+21C

+21C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Buxoroda ayollarni jinsiy aloqaga majburlagan tungi klub rahbari qamoqqa olindi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida Buxoro shahridagi tungi klublardan birida tezkor tadbir o'tkazildi.
Hodisa
728 11:42 | 23.02.2026 11:42

Tezkor tadbir davomida muqaddam bezorilik jinoyati bilan sudlangan tungi klub rahbari “Instagram” tarmog'i orqali respublikaning turli hududlaridan ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj ayol-qizlarni tanlab olgani aniqlandi. Ularga “yuqori maosh” va “raqqosalik faoliyati” va'da qilinib, Buxoro shahriga olib kelingan. So'ngra ularning erkinligi cheklanib, ruhiy va jismoniy tazyiq orqali tungi klub mijozlari bilan jinsiy aloqa qilishga majburlangani ma'lum bo'ldi.

Jabrlanuvchilarning ishlab topgan mablag'lari klub rahbari tomonidan majburiy ravishda tortib olingan, bo'ysunmaganlarga nisbatan tan jarohati yetkazilgan.

Tadbir davomida tungi vaqtda klubda faoliyat yuritayotgan 23 nafar ayol-qiz Buxoro shahar bo'yicha ichki ishlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga olib borildi.

Hozirda tungi klub rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo'llanilgan. Klub ish yurituvchilari va ushbu noqonuniy faoliyatga aloqador boshqa shaxslarga nisbatan tegishli huquqiy choralar ko'rilmoqda.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Hodisa
Hayratlanarli
0 3949 10:00 | 04.11.2023
Hodisa
G'azo bolalari nomma-nom
0 3740 14:28 | 06.11.2023
Hodisa
21 noyabr' – qanday kun?
0 5434 11:13 | 21.11.2023
Hodisa