+20C

+20C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

“Borsa-kelmas” hangomalari

Orol dengizining shimoli-janubiy qismida turli shov-shuvlarga sabab bo'lgan bir orol bor. Nomi ham g'alati, ertaklardagidek – “Borsa-kelmas”. Tadqiqotchilar unga ko'pdan beri qiziqishadi, sir-asrorlarini bilishga intilishadi. Biroq hali-hanuz biron-bir tayinli xulosaga kelishgani yo'q.
Hodisa
2069 21:21 | 28.11.2024 21:21

Mahalliy aholining ta'kidlashicha, bu orolning o'tmishi ajabtovur voqealarga boy. Сhunonchi, o'tgan asrlarda bir guruh qochoqlar gardkamiga ish tutishgan. “Dushman qo'lida o'lim topgandan ko'ra, yirtqichlarga yem bo'lganimiz ma'qul”, deya shu orolga qochib o'tishgan. Bir necha o'n yillardan so'ng esa, ular qarib-qartaygan holda sog'-omon qaytib kelib, yoru birodarlari bilan diydor ko'rishishgan.


“Borsa-kelmas”da gohida butun boshli oilalar yoki ekspeditsiyalar bedarak yo'qolib qolgan paytlar ham bo'lgan. Ayrimlariga qaytish nasib qilmagan. Bir guruh tadqiqotchilar esa qiziq holatni boshlaridan kechirishgan. Ular dengiz sohilidan uzoqlashib, orol ichkarisiga kirganlari hamono oppoq tumanlar og'ushida qolishgan. To qirg'oqqa qaytgunlariga qadar, o'z nazarlarida, bor-yo'g'i yarim soatcha adashib qolganday bo'lishgan. Aslida ular roppa-rosa bir kecha-kunduz tentirab yurishgan ekan.


Soha mutaxassislarning uqtirishlaricha, yuqoridagiga o'xshash hodisalar “Zamonlarning uyurmalanishi” yoki “Vaqtning chir-chir aylanishi” deb atalar, bunday vaziyatga tushib qolganlar uchun oradan o'tgan vaqt – kunlar, oylar, hatto, ba'zan yillar ham atigi bir necha daqiqa yoki soatga tengdek tuyular ekan. Ana shu bois ularning jismi-joni, xatti-harakati va fe'l-atvorlarida keskin o'zgarishlar ro'y bermas ekan. Buning sabablarini aniqlash esa, hozircha insoniyatga nasib etgani yo'q!


Abdunabi HAYDAROV


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Hodisa
Hayratlanarli
0 3944 10:00 | 04.11.2023
Hodisa
G'azo bolalari nomma-nom
0 3735 14:28 | 06.11.2023
Hodisa
21 noyabr' – qanday kun?
0 5432 11:13 | 21.11.2023
Hodisa