2045 yilgacha har bir toshkentlikka 8 kvadrat metrdan yashil maydon va'da qilinyapti
Hukumat qarori bilan tasdiqlangan Toshkent shahri Bosh rejasiga ko'ra, ayni paytda shaharda 7 120,9 gektar yashil hudud mavjud (893 gektari umumiy foydalanishda) va bu har bir poytaxtlikka 3 kvadrat metrdan to'g'ri keladi.
Vazirlar Mahkamasining joriy yil 24-dekabrdagi 880-son qarori bilan Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo'lgan davrga mo'ljallangan bosh rejasi tasdiqlandi.
Hujjatga ko'ra, Bosh rejani ishlab chiqishdan asosiy maqsad:
- qurilishga ruxsat berish jarayonlarini tartibga solish;
- shaharning muhandislik hamda yo'l-transport infratuzilmasini, aholi zichligi parametrlarini, shuningdek, umumiy strategiyasini rejelashtirish;
- shaharning yashil va sanitar himoyalanadigan hududlari hamda madaniy merosini muhofaza qilish;
- iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish yo'llarini belgilash;
- aholining bugungi va istiqboldagi talablarini qanoatlantirish.
Shuningdek, Bosh reja doirasida Toshkent shahrida kelgusida 10 ming gektar yashil maydonlar tashkil etiladi. Shahar atrofi bo'ylab esa 15 ming gektar yer maydonida yashil belbog' barpo etiladi.
Bu bilan esa Toshkent shahari aholisi jonboshiga bugungi kunda to'g'ri keladigan 3 kvadrat metr yashil hudud 2045-yilga qadar 8 kvadrat metrga yetkazilishi rejalashtirilgan.
Ma'lumot uchun, ayni paytda Toshkent shahrida mavjud yashil maydonlar (cheklangan hududlar bilan birga) 7 120,9 gektrarni tashkil qiladi. Bundan 893 gektari umumiy foydalanishdagi, 5 102 gektari cheklangan va 1 125 gektari maxsus maqsadli yashil maydonlar toifasiga kiradi.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0