Valyuta UZS
  • USD

    12 357.09-56.7

  • EUR

    14 330.52-137.75

  • RUB

    153.49-1.37

+25C

+25C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+25c

  • Hozir

    +25 C

  • 23:00

    +24 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Dushanba, 25-August

+25C

  • Hozir

    +25 C

  • 23:00

    +24 C

  • Dushanba, 25

    +25 +20

  • Seshanba, 26

    +25 +20

  • Chorshanba, 27

    +26 +20

  • Payshanba, 28

    +27 +20

  • Juma, 29

    +26 +20

  • Shanba, 30

    +26 +20

  • Yakshanba, 31

    +21 +20

  • Dushanba, 01

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

“Shahar bir lahzada yer yuzidan o'chib ketgan”: 77 yil avval Ashxobodda nima bo'lgandi?

Er silkinishining eng dahshatli qismi halok bo'lgan soni edi. Ashxobod fojiasi natijasida 110 000 dan 170 000 gacha odam halok bo'ldi, ammo aniq raqamlar hanuz noaniqligicha qolmoqda.
Ҳодиса
51 10:29 | 24.08.2025 10:29

Bugungi kunda zilzilalar eng xavfli tabiat hodisalaridan biriga aylanib bo'ldi. 2023 yil Turkiya va Suriyada, 2025 yilda esa Kamchatkada kuchli zilzilalar yuz berdi. 2023 yilgi zilzila ayniqsa juda og'ir va qonli bo'ldi. Afsuski, biz yashayotgan Markaziy Osiyo mintaqasi ham seysmik faol mintaqada joylashgan. Yigirmanchi asr boshidagi Andijon, 1966 yilda yuz bergan Toshkent zilzilalari bunga misol. Shuningdek, 1948 yilda Ashxobodda dahshatli yer silkinishi ro'y berdi. Doimgidek, sovetlar qurbonlarning haqiqiy sonini yashirishga urindi. Ammo dunyo baribir ushbu ayanchli zilzila tafsilotlarini bilib oldi.


1948 yil 6 oktyabrda Turkmaniston SSR poytaxti Ashxobodda tarixdagi eng halokatli zilzilalardan biri yuz berdi. Uning magnitudasi 7,3 ballni tashkil etgan, zilzila epitsentri esa atigi 18 kilometr chuqurlikda, deyarli shahar ostida joylashgan. Tabiiy ofat tunda, mahalliy vaqt bilan 2:17 da, shahar aholisining aksariyati uxlab yotgan paytda boshlangan va bu sabab qurbonlar sonini sezilarli darajada oshirgan. Zilzila markazida silkinish intensivligi MSK-64 shkalasi bo'yicha 9-10 ballga yetgan va bu Ashxoboddagi aksariyat binolarning butunlay vayron bo'lishiga olib keldi.



O'sha paytda Ashxobodda joylashgan 9400 ta turar-joy binolarining deyarli barchasi vayron bo'lgan yoki jiddiy shikastlangan. Shahardagi binolarning qariyb 98 foizi qulab tushdi, minglab odamlar uylar vayronalari ostida qolib ketdi. 1881 yilda vujudga kelgan shahar asosan loy uylardan iborat edi. Binolarning ko'pchiligi bir qavatli, tomlari loydan yasalgan tekis uylar bo'lganligi hisobga olinsa, bu binolar seysmik ta'sirga moslashtirilmagan. Ularning qulashi natijasida odamlarning omon qolish imkoniyati minimal bo'lgan - og'ir loy tomlar va chirigan inshootlar tezda aholinig ustiga qulagan, ularning ko'pchiligi falokatning dastlabki daqiqalarida halok bo'lgan. Strategik muhim binolar, masalan Kommunistik partiya qo'mitasi binosi pishiq va mustahkam g'ishtdan qurilgandi, bu uning zilziladan omon qolishiga olib keldi.



Er silkinishining eng dahshatli qismi halok bo'lgan soni edi. Ashxobod fojiasi natijasida 110 000 dan 170 000 gacha odam halok bo'ldi, ammo aniq raqamlar hanuz noaniqligicha qolmoqda. Bunday katta sonli qurbonlarning asosiy sababi – shahar aholisining aksariyati yaqinlashib kelayotgan xavfdan bexabar uxlab yotgan, o'z vaqtida uyini tark etish imkoniga ega bo'lmagan. Bu vayronalar ostida ko'plab odamlarning qolib ketishiga olib keldi va ahvolning og'irligi tufayli ularni qutqarish imkonsiz bo'ldi.


Zilziladan keyin keng ko'lamli qutqaruv ishlari boshlandi. 26 oktyabrga qadar Ashxoboddan 8,7 mingga yaqin odam evakuatsiya qilindi, jabrlanganlar SSSRning turli shaharlariga olib ketildi. Operatsiyaning murakkabligi katta vayronagarchiliklar bilan bog'liq edi - minglab odamlar vayronalar ostida qolgan, shahar infratuzilmasi deyarli butunlay vayron bo'lgan.


“Bizning uy devorlari ortida ikki qavatli loydan qurilgan uy bor edi, u yerda qirqga yaqin insonni o'z ichiga olgan katta fors oilasi yashar edi - barchasi halok bo'ldi. Ko'chamizning narigi tomonida, g'ishtdan qurilgan katta uyda ozarbayjonlar yashar edi. Ularda faqatgina bir kampir tirik qoldi, afsuski u dahshatli voqeada aqlini yo'qotgandi”, deb eslaydi falokat paytida yetti yoshda bo'lgan Mixail Goldshteyn. Uning tengdoshi, otasi Ashxobod o't o'chirish xizmatida xizmat qilgan Valentin Maslov o'sha dahshatli kechaning tafsilotlari haqida shunday deydi:



“Bizning kvartiramizning tomi, xayriyatki, to'liq qulab tushmadi, faqat qisman vayron bo'ldi. Kecha qorong'i edi, vayronalar ostidan yordam so'rab faryodlar eshitilardi. Otam kirish eshigini zo'rg'a ochdi va biz onamni ushlab, hovliga, odamlar to'plana boshlagan maydonga ko'chib o'tdik. Bu juda qo'rqinchli edi”.


Fojia haqidagi ilk xabarlar 6 oktyabr kuni erta tongda ittifoq poytaxti Moskvaga yetib bordi. Bu deyarli tasodifan yuz berdi. Tabiiy ofatdan so'ng darhol aloqa uzildi, elektr yo'q edi, biroq Ashxobodning g'arbiy chekkasidagi harbiy qismlardan birida radiooperatori favqulodda aloqani tiklashga muvaffaq bo'ldi. U uzilib qolgan radio aloqasini tikladi va zilzila haqidagi xabarni efirga uzatishga muvaffaq bo'ldi. Ushbu radiogramma O'zbekiston poytaxti Toshkent tomonidan qabul qilingan.


Turkmaniston hududida 1948 yil oktyabri haliyam issiq edi, harorat 35 darajagacha ko'tarildi. Shahar bo'ylab chirigan jasadlar qoldiqlarining badbo'y hidi saqlanib qolgan va ommaviy yuqumli kasalliklar xavfi yuqori edi. Shuning uchun o'liklarni dafn qilish eng muhim vazifa edi. Shoshilinch ravishda bir nechta qabristonlar tashkil etildi, u yerda askarlar uzoq chuqur xandaqlar qazishdi va ularga o'liklarning qoldiqlarini qo'yishdi. Afsuski, jasadlarning kimligini aniqlashni amalga oshiradigan hech kim yo'q edi. Aholi jasadlarni vayronalardan olib chiqib, ko'chalarda qoldirishgan – maxsus guruhlar ularni yuk mashinalarida olib, qabristonlarga olib ketishgan. Yaxshiyamki, tezkor harakatlar natijasida ehtimoliy epidemiyaning oldi olindi.


Zilzila sodir bo'lgandan uch kun o'tib, Sobiq Ittifoq mamlakatlari “Pravda” gazetasidagi qisqa TASS xabaridan fojia haqida bilib oldi. “1948 yil 6 oktyabrda mahalliy vaqt bilan soat 02:17 da Turkmaniston SSRning Ashxobod viloyatida 9 ballgacha zilzila sodir bo'ldi. Natijada katta vayronagarchilik va ko'plab qurbonlar kuzatildi”.



“Ko'plab qurbonlar"ning aniq soni hozircha noma'lum. Turli xil raqamlar berilgan - 36 mingdan 176 minggacha. 1948 yil iyul oyining o'rtalariga kelib Turkmaniston poytaxtida 117 mingga yaqin odam yashagan. Ashxobod statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 1948 yil 28 noyabrda jami aholi soni 66 739 kishini tashkil etdi - bu yil o'rtalaridagi ko'rsatkichning deyarli yarmi edi. Demograf Shohrat Qodirovning so'zlariga ko'ra, Ashxobodning o'zida halok bo'lganlar soni 36–37 ming kishini tashkil etgan, ya'ni shaharning deyarli har uchinchi aholisi halok bo'lgan. Shahar atrofi va viloyatlarda halok bo'lganlar soni bilan yo'qotishlar 100 mingga yaqinlashgan.


SSSR rahbariyati hech qachon fojia qurbonlari haqida rasmiy ma'lumotlarni e'lon qilmagan. Fizika-matematika fanlari doktori, professor Botir Kariev o'zining “Tabiiy ofatlar: 1948 yildagi Ashxobod zilzilasi. Faktlar, sabablar, farazlar va natijalar” kitobida shaharning butunlay vayron bo'lishi, ommaviy o'lim holatiga SSSRdagi maxfiylik tufayli yagona baho yo'qligini yozadi. Mutaxassislarning fikricha, bu halokatning ko'lami markaziy sovet matbuotining jim turishiga sabab bo'lgan. Ashxobod zilzilasiga oid materiallarda zilziladan keyingi dastlabki kunlarda taniqli rejissyor Roman Karmen (Ashxobod kinostudiyasi operatori V.A.Lavrov bilan birgalikda) tomonidan suratga olingan ma'lum bir hujjatli fil'm esga olinadi. Aytilishicha, 1948 yil oktyabr' oyida Karmen Stalinning buyrug'i bilan zudlik bilan Ashxobodga uchib ketgan. Ammo vayron qilingan shahardan olib kelingan kadrlar hatto “xalqlar dohiysi”ni dahshatga soldi. Xarobalar, jazirama quyosh ostida yotgan, shishib ketgan jasadlar bilan qoplangan ko'chalar, mo''jizaviy tarzda omon qolganlarning og'ir ruhiy holatini til bilan ifodalash qiyin edi. Ushbu noyob yarim soatlik fil'm tasniflangan, ommaga hech qachon namoyish etilmagan va hozirgi kunga qadar u faqat mutaxassislarga ko'rsatilmoqda.


Mustaqil Turkmanistonda zilzila qurbonlari va dahshatli oqibatlari doim eslab turiladi. Qaytadan qurilgan va “oq shahar” nomini olgan Ashxobodda qurbonlarga atab yodgorlik o'rnatilgan. Bundan tashqari 1995 yildan buyon 6 oktyabr sanasi zilzilada halok bo'lganlar sharafiga Xotira kuni sifatida belgilangan.


Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Ҳодиса
Hayratlanarli
0 2729 10:00 | 04.11.2023
Ҳодиса
G'azo bolalari nomma-nom
0 2715 14:28 | 06.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса
21 noyabr' – qanday kun?
0 3526 11:13 | 21.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса