Valyuta UZS
  • USD

    12 658.19-100.17

  • EUR

    14 672.11-148

  • RUB

    161.44-1.9

+36C

+36C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+36c

  • Hozir

    +36 C

  • 20:00

    +32 C

  • 21:00

    +30 C

  • 22:00

    +27 C

  • 23:00

    +26 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 18-July

+36C

  • Hozir

    +36 C

  • 20:00

    +32 C

  • 21:00

    +30 C

  • 22:00

    +27 C

  • 23:00

    +26 C

  • Juma, 18

    +36 +20

  • Shanba, 19

    +37 +20

  • Yakshanba, 20

    +37 +20

  • Dushanba, 21

    +34 +20

  • Seshanba, 22

    +36 +20

  • Chorshanba, 23

    +33 +20

  • Payshanba, 24

    +32 +20

  • Juma, 25

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Kechaning tinchini buzayotganlar

Ushbu maqola uyg'oq ziyolining yuragidan chiqqan so'zlar. Bu nidolar o'z-o'zidan paydo bo'lmadi. «Katta shaharlarda ham kichik ko'ngilsizliklar bo'lib turadi», deganlaridek, jamiyatimizda bo'layotgan evrilishlar, yaxshi-yomon holatlar shoirni bezovta qiladi. Negaki, uning qalbida aks-sado berayotgan nidolar barchamizni sergaklikka chorlaydi.
Jamiyat
156 14:52 | 17.07.2025 14:52

Muhtaram o'quvchi, gapning indallosini mutolaadan so'ng o'zingiz aytasiz!


Shahar markazidagi Yozuvchilar uyida yashayman. Yarim kechasi qattiq tovushdan uyg'onib ketdim. Tovush shunchalar kuchli ediki, uylarning devorlari zirillab ketdi, desam, mubolag'a bo'lmaydi. Xudo ko'rsatmasin-ku, gipertovushli raketaning ovozi ham shuncha bo'lar. Xayriyat, raketamas, bu to'xtovsiz gazlanayotgan mototsikl shovqini. Uyqu va qo'rquv aralash o'rnimdan turib, soatga qaradim. Soat 02:41 ekan. Ertaga dushanba, ish ko'p bo'ladigan kun, dam olishim kerak. Yana o'rnimga cho'zildim. Oradan 7-8 daqiqa o'tmay boshqa bir mototsikl Isrofil sur chalganday hammayoqni larzaga solib o'tdi. Xudo farosatdan qisgan mototsiklchi ataylab bor kuchi bilan gazni bosar, mototsikl ham quturgan buqaday olamni buzib bo'kirardi. Bir necha lahzadan so'ng esa, juda qattiq tormoz chinqirig'i asablarni yemirib o'tdi. Qo'shni uylardan bolalar yig'isi eshitildi. Kimdir so'kindi.


Bu shovqin-suron tonggacha tinmaydi.


«Ha, endi qandaydir ishqivozchalarning aybi bilan bir kecha bezovta bo'lsangiz bo'libsiz-da, bir kecha ming kechamas, o'tib ketadi», dersiz. Yo'q, Xudoning bergan kechasi shu. Shaharning yo'l bo'yi qator tizilib ketgan ko'pqavatli uylarida minglab keksalar bor, o'n minglab bolalar bor, ming-minglab tongdan ishga ketishi kerak bo'lgan odamlar bor, ozmi-ko'pmi, bemorlar bor. Ularning hammasi har kuni tungi mototsikllar ovozidan qattiq aziyat chekishadi. Madaniyatning ko'chasiga kirib ko'rmagan bu xudbinlar esa, o'z zavq-shavqi uchun shaharning tinchini buzadilar, minib olgan matohi gumburlashidan ko'piradilar. Odamlarga qanchalar ozor ber­yapman, oromini ham, asabini ham buzyapman degan o'y yelkasi ustidagi bo'sh qovoqqa kelmaydi bu kimsalarning. Ular kun bo'yi sasib uxlab yotadi-da, boyo'g'liga o'xshab nuqul tungi soat 24 dan keyin paydo bo'lishadi. Dam olish kunlari ham, ish kunlari ham ahvol shu.


Yo'l harakati xavfsizligi tomonidan belgilangan jarimalar juda ko'p. Yo'llardagi videokameralar va YPH xodimlari juda hushyor, hatto bir chiziq chala bosilib ketsa, bas, darrov jarimaga tortilasiz. Lekin butun shaharning tinchini buzayotganlarga chora bormi? Bu kabi «gipertovushli» mototsikllarning soat 23 dan so'ng yurishlarini to'xtatish kerak. Odamlarning tinchi uchun shunday qilmasa bo'lmaydi. «Yaxshi dam – mehnatga hamdam». O'zingiz o'ylang, mototsikllarning tungi shovqin-suronidan kechasi bilan uxlay olmagan odamning ertasiga ish unumi qanday bo'ladi? Shu ahvolda maktabga boradigan bolaning fanlarni o'zlashtirishi-chi?


Ko'p gap eshakka yuk, farosatsizga ming nasihat qilgandan ko'ra, jilovini qattiq tortib, xinalab qo'yish foydaliroq.


Xullas, soat 02:41 da «mototsikl momaqaldirog'i»dan uyg'onib ketgan edim. Shundan so'ng har 10-15 daqiqada bu «momaqaldiroq» qaytalab turdi. Uxlay olmadim. Hozir soat 04:19. Ana, yana bir mototsikl yurt tinchini buzib, shovqin solib kelyapti. Qattiq gaz berildi. So'ng qattiq tormoz. Yana qattiq gaz. Yana tormozning qo'rqinchli chinqirig'i. Qo'shni uylardan esa, bolalar yig'isi eshitildi.


Eshqobil ShUKUR,
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 4534 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat