Valyuta UZS
  • USD

    11 963.2350.85

  • EUR

    13 970.6697.5

  • RUB

    155.351.96

+6C

+6C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+6c

  • Hozir

    +6 C

  • 09:00

    +6 C

  • 10:00

    +7 C

  • 11:00

    +7 C

  • 12:00

    +8 C

  • 13:00

    +8 C

  • 14:00

    +8 C

  • 15:00

    +9 C

  • 16:00

    +8 C

  • 17:00

    +8 C

  • 18:00

    +7 C

  • 19:00

    +7 C

  • 20:00

    +6 C

  • 21:00

    +5 C

  • 22:00

    +4 C

  • 23:00

    +4 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 05-December

+6C

  • Hozir

    +6 C

  • 09:00

    +6 C

  • 10:00

    +7 C

  • 11:00

    +7 C

  • 12:00

    +8 C

  • 13:00

    +8 C

  • 14:00

    +8 C

  • 15:00

    +9 C

  • 16:00

    +8 C

  • 17:00

    +8 C

  • 18:00

    +7 C

  • 19:00

    +7 C

  • 20:00

    +6 C

  • 21:00

    +5 C

  • 22:00

    +4 C

  • 23:00

    +4 C

  • Juma, 05

    +6 +20

  • Shanba, 06

    +2 +20

  • Yakshanba, 07

    +4 +20

  • Dushanba, 08

    +6 +20

  • Seshanba, 09

    +5 +20

  • Chorshanba, 10

    0 +20

  • Payshanba, 11

    3 +20

  • Juma, 12

    +9 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Gulga burkangan cho'l: dunyodagi eng qurg'oqchil mintaqalaridan biri —Atakama

Ҳодиса
307 17:26 | 12.10.2025 17:26

Yaqin kunlarda sayyoramiz tabiatida mutlaqo kuzatilmaydigan holatlardan biri ro'y berdi. Nafaqat Janubiy Amerikaning, balki Yer yuzining eng qurg'oqchil hududlaridan biri bo'lmish Atakama sahrosida so'nggi haftalarda yomg'irlar kuzatildi. Qaqrab yotgan yer yomg'irdan so'ng, ajib ko'rinish kasb etdi. Yer yuziga turli-tuman gullar unib chiqa boshladi.


Insonlarning ko'zi o'rganib qolgan qup-quruq cho'l sahnida gilamday to'shalgan gullar va o'simliklar o'sib chiqdi. Ayrim olimlarga ko'ra, Atakamada kuzatilayotgan holdan ko'pam quvonmaslik kerak, chunki bu Yer yuzidagi ekotizimlarning o'zgarayotgani, iqlim o'zgarishi sabab tabiiy muvozanatlarning buzilayotganini ham bildirishi mumkin.


Atakama sahrosi, mubolag'asiz dunyodagi eng quruq va qadimgi cho'ldir. Olimlar uning yoshini 20 milliondan 40 million yilgacha (taqqoslash uchun, Antarktidadagi Mak-Murdo quruq vodiylari 11 million yil, Afrikadagi Namibiya cho'lining yoshi 5 millionga yaqin, Sahroi Kabir cho'lining yoshi 3-4 million yilni tashkil etadi) deb hisoblashadi. Bu qurg'oqchil cho'lga yiliga taxminan 10 mm yog'in tushadi. Birinchi navbatda o'quvchilarni uning nomi qiziqtirishi tabiiy. Bir nazariyaga ko'ra, cho'lga birinchi bo'lib joylashgan tub amerikalik qabilalar shunday deb atashgan. “Atakama” tarjima qilinganda “cho'l mintaqasi” degan ma'noni anglatadi. Mintaqaning tub aholisi ochiq manbalarda atakamen'o deb ataladi.


Atakama cho'li Сhilida, Janubiy Amerikaning g'arbiy sohilida, Tinch okeani va And tog'lari oralig'ida joylashgan. Uning eng janubiy nuqtasi Сhili poytaxti Santyagodan 800 km uzoqlikda yastangan. Shimolda u Peru bilan chegaraga deyarli tegib turadi, sharqda And tog'lariga tutashgan, janubiy chegarani esa cho'l orqali oqib o'tadigan yagona yirik daryo Loa kesib o'tadi.


Geograflar hududda deyarli yog'in bo'lmasligini tabiiy joylashuv bilan izohlaydilar. Sababi sharqdan kelayotgan iliq, nam havo oqimlari Janubiy Amerikaning o'rmonzorlariga hayot baxsh etuvchi namlikni olib, Atakamaga ketayotganda baland And tog'lariga duch keladi. Bu tog'lar havo massalarini sekinlashtiradi, ularni sovib, quyuqlashadi va yomg'ir sifatida quyiladi. Shu sababli, cho'l yaqinida oqib o'tadigan Amazon dunyodagi eng katta daryo hisoblanadi. Xuddi shu sababga ko'ra, Amazonkaga yaqin bo'lsa ham Atakama cho'lida deyarli yomg'ir yog'maydi va ba'zi hududlar asrlar davomida suv ko'rmagan. Hatto cho'lning ayrim qismlariga 400 yil davomida umuman yog'in yog'magani haqida farazlar mavjud. Antofagasta deb ataluvchi mintaqada o'rtacha yog'ingarchilik yiliga 1 mmni tashkil etadi. Atakamadagi ba'zi ob-havo stantsiyalarida hech qachon yomg'ir qayd etilmagan. 1570 yildan 1971 yilgacha Atakamada aytarli yog'ingarchilik bo'lmagani haqida ma'lumotlar mavjud. Сho'lda qayd etilgan havo namligi eng past: 0%. Сho'lning ayrim baland hududlari dengiz sathidan 6885 metr balandlikda bo'lsa ham bu yerda muzliklarni uchratmaysiz. Olimlarga ko'ra, bu yerlardagi daryolar o'zanlari so'nggi 120 ming yil ichida qurib qolgan.


Qizig'i shundaki, bu yerdagi shamollar Tinch okeanining yaqinligiga qaramay, namliksiz esadi. Bu Antarktidadan Сhili qirg'oqlari yaqiniga oqib keladigan sovuq Gumbol'dt oqimi bilan bog'liq. Gumbol'dt oqimi ustidan o'tadigan va uning ta'sir zonasiga kiradigan havo massalari soviydi, buning natijasida ular suv yuzasidan namlikni ko'tarolmaydilar: ular shunchaki yetarli issiqlikka ega emaslar. Atakama, bu kenglikda joylashgan mintaqa uchun salqin joy: yozda qirg'oqdagi o'rtacha harorat 20 ° C atrofida o'zgarib turadi (tog'liklarda undan ham pastroq), qishda esa 13 ° C ga yetadi.


And tog'lariga qanchalik yaqinlashsa Atakama cho'li shunchalik baland bo'lib boradi, ko'pchilik tomonidan Сhilining eng go'zal mintaqalaridan biri deb hisoblangan Antiplano tog'lariga tutashib ketadi. Сhili cho'lining qirg'oq zonasida yog'ingarchilik juda kam bo'lsa-da, yanvar' va fevral' oylarida Antiplano mintaqasida tropik yomg'irlar tez-tez uchraydi, shuning uchun bu yerda ko'plab hayvonlar yashaydi va o'simliklar o'sadi, hatto qo'riqlanadigan hududlar tashkil etilgan.


Bu cho'lda yashash sharoiti shu qadar og'irki, o'tgan asrning oxirida chililik haykaltarosh Atakamada cheksiz cho'l qumlarida insonlarning zaifligi va himoyasizligi ramzi bo'lgan “Сho'l qo'li” deb nomlangan o'n bir metrlik yodgorlik yaratib, o'rnatdi. Ushbu yodgorlik ifodalaydigan pessimistik ruhga qaramay, Atakama mintaqasida milliondan ortiq odam istiqomat qilishini bilishdan hayratda qolasiz. Tabiiyki, ular mintaqaning qurg'oqchil hududlarida emas, balki qirg'oq bo'yidagi shaharlar, vohalar va tog'-kon shaharchalarida (cho'lda selitra, osh tuzi, mis va yodning katta zaxiralari mavjud) yashaydilar. Ko'pgina fermerlar qishloq xo'jaligida tirikchilik qiladilar – ular maxsus sug'orish tizimidan foydalanib zaytun, pomidor, bodring va boshqa ekinlarni muvaffaqiyatli yetishtirishadi, shuningdek, chorvachilik bilan shug'ullanib, lama va alpaka podalarini boqishadi.


Biroq, Atakamada suv manbai ham bor: Loa daryosi cho'ldan oqib o'tadi. U Min'o vulqonining yon bag'irlarida, And tog'laridan boshlanadi va changli va toshloq tuproqlardan o'tib, cho'l bo'ylab sharqdan g'arbga Tinch okeaniga oqib o'tadi va qirg'oqlar bo'ylab vohalarni hosil qiladi - tor o'rmonlarda akatsiya va kaktuslar o'sadi, umuman Atakamada 190 dan ortiq o'simliklar aniqlangan.


Qiziqarli ma'lumot: sayyoradagi eng qurg'oqchil cho'lda omon qolish uchun Сhili aholisi tumandan foydalanishni o'rgandi (Atakamada Tinch okeaniga yaqinligi sababli bu odatiy hodisa). Suvni yig'ish uchun ular neylon iplardan to'qilgan nozik to'rlar bo'lgan tuman tutqichlaridan foydalanadilar.Tuman to'rga yopishib oladi, kondensatsiyalanadi va namlikni o'rnatilgan bochkaga tushiradi (bitta tuman tutqichi kuniga taxminan 18 litr suv to'plashi mumkin).


Sahroda deyarli yog'in yog'ishi yur bermasa ham biroq, tabiat ba'zida kutilmagan hodisalarga boy sanaladi. Masalan, 2025 yilning iyun' oyida (so'nggi 20 yil ichida ikkinchi marta) qurg'oqchil cho'l to'satdan qor bilan qoplangan. Meteorologlar ushbu iqlim o'zgarishiga havo aylanishini buzgan global isish sabab bo'layotganini taxmin qilishdi. Yog'in yog'ishi oqibatida cho'l yuzasi turli-tuman gullar bilan qoplandi va sayyohlarni o'ziga jalb etdi.


Сho'lda mis va boshqa foydali qazilmalarning boy konlari, shuningdek, 1940-yillarning boshlarigacha faol ravishda qazib olingan natriy selitrasining eng yirik tabiiy manbai mavjud; bu resurslar XIX asrning boshidan beri Сhili va Boliviya o'rtasidagi chegaraviy bahs mavzusi bo'lib kelgan.


Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Ҳодиса
Hayratlanarli
0 3144 10:00 | 04.11.2023
Ҳодиса
G'azo bolalari nomma-nom
0 3075 14:28 | 06.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса
21 noyabr' – qanday kun?
0 4640 11:13 | 21.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса