"Onix" haydovchisi odam urib qochdi, jabrlanuvchi vafot etdi
Kecha soat 21-00 lar atrofida Yangiyo'l tumani bozori yaqinidagi Fayzobod ko'chasida Onix rusumli avtomashina haydovchisi bir fuqaroni urib yuborgani, lekin uning jabrlanganga yordam ko'rsatmasdan voqea joyidan qochib ketgani aytilmoqda.
Fuqaro 1993 yilda tug'ilgan A.I – tumandagi "Oila" shaxsiy klinikasida fel'dsher bo'lib ishlovchi ko'chada bir soat davomida qarovsiz qolib ketgan. Yo'lda uchragan yo'lovchi mashina uni Shoshilinch tibbiy yordam markaziga olib borgan, lekin fuqaro olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Ayni paytda qoidabuzar haydovchi qo'lga olingan va huquqni muhofaza qiluvchi idoraga olib ketilgan. Tafsilotlar va haydovchining shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0