Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 910.15-14.77

  • EUR

    14 660.7740.1

  • RUB

    159.78-0.16

+30C

+30C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+30c

  • Hozir

    +30 C

  • 17:00

    +32 C

  • 18:00

    +30 C

  • 19:00

    +28 C

  • 20:00

    +26 C

  • 21:00

    +24 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +21 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Payshanba, 08-May

+30C

  • Hozir

    +30 C

  • 17:00

    +32 C

  • 18:00

    +30 C

  • 19:00

    +28 C

  • 20:00

    +26 C

  • 21:00

    +24 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +21 C

  • Payshanba, 08

    +30 +20

  • Juma, 09

    +29 +20

  • Shanba, 10

    +30 +20

  • Yakshanba, 11

    +32 +20

  • Dushanba, 12

    +31 +20

  • Seshanba, 13

    +34 +20

  • Chorshanba, 14

    +36 +20

  • Payshanba, 15

    +38 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax
Jamiyat
179 09:25 | 07.05.2025 09:25

O'zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi va Rossiyaning “Divi” kinokompaniyasi hamkorligida tasvirga olingan "O'zbekiston. G'alabaga yo'l" nomli tarixiy-badiiy hujjatli fil'm prem'erasi bo'lib o'tadi.


Barchamiz uchun faxr, iftixor tuyg'usini ifodalovchi, dahshatli tarixda O'zbekistonning haqiqiy jasoratini yana bir bor namoyish etadigan mazkur fil'm prem'erasi tez kunda – 2025 yil 8 may sanasida “Rossiya Kul'tura” 18.15 da, shuningdek, 9 may kuni “Sevimli” telekanalida o'zbek tilida soat 16.20 da tomosha qilish mumkin.


Fil'm birdamlik, mehr-oqibat va millatlararo birodarlik mavzusini ochib bergan holda badiiy tushuncha va tarixiy aniqlik orqali o'tmishni yodga olishga qaratilgan. Mazkur tarixiy hujjatli fil'mning asosiy sahnalarini suratga olish ishlari poytaxtimizdagi Xotira va qadrlash maydoni, shuningdek urush yillarida chinakam insonparvarlikni ulug'lovchi oila sifatida katta jasorat ko'rsatib, turli millatga mansub bo'lgan 15 nafar bolalarni asrab olgan temirchi Shoahmad Shomahmudovlar oilasi xotirasiga qo'yilgan yodgorlik majmuasi hamda G'alaba bog'i hududida olib borildi.


Tarixning guvohlik berishicha, ushbu urush o'z dahshatlari bilan yer yuzi aholisining 80 foizini qamrab olgan va bu ko'rsatkich ungacha bo'lgan barcha urushlar jamlanmasidan-da oshib tushishini ko'rsatadi. Unda o'sha davrda mustaqil bo'lgan 73 davlatdan 1,7 milliard aholisi bo'lgan 61 ta davlat ishtirok etgan. Harbiy harakatlar 40 ta davlat, uch qit'a va to'rtta okean hududida olib borilgan.


Ma'lumki, 1941 yilda respublikamiz aholisi 6 million 800 mingdan ziyod kishini tashkil etardi. Urush boshlanishi bilan qariyb 2 million yurtdoshimiz frontga otlandi. Har biri tom ma'noda qahramon bo'lgan bu aziz insonlarning 500 mingdan ziyodi shafqatsiz janglarda halok bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ta'kidlaganidek, “Biz bu raqamlarni har yili qayta-qayta eslaymiz. Bu shunchaki raqamlar emas. Ularning zamirida kamtarona onalarimiz, buvilarimiz, mard va jasur otalarimiz, bobo va bobolarimiz, butun xalqimiz qalbidagi cheksiz qayg'u mujassam. Bu dard va iztirobni na son, na so'z bilan ifodalab bo'lmaydi”.


Ikkinchi Jahon urushi yillarida O'zbekiston aholisi taxminan 6.5 mln. kishini tashkil qilardi. Janglar kechayotgan hududlardan mamlakatimizga 1.5 million nafardan ortiq kishi ko'chirib kelingan va o'zlari ham urushni boshidan kechirayotganlariga qaramay, O'zbekiston hududiga kelgan urush jabrdiydalarining hammasiga bag'rikeng yurtdoshlarimiz bor mehrlarini berishgan.


Urush yillarida chinakam insonparvarlikni ulug'lovchi o'zbek oilasi sifatida katta jasorat ko'rsatib, turli millatga mansub bo'lgan 15 nafar bolalarni asrab olgan temirchi Shoahmad Shomahmudovlar oilasini har qancha yodga olsak kam. Mana, 80 yildirki, Shoahmad Shomahmudovlar oilasi ko'rsatgan insonparvarlik nafaqat O'zbekiston xalqi uchun, balki janglar kechgan hududlardan mamlakatimizga ko'chirib kelib, mehr ko'rsatilgan 1.5 million nafardan ortiq kishining asl vatani bo'lgan dunyoning eng ilg'or davlatlari tomonidan ham e'tirof etib kelinmoqda.


Rossiyaning “Divi” kinokompaniyasi tomonidan O'zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi bilan hamkorlikda tasvirga olingan va “O'zbekiston. G'alabaga yo'l” xalqaro tarixiy-hujjatli, badiiy serial ham ana shu e'tirofning bir namunasi deyish mumkin. Mazkur hujjatli fil'm O'zbekistonning urush yillarida minglab evakuatsiya qilinganlar taqdiriga qo'shgan hissasiga bag'ishlangan. Hujjatli fil'mda Rossiya, Yevropa va O'zbekistonning yetakchi aktyorlari, tarixchilar va ijodiy jamoalar ishtirok etmoqda. Jumladan, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Rustam Sagdullaevni ham ko'rish mumkin. Hujjatli-badiiy serial har biri besh daqiqadan iborat 5 qismdan iborat bo'lib, O'zbekistonga evakuatsiya qilishning asosiy gumanitar va madaniy jihatlarini yoritadi.


Xususan:


• Ikkinchi jahon urushi yillarda evakuatsiya qilinganlarning Toshkentga kelishi;


• turli respublikalardan yetim bolalarni o'z farzandidek qabul qilgan o'zbek oilalari;


• O'zbek askarlari va frontchilarning jasorati;


• Ikkinchi jahon urushi yillaridagi o'zaro yordam an'analarining davomi sifatida 1966 yilgi zilziladan keyin Toshkent shahrini qayta qurishdagi hamjihatlik kabi jihatlar qamrab olingan.


Eng og'ir damlarda O'zbekistonning bag'rikengligini ifoda etadigan mazkur fil'm har birimiz uchun qanday yurt farzandi ekanligimizni anglash va his qilish uchun yana bir imkoniyat.



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 3957 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat