06

    +13 +20

  • Seshanba, 07

    +14 +20

  • Chorshanba, 08

    +11 +20

  • Payshanba, 09

    +10 +20

  • Juma, 10

    +10 +20

  • Shanba, 11

    +11 +20

  • Yakshanba, 12

    +10 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Tilanchilar haddan tashqari ko'payib ketdi. Shora zarur!

O'zbekistonda ochdan o'lish mumkin emas. Bu aniq. Tilanchi faqat bugungi kunga yarasha xayr so'rashi mumkin. Hatto ko'zi ojizlarning ham, nogironlarning ham nafaqasi bor. Balki kam tuyilar, lekin jonni saqlash uchun yetarli, tilanchilik qilishga haqqi yo'q ularning. Dinimizda ham tilanchilik qilishning qoidalari alohida ta'kidlanib, chegaralab ko'rsatilgan. Ya'ni faqat tirik qolish uchun eng so'nggi chora sifatida sadaqa so'rash ko'riladi. Avvallari tilanchilarni ko'pincha yo'l chetlarida, pana-pastqam joylarda ko'rish mumkin edi. Bugun hatto mashinangiz svetoforda to'xtashi bilanoq, ular sizga qarata qo'l cho'zadi, yoki ovqatlanib o'tirganingizda bezovta qilishadi.
Jamiyat
1416 19:02 | 02.12.2025 19:02

Tilanchilikni nisbiy jihatdan turli toifaga ajratish mumkin: onlayn tilanchilar, jamoat joylarida xayr so'rab yurganlar va jismoniy nuqsoni bilan tilanib o'tiradiganlar.


Onlayn tilanchilar


Zamon rivojlanishi bilan paydo bo'lgan yangi toifa. Ijtimoiy tarmoqlarda tanishib olganlar, hech kim so'ramasada, oilasi haqida dardini sochadiganlar, sharoiti og'irligini videolarda ko'rsatib yordam so'raydiganlar juda ko'payib ketdi. Ular yana “Qarz berib turing, falon kuni qaytarman” deb zorlanadiganlar firibgarlik bilan tilanchilikni omuxta qilib olishdi. Ularga ko'mak berish orqali boqimanda va qalloblarni ko'paytirib boryapmiz. Ularning orasida hatto tuppa-tuzuk, savodli va axborot texnologiyalarida xabari bor odamlarning ham borligi juda achinarli holat.


“Yo'lkiramga pul qolmadi, kartangizga tashlab beraman”


Ko'chada ketayotganingizda bir toifa odamlarga ko'zingiz tushadi. Ular tuppa-tuzuk kiyingan, gap-so'zlari joyida bo'ladi. Ular uzoqqa ketishi lozimligini, yo'lkirasiga 10-15 ming so'm zarurligini zorlanib aytishadi. Bu toifadagi yo'g'on-yo'g'on yigitlarni, o'ranib olgan, ko'zlari suzilib turadigan ayol-qizlarni ko'p ko'rgansiz. Jamoat joylari, ayniqsa metro atroflari, markaziy ko'chalar “besh-o'n ming so'm berib turing, qiyin vaziyatga tushib qoldim” deya xayr so'rab yurganlar qirilib yotibdi. Odamning rahmini keltirish maqsadida muloyim so'zlab, yolg'onni to'qib tashlashadi. To'g'ri, odamlarning aksariyati berishmaydi, lekin ozginasi ular uchun yetarli. Yuzlab insonlarga ro'para keladi, mo'ltirab turaverganidan keyin besh-oltitasi ishonib berib qo'yadi. Ularning qiyin vaziyati hech tugamaydi. Hatto bugun shaharning bir burchagida ko'rgan odamingiz ertasiga boshqa joyda “tirikchilik” qilayotgan bo'ladi...


Ko'zi ojizlar, aravada yurganlar


Nogironlar eng ta'sirli yo'nalish. Ko'zi ojizlar, jismoniy imkoniyati cheklanganlar orasida ham tilanib yurganlari anchagina. Qizig'i, davlatdan oyma-oy nafaqa olib turadi. Kammi-ko'pmi, bu nisbiy. Lekin shunisi aniq – ularning nafaqasi hatto ayrim ishchilarning oyligidan ko'proq. Yana mahalla xabar olib turadi, ehson tarqatishda ro'yxatining eng oldi shular. Shunga qaramay tilanchilikka o'rganib qolganlar minglab. Aql o'rgatmoqchi emasmizu, lekin bugun nogiron bo'lsada, mehnat qilib, durust pul topayotganlar kam emas. Aravachaga mixlanib qolgan bo'lsada, miyasi butun kishidan yaxshi dasturchi yoki boshqa kasb egasi chiqishi mumkin. Ilmli odam hamma joyga kerak. Bugun hatto uydan chiqmasdan turib ham, pul ishlash imkoniyatlari bolalab ketgan. Albatta, halol yo'l bilan.


* * *


Bu toifalar asosiylar. Svetoforlarda bola ko'tarib qo'l cho'zadiganlar, machitlar atrofida to'planib turadiganlar, salfetka, paypoq kabi arzimas narsalar sotish bahonasida xayr so'raydiganlar ham kundan-kunga ko'payib boryapti. Ayniqsa, umumiy ovqatlanish shoxobchalarida vaziyat juda og'ir. Taomlanib turgan paytingizda kichik suvenirlar, bayroqchalar va boshqa narsalarni stolingizga qo'yib ketishadi. To'g'ri, ular mahsulotni sotib olishga majburlamaydi. Ko'pchiligi sotib olmasangiz, indamay chiqib ketadi. Lekin do'stlar, ota-ona yoki oila bilan ovqatlanish yoki hordiqqa chiqqan insonlarning ko'ngli xijil bo'lib qoladi.


Aytgancha, O'zbekistonda tilanchilik qonunan taqiqlangan. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi 1883-moddasiga asosan, aeroportlarda, vokzallarda, xiyobonlarda, istirohat bog'larida, bozorlarda va savdo majmualari hududlarida, shuningdek, ularga tutash hududlarda, avtomototransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida, ko'chalarda, stadionlarda, bekatlarda, yo'llarning qatnov qismida, moddiy madaniy meros ob'ektlari joylashgan hududlarda, jamoat transportining barcha turlarida va boshqa jamoat joylarida pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy qimmatliklar berishni faol tarzda so'rab, tilanchilik bilan shug'ullanish bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o'n besh sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi. Agar bunday qoidabuzarlik takroran sodir etilsa, huquqbuzar bir yilgacha qamalishi ham mumkin.


Davlat nazorati ham, zarur bo'lsa jazo ham kerak. Ammo eng muhimi – tilanchilarga pul bermaslik. Ana shundagina gadoylar daryosi jilovlanishi mumkin. Xulosa esa o'zingizdan.


Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
Mas'ul tashkilotchining bir kuni...
0 2152 12:28 | 04.04.2024
Jamiyat
Jamiyat
Biz sharafsiz qavmmizmi?
0 1832 18:04 | 08.07.2024
Jamiyat
Introvertmisiz yoki ekstrovert?
0 2353 14:14 | 19.07.2024
Jamiyat
Nigoh
0 2120 11:24 | 13.08.2024
Jamiyat