+20C

+20C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish
Hodisa
1987 22:49 | 29.11.2024 22:49

Rigalik Gennadiy Barovkov azaldan suv osti oviga qiziqardi. Shu bois har yili yozda ikki haftacha Gurzuf va Anapa degan joylarga borib, yapaloq baliq, yirik cho'rtan yoki Qora dengiz nahangini tutardi. Ammo bir g'aroyib voqea tufayli bu sevimli mashg'ulotidan ko'ngli butkul sovidi.


O'sha kuni u chuqur suvga tushib, o'ljasini poylab turgandi. Bir mahal suv tubidan u tomonga to'rtta ulkan baliq suzib kela boshladi. Gennadiy ular del'finlar emasligini darhol anglab yetdi. Negaki, del'finlar qora rangda bo'lardi. Noma'lum mahluqlar esa oq tusli bo'lib, bosh qismi odamnikiga o'xshab ketardi. Baliqlarnikiga monand dumlari uzun va yirik edi. Ularning oldinroqda kelayotgani Gennadiyni ko'rib to'xtadi va odamnikiga o'xshash zag'cha ko'zlarini unga qadadi. Keyin boshqalari ham uning oldiga suzib kelishdi. Shunda dastlabkisi qo'li, ha-ha, ishonavering, suzgichi bilan emas, barmoqlar orasidagi pardalari yaqqol ko'rinib turgan qo'li bilan Gennadiy tarafga ishora qildi. Hammasi baliqchiga ancha vaqt razm solib turdi-da, keyin baravariga harakatga kelishdi. Baquvvat dumlarini dadil silkitgancha, ildam suzib, ko'zdan g'oyib bo'lishdi.


Qo'rquvdan o'takasi yorilguday bo'lgan Gennadiy suvdan o'qdek otilib chiqdi-yu, qirg'oq sari oshiqdi. U bu sirli mahluqlar nimaligini mahalliy aholi va mutaxassislardan so'rab-surishtirib o'tirmadi. Suv parilari haqidagi maqolalarni o'qigach, hammasini o'zi tushunib yetdi va dengizga mutlaqo bormay qo'ydi



Abdunabi HAYDAROV


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Hodisa
Hayratlanarli
0 3945 10:00 | 04.11.2023
Hodisa
G'azo bolalari nomma-nom
0 3735 14:28 | 06.11.2023
Hodisa
21 noyabr' – qanday kun?
0 5432 11:13 | 21.11.2023
Hodisa