Valyuta UZS
  • USD

    12 357.09-56.7

  • EUR

    14 330.52-137.75

  • RUB

    153.49-1.37

+25C

+25C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+25c

  • Hozir

    +25 C

  • 23:00

    +24 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Dushanba, 25-August

+25C

  • Hozir

    +25 C

  • 23:00

    +24 C

  • Dushanba, 25

    +25 +20

  • Seshanba, 26

    +25 +20

  • Chorshanba, 27

    +26 +20

  • Payshanba, 28

    +27 +20

  • Juma, 29

    +26 +20

  • Shanba, 30

    +26 +20

  • Yakshanba, 31

    +21 +20

  • Dushanba, 01

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

“Urushdan to'ygan xalqning g'azabi”: Jorj Bushga tufli uloqtirgan jurnalist taqdiri

2008 yil yakunlanib borayotgan bir davrda Iroq poytaxti Bag'dodda kutilmagan holat ro'y berdi. Vakolat muddati tugayotgan AQSh prezidenti kichik Jorj Bush Iroq bosh vaziri Nuri al-Malikiy bilan matbuot anjumani o'tkazayotganda, jurnalistlardan biri AQSh rahbariga qarata tuflisini yechib otdi. Albatta, bunday hodisani hech kim kutmagandi.
Ҳодиса
122 10:05 | 24.08.2025 10:05

Boshqalar jur'atli jurnalistni ushlaguncha u ikkinchi poyabzalini ham yechib otishga ulgurdi. Ular Jorj Bushga borib tegmadi, AQSh rahbari zo'rg'a chap berib qoldi. Ammo bu holat qudratli davlat rahbari uchun sharmandali holat deya baholandi. Aslida, otilgan tufli urush va vayronagarchilikdan to'ygan Iroq xalqining g'azabiga o'xshardi.


AQSh prezidenti lavozimi dunyodagi eng nufuzli mansablardan sanaladi. Uning qarorlari yuz millionlab kishilar taqdiriga ta'sir qilishi mumkin. Qudratli mamlakatning o'sha paytdagi rahbariga botinka uloqtirishga jur'at etgan shaxsning ismi Muntazar az-Zaydiy edi. U murakkab taqdir egasi bo'lgan. Bo'lajak jurnalist Iroq poytaxti Bag'dod shahri chekkasida tug'ilgan, jurnalistika bo'yicha oliy ma'lumot olgan. 2005 yilda “Al-Bag'dodiya” televideniesida muxbir sifatida ish boshlagan. Kichik Bushga tufli uloqtirishdan bir yil oldin Muntazar Zaydiy Bag'dodda noma'lum shaxslar tomonidan o'g'irlab ketilgandi. U AQSh qurolli kuchlari vakillari tomonidan ham ikki marta hibsga olingan.


Uning Misr telekanallaridan biridagi boshlig'i az-Zaydiyni “mag'rur arab va ochiq fikrli odam” deb ta'riflagan. Uning qo'shimcha qilishicha, “jurnalist sobiq Saddam Husayn tuzumini ma'qullamagan. Uning oilasi Saddam rejimi davrida hibsga olingan”.


Iroq urushi davom etayotgan, mamlakatda qashshoqlik va boshboshdoqlik avj olgan palla edi. AQSh qo'shinlarining mamlakatga kirishi vaziyatni battar og'irlashtirgandi. Urush boshlanganiga besh yil bo'lgan, Saddam Husayn ag'darilib, osib o'ldirilgan bo'lsa-da, mojaroning oxiri ko'rinmasdi. 2008 yil 14 dekabrda Jorj Bush va Iroqning o'sha vaqtdagi Bosh vaziri Nuri Malikiy o'rtasida bo'lib o'tgan qo'shma matbuot anjumani chog'ida Zaydiy uchinchi qatorda bo'lgan. U AQSh prezidenti ishtirokidagi konferentsiyaga akkreditatsiyadan o'tishga muvaffaq bo'lgandi. Bush AQSh qo'shinlarining Iroqdan chiqib ketishi haqida gapirmagach, sabr-toqati tugagan jurnalist birdan o'rnidan turdi. U “Bu iroqliklarning sovg'asi. Bu sizlarga – it!” deya baqirgan holda AQSh prezidentiga tufli uloqtirdi. Hamma bir lahza karaxt ahvolga tushib qoldi.


Keyin jurnalist egilib, ikkinchi tuflini olib, uni ham otishga muvaffaq bo'ldi. Shundan keyingina AQSh prezidenti qo'riqchilari jurnalistga hujum qilib, uni zararsizlantirib, darhol matbuot anjumani o'tayotgan zaldan olib chiqib ketishdi. Bush jarohat olmadi, chunki u ikkala oyoq kiyimidan o'zini olib qochishga erishgandi. Biroq, Bushning matbuot kotibi Dana Perino sarosimada mikrofonga ko'zini urib olgani sababli yaralangan.


Dovyurak iroqlik jurnalist 2009 yil 12 martda uch yilga ozodlikdan mahrum etildi. 2009 yil aprel' oyida az-Zaydiyning advokatlari tomonidan berilgan apellyatsiyadan so'ng sud qamoq muddatini bir yilga qisqartirdi. Jazoning bir qismini o'tab bo'lgach, avgust oyi oxirida yaxshi xulq-atvori uchun uning muddatni yana uch oyga qisqartirishga qaror qilindi. 2009 yil 11 sentyabrda Muntazar ozodlikka chiqdi (u ozodlikka chiqqan sana ham o'ziga xos).


Oyoq kiyimni uloqtirish hodisasi turli mamlakatlarda (Rossiya, Buyuk Britaniya, Ukraina, Serbiya) bir qator taqlidlarga olib keldi. 2009 yil 1 dekabrda al-Zaydiyning o'zi poyabzal uloqtirish qurboniga aylandi. Parijda Iroqdagi urushga bag'ishlangan matbuot anjumani chog'ida jurnalistlardan biri (manbalarga ko'ra, u ham iroqlik bo'lgan) “Iroq ishg'ol qilingan davlat emas” (boshqa talqinga ko'ra - “Mana sizga yana tufli”) deb baqirib, unga tufli uloqtirgan. Bush singari, az-Zaydiy ham tuflidan qochishga muvaffaq bo'ldi.


2009 yil 29 yanvarda Iroqning sobiq prezidenti Saddam Husayn tug'ilgan Tikrit shahrida ulkan tufli yodgorligi o'rnatildi. Tufli yodgorligi ostiga Zaydiyning xatti-harakatini madh etuvchi she'r yozilgan.


Yodgorlik muallifi Layt Amari jurnalistning harakati “barcha iroqliklar uchun faxr-iftixor manbai” bo'lishi kerakligini, Amerika prezidentiga poyabzal uloqtirgan jurnalist Muntazar az-Zaydiy musulmon olamida ham, undan tashqarida ham milliy qahramonga aylanganini aytdi. Yodgorlik ota-onasi urush paytida vafot etgan bolalarga g'amxo'rlik qilishga ixtisoslashgan xayriya tashkiloti joylashgan uyning bog'iga o'rnatildi. Shunisi e'tiborga loyiqki, uning umri uzoq davom etmadi — atigi bir kun turdi xolos. Ertasi kuni yodgorlik mahalliy hokimiyat buyrug'i bilan vayron qilindi.


Eng qizig'i, Jorj Bushning o'zi ushbu hodisani bosiqlik bilan izohlagan. Voqea sodir bo'lgandan so'ng darhol ABC telekanaliga bergan interv'yusida Bush, boshqa narsalar qatori, “yigitga nisbatan hech qanday g'azabi yo'qligini” va bu voqeani “kulgili” deb hisoblashini aytdi. “Bu narsalar hayotda sodir bo'ladi va bu erkin jamiyatning belgisidir”, deb xulosa qildi Bush. Umuman olganda, sobiq prezident voqeani rahbarlik davridagi eng g'alati lahzalar deb baholadi.


AQShning Iroqdagi harbiy harakatlariga qarshi kayfiyatdagilar az-Zaydiyni qo'llab-quvvatladi. Voqea haqidagi xabar bir zumda butun dunyoga tarqaldi va bu haqda barcha yetakchi axborot agentliklari xabar berdi. Amerikaning Iroqdagi harbiy kampaniyasini qoralovchi ko'plab jamoat tashkilotlari va shaxslar jurnalistni himoya qilishdi. Masalan, Livanning New Tv telekanali jurnalistning harakatlariga birdamlik bildirib, uni xodim sifatida ishga oldi, shuningdek, agar Zaydiyni garov evaziga ozod qilish masalasi tug'ilsa, pul to'lashga va'da berdi. Telekanalda Zaydiyning maoshi u Bushga birinchi tuflisini otgan paytdan beri hisoblab kelingan.


Venesuelaning o'sha paytdagi prezidenti Ugo Сhaves iroqlik jurnalistning jasoratini e'tirof etdi, garchi u nutqida “prezidentlarga ham, boshqa birovga ham poyabzal uloqtirmaslik kerakligini” ta'kidlagandi. Liviya yetakchisi Muammar Qaddafiyning qizi Oysha boshchiligidagi “Va Attassimou” xayriya tashkiloti az-Zaydiyni butun dunyoda inson huquqlari tantanasi ramzi bo'lgan harakatlari uchun “Jasorat” medali bilan taqdirladi.


Arab huquqshunoslari ittifoqi esa jurnalistning ishini sudda ko'rib chiqish uchun maxsus xalqaro inson huquqlari qo'mitasi tuzdi. Iroqdagi eng yaxshi advokatlardan biri Xalil al-Dulaymiy (Saddam Husaynning sobiq advokati) uni sudda mutlaqo tekin himoya qilish uchun ixtiyoriy ravishda qatnashdi. Hodisadan bir kun o'tib, 16 dekabr' kuni bir necha ming iroqliklar Bag'dodda jurnalistni zudlik bilan ozod etilishini talab qilib namoyish o'tkazdilar.


Muntazar az-Zaydiyga nima bo'ldi?


Iroq qonunlariga ko'ra, xorijlik yetakchiga tan jarohati yetkazmasdan hujum qilganlik uchun 7,5 yilgacha qamoq jazosi belgilangan. Frans-press agentligi ma'lumotlariga ko'ra, xavfsizlik kuchlari uni hibsga olish chog'ida uning qo'li va qovurg'alarini sindirishgan. Muntazar telekanallardan biriga bergan interv'yusida qamoqda qiynoqqa solinganini aytdi: uning burni va oyog'i, tishlari singan, kaltaklangan (shu jumladan, qamchi bilan) va elektroshoker qurilmasi bilan jarohat yetkazilgan.


Aytilishicha, az-Zaydiy qamoqda bo'lganida Iroq bosh vaziriga maktub yozib, qilgan ishi uchun kechirim so'ragan. Biroq, jurnalistning akasi bunday ma'lumotning haqiqiyligini rad etdi, chunki uning so'zlariga ko'ra, “Muntazar hech qachon hech kimdan kechirim so'ramagan”.


Darvoqe, 2018 yilda bu qahramon Iroq parlamentining mahalliy saylovlarida qatnashishga muvaffaq ham bo'ldi.


Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Ҳодиса
Hayratlanarli
0 2729 10:00 | 04.11.2023
Ҳодиса
G'azo bolalari nomma-nom
0 2715 14:28 | 06.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса
21 noyabr' – qanday kun?
0 3526 11:13 | 21.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса