+22C

+22C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Etti iqlim haqida nimalar ma'lum

Ko'xna tarixda ochun kechmishi xususida turli qarashlar mavjud. Bizgacha yetib kelgan yetti iqlim tushunchasi o'zi qanday mazmun kasb etadi. Yetti iqlim - qadimgi O'rta Osiyo, Eron va Yunonistonda tabiat, aholi va qazilma boyliklariga qarab yer yuzini qismlarga bo'lish usulidan kelib chiqqan tarixiy tushunchadir.
Hodisa
2643 10:14 | 23.02.2025 10:14

Buyuk mutafakkir Al Beruniy bobomiz asarlarida yerni Yunonlar uch qismga, Eronliklar yetti qismga, Hindlar esa to'qqiz qismga bo'lganliklari qayd qilingan.


Beruniyning “Geodeziya” asarida yetti iqlimning yettita doiradan iborat mukammal sxemasi bayon etilgan. Kurrai zaminning aholi yashaydigan qismi, ya'ni Sharqiy yarim sharning shimoliy pallasi (G'arbiy yarim shar o'sha paytda noma'lum bo'lgan) yetti iqlimga (zonaga) bo'lingan. Birinchi iqlim ekvator atroflarini o'z ichiga olgan, ikkinchi, uchinchi va boshqa iqlimlar ekvatordan shimolga tomon surila borgan.


Iqlimlar orasidagi eng uzun kunlar yarim soatga farq qilgan. O'rta Osiyo to'rtinchi va beshinchi iqlimlarga to'g'ri kelgan. Yetti iqlim tushunchasi O'rta Osiyo fanida XIX asr oxirlarigacha ishlatilgan.


Mana biz eshitgan ,,Ta'rifi yetti iklimga ketgan", “Axtarib yetti iqlimdan ham topolmayman" ... kabi gaplar nima uchun aytilgan. Qisqasi, qadimda yetti iqlim deyilganda butun dunyo tushunilgan.


Internet materiallari asosida
Ne'matulla Mataev tayyorlagan.



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Hodisa
Hayratlanarli
0 4163 10:00 | 04.11.2023
Hodisa
G'azo bolalari nomma-nom
0 3913 14:28 | 06.11.2023
Hodisa
21 noyabr' – qanday kun?
0 5609 11:13 | 21.11.2023
Hodisa