Yangi o'quv yilida 1-sinflar uchun maktabga qabul qachondan boshlanishi aytildi
Eslatib o'tamiz, “Ta'lim to'g'risida”gi qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to'ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1 sinfga 2017-yilning 31-dekabriga qadar tug'ilgan bolalar qabul qilinadi.
2024/2025 o'quv yili uchun 1-sinfga qabul joriy yilning 20-iyunidan boshlanadi.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga ko'ra, Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich: 20-iyundan 31-iyulgacha mikro-hudud doirasida,
2-bosqich: 1-avgustdan 15-avgustgacha mikro-hududdan tashqarida.
1-sinfga qabul jarayonlari quyidagi tuman (shahar)larda elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.
Bunda ota-onalar 20-iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro'yxatdan o'tib, ariza topshirishlari mumkin.
Davlat xizmatlari ko'rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan o'quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0