Namanganda 5 kunda 2 nafar YPX xodimi halok bo'ldi
25 noyabr' kuni kechqurun Namanganda navbatdagi og'ir YTH yuz berdi.
Namangan shahrida Onix mashinasi piyodalar yo'lagidan o'tayotgan YPX xodimini urib ketdi. Ma'lumotlarga ko'ra, hodisa 25 noyabr' kuni kechki payt sodir bo'lgan. Navoiy viloyati IIB YHXB xodimi, 28 yoshli Doniyor Nurullaev Namanganga sog'lig'ini tiklash maqsadida borgan. U yo'lni piyodalar yo'lagidan kesib o'tayotgan vaqtda, uni haydovchilik guvohnomasi bo'lmagan yigit boshqargan Onix urib ketgan.
Xodim olgan og'ir jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma'lumotlarga ko'ra, marhum ikki farzandning otasi bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, 21 noyabr' kuni soat 23:00larda YPX xodimlari Namangan viloyati Davlatobod tumani hududida tegishli hujjatga ega bo'lmagan haydovchi xodimlarga bo'ysunmasdan qochishga uringan.
Shu vaqtda ratsiya orqali oldinroqda xizmat olib borayotgan katta serjant vahobjon Mo'minovga avtomashinani to'xtatish chorasini ko'rish yuzasidan xabar beriladi. vahobjon Mo'minov haydovchiga to'xtash ishorasini bergan vaqtda, haydovchi yuqori tezlik bilan xodimni urib yuborib, og'ir tan jarohati yetkazgan.
Tezkor harakatlar natijasida transport vositasining harakati cheklanib, haydovchi qo'lga olingan.
Afsuski, katta serjant vahobjon Mo'minov viloyat kasalxonacida vafot etdi.
Hozirda barcha yo'nalishlarda reyd nazorati kuchaytirilib, haydovchi va piyodalar tomonidan qoidalarga so'zsiz amal qilinishini ta'minlash bo'yicha kuchaytirilgan reyd tadbirlari o'tkazilmoqda.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0