Jinlar qurboniga aylangan asalarilar
Moskvalik Kuz'ma Vasil'evich bir kuni o'zi boqayotgan asalarilar inidan uchib chiqmayotganini sezib qoldi. Quti qopqog'ini ochib, ular uyada to'da-to'da bo'lib g'imirlashayotganini, lekin birortasi ham parvozga shaylanmayotganini ko'rdi. Butun boshli asalarilar oilasini go'yoki qandaydir kuch o'z iskanjasida ushlab turganga o'xshardi.
Ko'p o'tmay, g'alati hodisa ro'y berdi. Kuz'ma qutidan sal uzoqlashgani hamono uyali romlar qulab tushdi. U romlarni joyi-joyiga qo'yib, ortiga burilishi bilanoq yana shovqin-suron va taraqa-turuq avjiga chiqdi.
Bu holat hadeb takrorlanavergach, Kuz'ma romlarni qutining o'rtasida qoldirib, uyiga ketdi. Kechasi uxlash uchun yotayotib, devor orqasida asalarilarning g'o'ng'illashini eshitganday bo'ldi. Tongda esa “sehrlangan uya“ bo'shab qolganini ko'rdi va “Asalarilar boshqa joyga ko'chib ketishibdi-da”, degan xayolga bordi. Bir vaqt bundoq qarasa, asalarilar to'dasi Kuz'ma yashaydigan uy dahlizi yaqinida havoda muallaq osilib turibdi. Bir ozdan keyin ular urchuq shaklini odi. Xonadon sohibi tomon surilayotganda esa, birdaniga loviya qo'zg'og'iga o'xshab qoldi.
Eng dahshatlisi kechqurun sodir bo'ldi. Asalarilar oilasi kutilmaganda bo'yi ikki gaz keladigan odam qiyofasiga kirdi. Bu “odam”ning oyoqlari uzun bo'lib, harakatlanayotganida u yon-bu yonga buralib-buralib ketardi. Ammo burni, qulog'i va ko'zi yo'q, naq ta'viyaning o'zginasi edi. U yer uzra sudralib, Kuz'maning ortidan tinmay ta'qib etardi...
Xayriyat, ertasi kuni mitti jonivorlarning g'ayritabiiy shakllarga kirishiga sababchi sirli kuch g'oyib bo'ldi. Faqat bitta achinarli tomoni – asalarilar bitta qolmay nobud bo'ldi.
Abdunabi HAYDAROV
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0