+21C

+21C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Qalbaki hujjatlar orqali 2 mlrd. so'm QQSni qaytarish sxemasi fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy, Toshkent va Andijon viloyatlari bo'yicha boshqarmalari hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish yo'nalishida Shirchiq shahrida tezkor tadbir o'tkazildi.
Hodisa
251 11:15 | 08.04.2026 11:15

Unga ko'ra, Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi MShJning muqaddam sudlangan xodimi Navoiy viloyatidagi xususiy korxona ish boshqaruvchisining ishonchiga kirib, 2025-2026 yillarda 20 mlrd. so'm atrofida tovar aylanmasi bo'lganligi to'g'risida qalbaki hujjatlar rasmiylashtirish orqali, mazkur korxona hisobiga byudjetdan 2 mlrd. so'm qo'shilgan qiymat solig'ini soliq idoralarida ishlovchi tanishlari ko'magida qaytarib olinishida yordam berishini aytadi. O'z navbatida, ushbu “xizmat” haqi evaziga 340 mln. so'm talab qiladi.


QQSni korxona hisob raqamiga tushirib berish bilan bog'liq barcha soxta amaliyotlarni uning sherigi – Andijon shahrida yashovchi, 1971 y.t. yakka tartibdagi tadbirkor amalga oshiradi. Ya'ni, tadbirkor o'ziga tanish bo'lgan MShJ va Navoiy viloyatidagi xususiy korxona o'rtasida elektron shartnoma rasmiylashtiradi. Ushbu shartnomaga asosan, go'yoki qiymati 18 mlrd. 670 mln so'mlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirilganligi, transport xizmati ko'rsatilganligi va qurilish materiallari yetkazib berilganligi to'g'risida 10 ta soxta elektron hisob-fakturalar rasmiylashtirib, 2 mlrd. so'm QQS qaytarilishiga erishadi.


Shundan so'ng talab qilingan pul mablag'ini ular o'zlarining jinoiy sheriklari – Qibray tumanida yashovchi, 1973 y.t., muqaddam bir necha marotaba sudlangan shaxs va Andijon shahrida istiqomat qiluvchi, 1996 y.t., muqaddam bir necha marotaba sudlangan fuqaro orqali olgan vaqtlarida ularning noqonuniy harakatlariga chek qo'yildi.


Aniqlanishicha, ushbu shaxslar talab qilingan 340 mln so'mni o'zaro taqsimlab olishlari kerak bo'lgan. Mazkur to'rt nafar fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi. Tergov harakatlari doirasida ularning mazkur noqonuniy ishga aloqador bo'lgan soliq idoralaridagi tanishlarini aniqlash bo'yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Hodisa
Hayratlanarli
0 3949 10:00 | 04.11.2023
Hodisa
G'azo bolalari nomma-nom
0 3740 14:28 | 06.11.2023
Hodisa
21 noyabr' – qanday kun?
0 5434 11:13 | 21.11.2023
Hodisa