Valyuta UZS
  • USD

    12 136.9214.85

  • EUR

    14 191.704.03

  • RUB

    159.993.6

-4C

-4C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

-4c

  • Hozir

    -4 C

  • 10:00

    -2 C

  • 11:00

    -2 C

  • 12:00

    -1 C

  • 13:00

    -1 C

  • 14:00

    -0 C

  • 15:00

    -0 C

  • 16:00

    0 C

  • 17:00

    -0 C

  • 18:00

    -2 C

  • 19:00

    -4 C

  • 20:00

    -5 C

  • 21:00

    -6 C

  • 22:00

    -6 C

  • 23:00

    -5 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 23-January

-4C

  • Hozir

    -4 C

  • 10:00

    -2 C

  • 11:00

    -2 C

  • 12:00

    -1 C

  • 13:00

    -1 C

  • 14:00

    -0 C

  • 15:00

    -0 C

  • 16:00

    0 C

  • 17:00

    -0 C

  • 18:00

    -2 C

  • 19:00

    -4 C

  • 20:00

    -5 C

  • 21:00

    -6 C

  • 22:00

    -6 C

  • 23:00

    -5 C

  • Juma, 23

    -5 +20

  • Shanba, 24

    0 +20

  • Yakshanba, 25

    +3 +20

  • Dushanba, 26

    +1 +20

  • Seshanba, 27

    +3 +20

  • Chorshanba, 28

    -2 +20

  • Payshanba, 29

    -1 +20

  • Juma, 30

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Daydi itlar muammosi: Yangiyo'lda qachon ahvol yaxshilanadi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Yangiyo'l shahrida bir yosh bolani itlar galasi tishlaganligi to'g'risida xabar tarqaldi. Ayni paytda bola Yangiyo'l shahar markaziy shifoxonasining jonlantirish bo'limida va uning ahvoli og'iriligicha saqlanib turibdi. Yaqinlari uning sog'ligidan, bundan keyingi ruhiy holatidan tashvishda.
Ҳодиса
249 14:09 | 20.01.2026 14:09

Ijtimoiy tarmoqlarda bosh va tanasining bir nechta qismi jiddiy jarohatlangan bola 11 yoshda va u Yangiyo'l shahrining Olmos MFYda yashaydi. U maktabdan qaytayotib, yaqinroq ichkari yo'ldan yurgan va itlar to'dasiga duch kelgan. Itlar unga tashlangan. O'zini bolaning qo'shnisi dib tanishtirgan guvohning aytishicha, u bu voqeani ko'rib qolgan va darhol yordamga oshiqib, bolani shahar tez tibbiy yordam bo'limiga olib borishgan. Uning qo'shimcha qilishicha, uylarining orqa tomonida chiqindilar uyumi bor. U yer ko'plab daydi it va mushuklar makoniga aylangan.


– Xonadonida boqayotgan itlari bolalasa, chiqindiga olib borib tashlashadi, – deydi ismi sir qolishini istagan fuqaro. – Natijada itlar o'sha yerda katta bo'lib, makon tutishadi. Qo'shnimizning bolasi bilan bo'lgan shu ayanchli holatdan keyingina daydi itlarni ovlashga harakat kuchaydi. Necha yillardan beri nazorat uchun kelmayotgan veterinarlar ham uyimizga kelib, hayvonlar haqida surishtirib ketishdi...


Olmos MFY raisi Gulchehra Namozovaning bildirishicha, ular ushbu muammo bo'yicha bir necha bor mas'ullarga murojaat qilishgan.


– Daydi itlar tishlashi va hujumi bilan bog'liq ko'plab murojaatlar tushadi, – deydi Yangiyo'l shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig'i birinchi o'rinbosari Andrey Kagey. – Deyarli har kuni ularni shu yerga tutib keltiramiz. Ayni paytda manzilda 40 dan ortiq itlar bor. Eng katta muammo ularni qaerga joylashtirish masalasi. Bopshpanalar to'lib ketgan. U yerda 7-8 mingga yaqin itlar bor va ular ham qabul qilmayapti. Bu masala yaqin vaqtlarda hal bo'lishi kutilyapti. Yana bir muammo – o'sha joyga aholining chiqindi tashlashida. Bu albatta uerda daydi it va mushuklarning ko'payishiga sharoit yaratadi.


Aslida daydi itlar mavzusi kecha yoki bugun paydo bo'lgani yo'q. Har bir hududda hatto markazlarda ham bemalol ko'chalarda sayr qilib yurgan itlar to'dasini uchratish mumkin. Turgan gapki, ular har qanday kishida vahima uyg'otadi. Ayniqsa, Yangiyo'l shahrida bu mavzu tez-tez ko'tariladi. Aholining bildirishicha, hozirda shaharning Fayzobod, Oybek, Mevazor, Farovon, Mustaqillik, Fayzli, Baxt kabi mahallalarida ayni paytda daydi itlar juda ko'payib ketgani odamlarni jiddiy tashvishga solmoqda.


Xolida Egamberdieva,
Ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Ҳодиса
Hayratlanarli
0 3417 10:00 | 04.11.2023
Ҳодиса
G'azo bolalari nomma-nom
0 3267 14:28 | 06.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса
21 noyabr' – qanday kun?
0 4927 11:13 | 21.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса