Valyuta UZS
  • USD

    12 658.19-100.17

  • EUR

    14 672.11-148

  • RUB

    161.44-1.9

+32C

+32C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+32c

  • Hozir

    +32 C

  • 21:00

    +30 C

  • 22:00

    +27 C

  • 23:00

    +26 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 18-July

+32C

  • Hozir

    +32 C

  • 21:00

    +30 C

  • 22:00

    +27 C

  • 23:00

    +26 C

  • Juma, 18

    +32 +20

  • Shanba, 19

    +34 +20

  • Yakshanba, 20

    +34 +20

  • Dushanba, 21

    +31 +20

  • Seshanba, 22

    +34 +20

  • Chorshanba, 23

    +30 +20

  • Payshanba, 24

    +29 +20

  • Juma, 25

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Bolalar tilanchiligi: Сhorasizlikmi yoki xudbinlik?

Mehnatning tagi rohat. Topib aytilgan gap. Halol ishlab topilgan luqma shirin va totli bo'ladi. Shu bois azaldan odamlar o'z sa'y-harakati bilan kun ko'rishga, mehnat qilib, ro'zg'or tebratishga da'vat qilinadi. Bolalikdan hammamizni shunga o'rgatishgan. Ammo oxirgi paytlarda dilni xufton qiladigan bir holat – bolalar tilanchiligi ko'payib ketdi. Afsus, bu haqda qancha gapirmaylik, harakat qilmaylik, foydasi bo'lmayapti. Achinarlisi, ayrim ota-onalarning o'zlari farzandini tilanchilikka majburlashyapti.
Jamiyat
133 16:28 | 17.07.2025 16:28

«Bolaligidan pul topishni o'rgansa, nimasi yomon»


Yaqinda o'zim bilan bir hodisa ro'y berdi. Kechki tomon eshik taqilladi. Kichkina qizim ochdi. Zum o'tmay, oldimga kelib:


– Oyi, ramazon aytib kelishdi, pul berarkansiz, – dedi.


– Ie, ramazon o'tib ketganiga ancha bo'ldi-ku, kim keldi?


– Nodir, narigi «dom»da yashaydi, – dedi-yu eshik tomon chopqilladi.


Borib qarasam, haqiqatan ham qo'shnining o'g'li – Nodir.


– Bolam, ramazon oyi tugaganini bilasanmi? Eshikma-eshik yurganingdan oyingning xabari bormi?


– Biladi, o'zi shunga buyurdi.


Yuragim uvishib ketdi. U qanday onaki, 7-8 yoshli norasidani shu ishga majbur qilsa... Bu ishi bilan o'g'lining g'ururini sindirayotganini nahotki anglamasa...


Oradan bir necha kun o'tib, Nodirning onasini uchratib qoldim. Ataylab to'xtadim va o'g'lining o'sha kuni eshikma eshik yurganini aytdim.


– Nima qipti, chiqsa, o'zi pul topishni o'rgansa nimasi yomon? O'g'rilik qilayotgani yo'q-ku, – deya javob berdi savolimga.


– To'g'ri, sizningcha farzandingiz nojo'ya ish qilmayotgandir, ammo o'g'il bolani bunday yo'lga boshlash uning kelajagiga bolta urishdek gap. Aslida dilbandingizni yoshligidan halol mehnatga o'rgatishingiz kerak emasmi?


Ayolning qovog'i osildi.


– Bola o'zimniki, nima istasam, shuni qilaman! Ha, o'g'lim sizdan pul so'rab, xato qilibdi, aytaman, boshqa eshigingizni taqillatib bormaydi.


«Mehribon ona»ning boshqa gaplari qulog'imga kirmadi. Unga gapirishdan foyda yo'qligini anglab, yo'limda davom etdim. Esiz bolalik, hayf onalik...


Bolalar huquqlari himoyada, ammo...


Bugun tilanchi bolalar kammi, bir qo'shningni o'g'li chiqqaniga shuncha vahimami, dersiz. To'g'ri, bir bola eshik qoqib, pul so'rab chiqqani hech narsani hal qilmasligi mumkin. Lekin bu oxir-oqibat jamiyatni tanazzulga yetaklaydi. Shuni unutmaslik kerak!


To'g'ri, bolalar huquqlari qonunlar bilan himoyalangan. Xususan, tegishli tashkilot va idoralar aynan bolalar tilanchiligiga qarshi keskin kurash olib boryapti. Aniqlangan holatlar bo'yicha ota-onalarni jarimaga tortyapti. Bu ishni o'ziga kasb qilganlar bilan tushuntirish ishlari olib borilyapti. Biroq natija...


Odam gavjum joylarda norasida go'daklarning zorlanib, go'yoki «salfetka» sotish bahonasi bilan tilanchilik qilayotganiga tez-tez duch kelaveramiz, kelaveramiz. «Akajon, opajon, iltimos, ozgina yordam berib keting. Onamga dori olishim kerak», degan o'tinch va iltijolardan quloqlar qizarmaydi, hatto... «Menga nima», deb beparvolarcha o'tib ketaveramiz, ketaveramiz.


Koshki edi, bolalarning huquqlarini himoya qiladigan huquqiy hujjatlar, tashkilotlar o'g'il-qizlarimizni bu yo'ldan qaytara olsa, ularga baxtli bolalikni tortiq eta olsa...


Bolaligi yo'q bolalar...


Ko'cha-ko'yda tilanchilik qilib yurgan qorako'zlarning ahvoliga qarang. Birontasi bolaligini mana shunday xor-zorlikda o'tishini orzu qilmagandir. Tinch va farovon mamlakatda ularning shu ahvolda yurishi ota-ona uchun uyat, isnod emasmi...


Farzand insoniyatga berilgan eng aziz ne'mat sanaladi. Shu jumladan, kelajagimiz bevosita ular bilan bog'liq. Demak, har bir ota-ona o'z majburiyati va mas'uliyatini his qilishi, avvalo, farzandiga to'g'ri ta'lim-tarbiya berishi zarur.


Attang, «Bolalikdan pul topishga o'rganishi kerak», degan tagi puch iddaolar bilan o'z zurriyodini tilanchilikka majburlayotganlar, birovga qaram qilayotganlar gazeta o'qishmaydi-da... O'qiganda edi, farzandini bu ishga jalb qilmagan bo'lardi...


Husniya PARDAEVA,
jurnalist


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 4535 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat