Valyuta UZS
  • USD

    12 581.9784.22

  • EUR

    14 698.2639.65

  • RUB

    157.750.96

+23C

+23C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+23c

  • Hozir

    +23 C

  • 23:00

    +22 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 15-August

+23C

  • Hozir

    +23 C

  • 23:00

    +22 C

  • Juma, 15

    +23 +20

  • Shanba, 16

    +24 +20

  • Yakshanba, 17

    +24 +20

  • Dushanba, 18

    +22 +20

  • Seshanba, 19

    +23 +20

  • Chorshanba, 20

    null +20

  • Payshanba, 21

    null +20

  • Juma, 22

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax
Ҳодиса
609 14:11 | 22.07.2025 14:11

Bu “kasb” bir qarashda erkaklarning odatidek tuyiladi. Ayollar orasida o'g'rilar bo'lgan, bo'lyapti va yana bo'ladi. Lekin tarixda shunday o'g'ri ayollar, firibgarlik bilan shug'ullangan xonimlar o'tganki, ular zaifalar bo'lsalarda, kuchli jins vakillarining ancha-munchasini ortda qoldirganlar.



“Zolotaya Ruchka”


Sobiq Rossiya imperiyasi tarixidagi eng mashhur o'g'ri ayol – Son'ka “Zolotaya Ruchka” (Sheyndlya-Sura Leybovna Solomoniak) 1846 yahudiy oilasida tug'ildi. Otasining qonunbuzar do'stlari ko'p bo'lib, bu holat uning tarbiyasiga ta'sir qilmay qolmadi.


Son'ka imperiyaning cheksiz hududida sochilib ketgan yirik shaharlarni aylanib yurarkan yuzlab odamlarni ship-shiydam qilib ketgan. Uning domiga ilinganlar orasida savdogarlar, bankirlar, harbiylar, sudxo'rlar, turli-tuman amaldorlar, qo'yingki puli bo'lgan barcha soha vakillari bo'lgan.


Eng mashhur va samarali usulini u poezdlarda va mehmonxonalarda qo'llardi. Poezdda boyvachchaning choyiga uyqu dori berib bor-budini o'marsa, mehmonxonada badavlat odam yotgan xonaga tong sahar kirib kirib borar, agar u o'yg'onmasa, borini supurib ketar, o'yg'onib qolsa darhol yechinishni boshlar va keyin xonani adashtirib yuborganini bahona qilardi. Shu usul bilan u birgina general Frolovning xobgohidan 240 ming rublni o'g'irlab ketadi. Bu 5-10 so'mga qo'y, 30-50 so'mga qoramol sotib olish mumkin bo'lgan davrlardagi o'g'irlik edi.


Ko'plab marta qamalishiga qaramay o'z odatidan voz kechmagan bu ayol haqida p'esalar sahnalashtirilgan, fil'mlar ishlangan, kitoblar yozilgan.



Сhedvik Kessi


O'n to'qqizinchi asrda yashab o'tgan bu ayol 14 yoshidayoq cheklarni qalbakilashtirib qo'lga tushgan. Keyinchalik u folbinlikni odat qilib, Amerika shaharlari bo'ylab kezganicha mijozlarini chuv tushirishga kirishadi va aql bovar qilmas boylikni o'maradi.


1897 yilda u o'z davrining eng badavlat ishbilarmonlaridan biri bo'lgan Endryu Karnegining uyi yoniga boradi va o'zini xuddi uyga kirib chiqqanday tutib, atrofdagilarga Karnegi imzosi bo'lgan 2 million dollarlik veksel' ko'rsatadi hamda o'zini Karnegining nikohdan tashqari qizi deb tanishtiradi. Qiyoslash uchun oddiy ishchining bir kunlik maoshi o'sha paytlarda 1 dollar atrofida bo'lgan.


Shahar bo'ylab magnatning qizi bo'yicha xabarlar tarqaladi va darhol ayol atrofida gumashtalar paydo bo'ladi. Keyingi 8 yil davomida “magnat qizi” hashamat ichida yashadi. Banklar unga istaganicha qarz berishar, hech kim Karnegidan bir og'iz so'rashga botinmasdi. Kessi Сhedvik bir qarzini yopish uchun ikkinchisini olar, o'zi ham istaganicha pul sovurardi. 1904 yilga kelibgina uning firibi oshkor bo'ldi va 14 yilga qamaldi.



Tarakanova xonim


O'n sakkizinchi asrning yetmishinchi yillarida Parijda o'zini rus malikasi deb atagan xonim paydo bo'ldi va nazokati bilan hammaning e'tiborini o'ziga qaratib oldi. Bankirlar, zodagonlar orasida tanish-bilishlar orttirgach, katta-katta ssudalar olishni boshladi va sulolasining sharqdagi boyliklari bilan uzishni va'da qilib, hammani ishontirdi. O'zini rus imperiyasi vorisi Yelizaveta Petrovnaning qizi deb tanishtirgan Tarakanova xonim hatto Angliya banklarini ham chuv tushira boshladi.


Tez orada uning qilmishlari haqida Yekaterina II xabardor bo'ldi va graf Aleksey Orlov uning buyrug'iga ko'ra xonimni qo'lga olishga kirishdi. Reja juda oson va samarali edi. Orlov xonimga turmushga chiqishni taklif qildi va to'yni o'z kemasida o'tkazishini bildirdi. Albatta uni darhol qo'l-oyog'ini bog'lab Rossiyaga qaytarishdi va Tarakanova xonim tergov hibsxonasida vafot etdi. Sir ochilgan bo'lsa-da, endi u boyliklarni qaytarishning iloji yo'q edi.



Peyn Doris


Yigirmanchi asrning eng mashhur olmos o'g'risi G'arbiy Virginiyadagi kambag'al oilada dunyoga keldi. Qora tanlilar huquqlariga havas qilib bo'lmaydigan o'sha yillarda u dastlab kiyim o'g'irlash bilan o'g'rilik olamiga qadam qo'ydi.


Ammo bu juda mayda ishlar bo'lib, katta daromad qilib bo'lmasdi. Shundan keyin u zargarlik do'konlarini o'mara boshladi. Dorisning ish uslubidagi o'ziga xoslik shundaki, u doim sotuvchining ko'z o'ngida o'g'irlagan, talonchilik qilmagan, hech kimga qurol o'qtalmagan va hamisha xushmuomala bo'lgan. O'g'irlik haqida odatda ancha vaqt o'tgandan keyin bilishardi.


O'g'irlik san'atini kuchaytirgan sari brilliantlar salmog'i ham osha boshladi. U Amerika bo'ylab safarlari davomida yuzlab zargarlarni shilib oldi va zerikkanidan Yevropaga jo'nadi. Ko'hna qit'ada ham ko'plab qimmatbaho buyumlarni o'g'irlaganiga qaramay qochib qutilishga muvaffaq bo'ladi.


Faqat 1984 yilga kelibgina politsiya uning iziga tushadi va uyiga kelgan izquvarlar hayratda qolishadi – millionlab dollarlik taqinchoqlarni o'marib pullagan ayol qashshoqlikda hayot kechirardi. Buning sababi tez orada ma'lum bo'ldi – Doris giyohvandlikka chalingan o'g'li va saratondan azob chekayotgan onasini davolatish uchun katta mablag' sarflagan ekan. Shuningdek, u qolgan pullarni onkologik gospital' va mahalliy cherkovga xayr qilib yuborgani ma'lum bo'ldi.


Bu holning o'ziga xos jihati shundaki, ayolga xayrixohlar ham paydo bo'ldi va Doris yengil jazo bilan qutilib qoldi. Lekin xonim keksayib qolganda ham o'z qilig'idan voz kechmadi va 2015 yilda 84 yoshli Doris Peyn yana 5 yilga kesilib ketdi. U hayoti davomida o'ziga 32 marta laqab qo'ygan, 11 marta soxta pasportdan foydalangan. 94 yoshga yetdi, tuppa-tuzuk yashab yuribdi.


Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Ҳодиса
Hayratlanarli
0 2674 10:00 | 04.11.2023
Ҳодиса
G'azo bolalari nomma-nom
0 2666 14:28 | 06.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса
21 noyabr' – qanday kun?
0 3472 11:13 | 21.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса