Valyuta UZS
  • USD

    12 149.847.74

  • EUR

    14 003.91-76.07

  • RUB

    151.100.57

+18C

+18C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+18c

  • Hozir

    +18 C

  • 18:00

    +17 C

  • 19:00

    +17 C

  • 20:00

    +16 C

  • 21:00

    +16 C

  • 22:00

    +15 C

  • 23:00

    +15 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 04-April

+18C

  • Hozir

    +18 C

  • 18:00

    +17 C

  • 19:00

    +17 C

  • 20:00

    +16 C

  • 21:00

    +16 C

  • 22:00

    +15 C

  • 23:00

    +15 C

  • Shanba, 04

    +18 +20

  • Yakshanba, 05

    +23 +20

  • Dushanba, 06

    +21 +20

  • Seshanba, 07

    +13 +20

  • Chorshanba, 08

    +16 +20

  • Payshanba, 09

    +18 +20

  • Juma, 10

    +21 +20

  • Shanba, 11

    +19 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Oila notinchligiga himoya orderi sababchimi?

Samarqandda fojia ro'y berishiga bir bahya qoldi. Rashk, alam va iztirobga to'lib-toshgan ayol kuni kecha o'z joniga qasd qilishga intildi. Viloyat IIB axborot xizmati xabariga ko'ra, 27 may kuni soat 16:00 lar atrofida Samarqand shahrining Siyob kanali ustidagi quvurdan 1998 yilda tug'ilgan, 4 nafar farzandning onasi o'zini suvga tashlab, cho'ktirmoqchi bo'lgan.
Ҳодиса
969 13:51 | 28.05.2024 13:51

Voqeadan xabar topgan patrul post xizmati xodimlari ayolni to'xtatib qolishdi. Ma'lum bo'lishicha, voqeaning bosh sababi rashk. Ayolning hayoti saqlab qolindi. Niyatidan qaytdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Samarqanddagi oilaviy mojaroning galdagisi har tugul xayrli tugadi. Ammo o'tgan oydagi hodisa hali hamon dillarni o'rtaydi. Tayloqda fojia yuz berdi. Ayol to'rt nafar farzandini yetaklab uydan chiqadi-yu, o'zini va bolalarini suvga tashlaydi. Yuzlab odam bir necha kun suv kechib, go'daklar va paymonasi to'lgan ayol jasadini axtardi. Yuraklar mungga to'ldi...


Bunday holatlar keyingi yillarda Samarqandda nega tez-tez sodir bo'lmoqda? Gender tenglikka erishish yo'lidagi harakatlar, oilada zo'rovonlikka berham berishga bo'lgan urinishlar nega natija bermayapti? Yoki ko'proq qog'ozbozlik bo'lyaptimi? Oqsoqollar, mahalla faollari, nuroniy onaxonlar bilan muloqot asnosida angladikki, ishlarimizda natijadorlik past.


— Tarbiya so'nggi o'ringa tushib qoldi. Ba'zilar erkagu-ayolning o'rni, vazifasi nimaligini go'yoki unutgan,— deydi samarqandlik nuroniy Baxtiyor aka Toshev. – To'g'risini aytaman, oilaviy munosabatlarda oltin o'rtalik bo'ladi. Sodda qilib aytganda, buning oti – bir gapdan qolish. Ammo aksariyat odamlarda gap kovlash, oxirigacha aytishish urf bo'lyapti. Natijada tayyor urush-janjal. Erkak qavmi borki, oilasi uchun jonini tikadi. Bu jo'mardlikning kaliti yoki aksi esa ayolning zabonida. Axir xalqimizda “Erni er qiladigan ham xotin, qaro yer qiladigan ham xotin”, deya bejizga aytishmaydi.


— Mahallamizdagi janjalli oilalardagi vaziyat yomonlashdi, — deydi ismini oshkor qilinishini istamagan mahalla oqsaqollaridan biri. — Bu xonadonlardagi ayollarning barchasi himoya orderiga ega. Ammo uyida har kuni janjal. Janjalga aralashmay, eru-xotinni murosaga chaqirmay ilojimiz ham yo'q. Ammo o'sha xonadondagi ayolning chakagini o'chirish qo'limizdan kelmaydi. Qo'lidagi “himoya orderini” pesh qilib, balanddan keladi. “Uydan chiqib ketsin, yo'qolsin”, deb oyoq tirab turib oladigani qancha?


Oqsoqolning gapiga ko'ra, ilgari mahallada bir - ikkitagina oilada tushunmovchiliklar bo'lib turgan. Bu holatlar ham mahalla-kuy aralashuvi bilan barham topgan. Yangi tizim — “himoya orderi” joriy etilgach, oiladagi ustunlikni qonuniylashtirish istagida bo'lgan ayollarning salmog'i ancha oshibdi.


— Bir kuni nima bo'ldi-yu, ayolim bilan tortishib, unga shapaloq tortib yuboribman. Ayolim profilaktika inspektoriga qo'ng'iroq qilibdi,— deydi S.R. — Sudga chaqirishdi. Bordik. Qilgan ishimdan ming pushaymonligimni aytdim. Sud'ya ham tushundi, jarima qo'llamadi. Ammo ayolimga himoya orderi yozib berdi. Endi oiladagi halovat chinakamiga yo'qoldi. Hayot tekis va silliq emas. Sal ovozim balandlasa, ayolim o'n karraga oshirib o'dag'aylaydigan bo'lib qoldi. Ayting-chi, oilada erning o'rni bo'lmagan xonadon qanday xonadon?


Masalaning yana bir jihati. Ilgari oila siri degan tushuncha bo'lardi. Endi esa uyat, izzat – nafs pufakdek yorilib ketdi. Oynai jahonda ko'p ko'ramiz, er- xotinlarning oilaviy sirlari, janjallari muhokama qilinyapti. Kamiga muammoning tagigacha yetib borish istagida qarindoshlar, qo'shnilar, hatto qaynota-qaynonalarning dastur “mehmonlari” bo'lishi urfga aylandi. Ular butun O'zbekiston oldida ayovsiz janjallashadi, bir-birining ustiga mag'zava ag'darishadi.


Turmushda nimalar bo'lmaydi, hayotda hamma narsa bo'lishi mumkin-ku?! Shu oddiy haqiqatni unutdik. Biz istaganimizdek bo'lishi shart.


“Aksi bo'lsa, o'zimni ko'prikdan tashlayman!”, deguvchilar ko'paymoqda. Afsus...


Nurilla ShAMSIEV,


ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Ҳодиса
dsdsd
0 1692 12:58 | 12.12.2023
Ҳодиса
Ҳодиса
“Borsa-kelmas” hangomalari
0 1941 21:21 | 28.11.2024
Ҳодиса
Suv parilari bilan uchrashuv
0 1879 22:49 | 29.11.2024
Ҳодиса
Ҳодиса
Ҳодиса