+18C

+18C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish
Hodisa
327 16:02 | 08.05.2026 16:02

Tabiat bizdan mehr istaydi


Shahar uzra tutun, to‘xtovsiz harakatlanayotgan avtomobillar, qurib borayotgan daraxtlar…



Bunday manzara tabiatning jim, ammo og‘riqli signali. Bugun biz yashayotgan yurtimiz ham shunday holatda. Savol tug‘iladi: “Er yashayaptimi yoki biz sabab bo‘g‘ilib boryaptimi?”



Ushbu achchiq haqiqat poytaxtimiz Toshkentda ham bo‘y ko‘rsatmoqda. O‘tgan yili oktyabr oyida Toshkent havosida PM2.5 mayda zarrachalari miqdori meʼyordan 2,5 baravargacha yuqori bo‘lgani qayd etildi. Bu inson salomatligini zararli darajaga olib chiqdi. Keyingi oylarda, yaʼni 20 noyabrda esa vaziyat yanada og‘irlashib, ko‘rsatkichlar meʼyordan 3,4 baravar yuqori darajaga etgani qayd etildi. Mutaxassislar bunday holatni nafas yo‘llari kasalliklari, allergiya, yurak-qon tomir muammolari va umumiy sog‘liq yomonlashuvi bilan bog‘lashdi. Ushbu ko‘rsatkich bilan Toshkent havosi dunyoda eng iflos shaharlar TOP-5 ga kirdi.



Er yuzining bu ahvolga tushib qolgani asosan inson omili bilan bog‘liqligini anglashimiz kerak. Odamlar nega o‘zlari istiqomat qilayotgan hududlarga bunchalar befarq?..



Maʼlumotlarga ko‘ra, aynan kuz oylarida kuzatilgan mazkur holatning sababi asosan tabiiy va mavsumiy omillar bilan izohlangan. O‘zgidromet tashkilotining direktori Sherzod Habibullaev o‘zining rasmiy bayonotida keskin harorat o‘zgarishlari va atmosfera inversiyasi, yog‘ingarchilik etarli darajada bo‘lmagani hamda tabiiy changlanish jarayonlari kuchayishi havo o‘zgarishiga asosiy sabab sifatida ko‘rsatilganini taʼkidlab o‘tgan.


2025 yil noyabr oyida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoeva poytaxtimiz Toshkentdagi ekologik vaziyat bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazib, nazoratni kuchaytirish va sanoat korxonalariga filtrlar o‘rnatishni yo‘lga qo‘ydi. U o‘z nutqida “Ekologiya masalasidan xalq juda ham norozi, vaziyatni o‘zgartirish davlatning xalq oldidagi masʼuliyati”, degan edi. Shuningdek, korxonalar davlatniki yoki xususiy bo‘lishidan qatʼi nazar, ekologik meʼyorlarga amal qilishi shart ekanini taʼkidlab, “Ekologiya bu – madaniyat” tamoyilini ilgari surgandi.


Suv tanqisligi reytingi bo‘yicha 2025-2026 yillar statistikasiga qaraganda O‘zbekiston yuqori xavfli hududlar qatorida qolmoqda. Eng so‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, joriy yilning aprel oyida davlatimiz bu ro‘yxatda 13-o‘ringa ko‘tarilgan. Mamlakatda “suv stressi” ko‘rsatkichi 123 foizga etgan bo‘lib, bu keragidan ko‘proq suv sarflanayotganini anglatadi.


Ayni holatlar juda katta salbiy o‘zgarishlarga olib kelmoqda. Ko‘plab insonlar huddi shu ekologik tizimdagi muammolardan aziyat chekmoqda. Aslida esa hammasi o‘z qo‘limizda va eʼtiborimizda. Chunki u tabiat bizdan katta narsa so‘ramaydi – faqat uni asrashimizni istaydi. Bugungi har bir kichik harakat ertangi musaffo havo garovidir.
Noxush holatlarning oldini olish uchun hammamiz birgalikda harakat qilishimiz turli choralar ko‘rishimiz kerak. Bunda davlat siyosati hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Nazoratni kuchaytirish, ekologik qonunlarni takomillashtirish va “yashil” loyihalarni qo‘llab-quvvatlash energiyani tejash, chiqindilarni qayta ishlashni yanada kengaytirishni muhim echimlardan hisoblanadi.


Shahrizoda ZOHIROVA,


O‘zDJTU talabasi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Hodisa
Hayratlanarli
0 4066 10:00 | 04.11.2023
Hodisa
G'azo bolalari nomma-nom
0 3829 14:28 | 06.11.2023
Hodisa
21 noyabr' – qanday kun?
0 5533 11:13 | 21.11.2023
Hodisa