O'zbekistonning JSTga a'zoligi bo'yicha yana bir muhim qadam tashlandi
O'zbekistonning JSTga a'zoligi bo'yicha Xitoy Xalq Respublikasi bilan muzokaralari yakunlandi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari bo'yicha maxsus vakili Azizbek O'runov ma'lum qildi
“Pekin shahriga juda qisqa, biroq samarali tashrif bo'ldi. Xitoy Xalq Respublikasi bilan ikki tomonlama muzokaralar nihoyasiga yetdi.
Fursatdan foydalanib XXR Tijorat vazirligi, vazir o'rinbosari Li Fey, departament direktori Li Defeng janoblari va butun jamoaga konstruktiv muloqot uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz”, – deydi O'runov.
U, shuningdek, yil yakuni O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zoligi buyicha unumli bo'lgani, jumladan, ikkita eng yirik global savdo egalari – Amerika va Xitoy bilan muzokalar yakunlanganini ta'kidlaydi.
Shu tariqa O'zbekiston bu yo'lda jami 22 ta mamlakat bilan muzokaralarini yakunladi.
Ma'lumot uchun, bugun, 29-noyabr kuni JST Bosh kengashida doktor Ngozi Okondjo-Iveala nomzodi JST Bosh direktori lavozimiga ikkinchi muddatga 2029-yil 31-avgustgacha tasdiqlandi.
Ngozi Okondjo-Iveala o'z dasturi taqdimoti chog'ida JST a'zolarini 2026 yilda Kamerunda bo'lib o'tadigan navbatdagi vazirlar konferentsiyasi a'zoligiga O'zbekiston, shuningdek, Bosniya va Gertsegovinaning eng istiqbolli nomzodlar sifatida qabul qilinishiga e'tibor qaratishga chaqirgan.




Mақолага баҳо беринг
0/50
0
0
0
0