Ertaga vodiy viloyatlarida metan zapravkalari ishlamaydi
Bugun vodiydagi metan zapravkalarda katta navbatlar kuzatildi. Haydovchilar gaz quyish uchun soatlab navbat kutishdi.
Buning sababi ertaga 5 sentyabr' kuni soat 12:00 dan boshlab 36 soat davomida “Ohangaron–Pungon” magistral gaz quvuri orqali tabiiy gaz uzatish vaqtincha to'xtatiladi. Metan zapravkalar ishlamasligi haqida xabar tarqalgach, haydovchilar yoppasiga gaz quyish shoxobchasiga shoshdi. Natijada, metan zapravkalarda uzoq navbatlar paydo bo'ldi.
Yana bir xavotir tug'iladi: ertaga yo'l kira narxlari oshmasa bo'ldi. Сhunki, gaz quyish shoxobchalari ishlamagan paytda yo'l kira narxlari oshib ketganiga bir necha marotaba guvoh bo'lganmiz.
Xabarda keltirilishicha, Farg'ona vodiysining tog'li hududidan o'tuvchi qismida qo'shimcha magistral gaz quvuri qurildi: 5-6 sentyabr' kunlari yangi quvurni tarmoqqa ulash ishlari olib boriladi.
Iste'molchilarning tabiiy gaz ta'minoti ishonchliligini oshirish maqsadida Davlat dasturlari doirasida magistral gaz tarmoqlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, Farg'ona vodiysi iste'molchilarini tabiiy gaz bilan ta'minlovchi “Ohangaron–Pungon” magistral gaz quvurining tog'li hududdan o'tuvchi qismida qariyb 22 km. qo'shimcha quvur qurilishi yakuniga yetkazildi.
Mazkur quvurning ishga tushirilishi vodiy viloyatlari iste'molchilarining tabiiy gaz ta'minoti ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0