Taniqli frantsuz aktyori Alen Delon vafot etdi — Le Figaro
U 88 yoshda edi.
Alen Delon 1935 yil 8 noyabrda, Parij chekkasida tug'ilgan. Uni bir necha marta maktab va internatlardan haydashgan, 17 yoshida u Hindixitoyga dengizchi sifatida xizmat qilishga yo'l olgan, besh yil o'tib Frantsiyaga qaytgan. Delon o'z kasbini ko'p marta o'zgartirgan: yuk tashuvchi, ofitsiant, barmen bo'lgan, 1957 yilda uning qobiliyatini payqab qolib, «Ayol aralashganda» (Quand la femme s'en mêle) kartinasidan rol taklif etishganidan keyin aktyorlik faoliyatini boshlagan.
Ekranlardagi debyutidan uch yil o'tib esa Delon «Rokko va uning birodarlari» (Rocco e i suoi fratelli) kriminal dramasidagi ijrosi uchun butun dunyoga tanilgan.
Uning fil'mografiyasidan 80 ga yaqin kinofil'mlar o'rin olgan. Ular «Yorqin quyoshda» (Plein Soleil), «Leopard», «Qora lola» (La tulipe noire), «Hovuz» (La piscine), «Mese Klyayn», «Samuray» (1967), «Borsalino» (1970), «Zorro» (1975) kabilardir. Delon Lukino Viskonti, Jan-Lyuk Godar, Jan-Pier Melvil, Mikelanjelo Antonioni va Lui Mal kabi rejissyorlar bilan ishlagan.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0