+18C

+18C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Chernobil fojiasi: 40 yil o‘tsa ham unutilmaydigan og‘riq va o‘chmas xotira

Chernobil halokati insoniyat tarixidagi eng yirik texnogen falokatlardan biri sifatida yodga olinadi. Oradan 40 yil o‘tgan bo‘lsa-da, uning asoratlari insonlar taqdirida hamon aks-sado berib kelmoqda.
Hodisa
4113 13:00 | 26.04.2026 13:00

Nukus shahrida ushbu sana munosabati bilan xotira tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda o‘tmishning og‘ir kunlari yodga olinib, tinchlik va osoyishtalik qadri alohida taʼkidlandi.


Samimiy suhbatlar davomida ishtirokchilar qalblaridagi og‘ir xotiralar bilan o‘rtoqlashdilar.


Marhum Kalbay Kulimovning turmush o‘rtog‘i Dina ismli ayol o‘sha kunlarni iztirob bilan eslaydi:


— Kechki payt edi. Turmush o‘rtog‘imga chaqiruv xati keldi. Ertasigayoq jo‘nab ketdi. Keyin bilsak, uni Chernobilga yuborishgan ekan. U o‘shanda atigi 23 yoshda edi. Xizmatdan eson-omon qaytdi, ammo vaqt o‘tgan sayin sog‘ligi yomonlashaverdi. Afsuski, 40 yoshga ham etmay olamdan o‘tdi…


Tadbir ishtirokchisi Nurlan Allabergenov ham o‘sha mashʼum kunlarni yodga oladi:


— 1986 yilda dastlabkilar qatorida Chernobilga jo‘nadik. Avtobus haydovchisi sifatida xizmat qildim. Hamma yoq vayrona, yo‘llar chang-to‘zonga to‘la edi. Bir kuni yigitlarni smenaga olib qaytayotganimizda, tepamizdagi vertolyot qulab tushdi. Yana bir vertolyot kranga urilib, butun ekipaj halok bo‘lgan edi…


Nukus tumanida tug‘ilgan Angsatboy Tajibaev esa ikki yil davomida halokat oqibatlarini bartaraf etish ishlarida ishtirok etgan:


— Ukraina, Kiev kabi hududlarda xizmat o‘tadik. Asosiy vazifamiz aholi harakatini nazorat qilish edi. Radiatsiya yuqori bo‘lgani sababli bir joyda uzoq qololmasdik. Har kuni navbat almashardi.


O‘zbekiston Chernobilchilar assotsiatsiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi raisi Qosim Bekbosinovning taʼkidlashicha, O‘zbekistondan 100 mingdan ortiq yigitlar jalb etilgan bo‘lib, shundan Qoraqalpog‘iston bo‘yicha 1000 nafardan ziyodi ushbu falokat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan.


Chernobil fojiasi insonga oddiygina, ammo o‘ta muhim haqiqatni eslatadi: tinchlik, salomatlik va hayot — eng oliy qadriyatdir.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Hodisa
Hayratlanarli
0 4066 10:00 | 04.11.2023
Hodisa
G'azo bolalari nomma-nom
0 3829 14:28 | 06.11.2023
Hodisa
21 noyabr' – qanday kun?
0 5533 11:13 | 21.11.2023
Hodisa