Valyuta UZS
  • USD

    12 654.1367.72

  • EUR

    14 817.9959.17

  • RUB

    161.180.76

+36C Toshkent Shahri

+36C Toshkent Shahri

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+36c

  • Hozir

    +36 C

  • 16:00

    +36 C

  • 17:00

    +35 C

  • 18:00

    +34 C

  • 19:00

    +32 C

  • 20:00

    +29 C

  • 21:00

    +27 C

  • 22:00

    +26 C

  • 23:00

    +26 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Dushanba, 30-June

+36C

  • Hozir

    +36 C

  • 16:00

    +36 C

  • 17:00

    +35 C

  • 18:00

    +34 C

  • 19:00

    +32 C

  • 20:00

    +29 C

  • 21:00

    +27 C

  • 22:00

    +26 C

  • 23:00

    +26 C

  • Dushanba, 30

    +36 +20

  • Seshanba, 01

    +36 +20

  • Chorshanba, 02

    +37 +20

  • Payshanba, 03

    +40 +20

  • Juma, 04

    +44 +20

  • Shanba, 05

    +43 +20

  • Yakshanba, 06

    +42 +20

  • Dushanba, 07

    +43 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Globallashuv va axloq

Biz qay yo'ldan ketganimiz ma'qul?
Jamiyat
603 11:10 | 06.05.2025 11:10

Axloq va axloqsizlik, shaxs axloqi va ijtimoiy axloq...


Bular qanday me'yorlarni nazarda tutadi va ularning insoniyat taraqqiyo­tida tutgan o'rni qanday? Umuman, inson va insoniyat yoki jamiyat axloqiy tamoyillari o'rtasida tafovut borgan sari kengayib bormayaptimi?


Nazarimda, globallashuv bugun insoniyat oldiga ana shunday savollarni qo'ymoqda...


Umuman olganda, bugun «olomon didi – hukmron didga aylanayotgan» bir paytda inson tuyg'usi va tanlovini, insoniylik va tubanlik, axloqsizlik va axloq o'rtasidagi tasavvur sarhadini tarbiyalash, jamiyatdagi ijtimoiy-axloqiy muhitning demokratik asoslangan milliy taraqqiyotni amalga oshirishdagi o'rnini belgilash dolzarb vazifaga aylanayotir.


Ma'lumki, globallashuv tufayli ­«ommaviy madaniyat»ning kirib kelishi, madaniy plyuralizm ham mavjud ijtimoiy-ma'naviy muhitga keskin ta'sir ko'rsatmoqda. Bugun uning ulkan changalidan qutulib qolish, kimnidir yoki qaysidir voqelikni ajratib olishning imkoni yo'qdek. Turli mamlakatlar, davlatlar o'rtasida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma'rifiy yoki siyosiy aloqa va munosabatlarning amalga oshishi madaniyatlar transformatsiyasiga ham sabab bo'ladi.


Biz har qanday yangi ma'naviy-axloqiy qadriyatlarga ham salbiy qaray olmaymiz. Azaldan madaniyatlar mana shunday integratsiyalashuv asosida takomillashib borgan.


Biz demokratik tamoyillarga asoslangan va erkinlik «me'yorlaridan chiqib ketgan» G'arbdan «ommaviy madaniyat» kirib kelmoqda, degan tushunchalarni tez-tez uchratib turamiz. Ammo sog'lom va barqaror ijtimoiy-ma'naviy muhitni barpo qilishda va jamiyat a'zolarini yurtga fidoyi etib tarbiyalashda juda ko'plab demokratik qaror topgan va rivojlangan mamlakatlar o'z ta'lim tizimlari kuchini yo'naltiradilar. Masalan, Amerika davlatida ham vatanparvarlik g'oyalari ta'lim tizimiga singdiriladi. Aytaylik, mashg'ulotlardan oldin davlat madhiyasini ijro etishda qaysidir o'quvchi o'rnidan turmasa yoki qo'lini yuragi ustiga qo'ymasa, u o'sha kuniyoq o'qishdan chetlatiladi. Eng muhimi, bu holatda uning otasi yoki onasi ayyuhannos solib kelmaydi. Shuningdek, har bir Amerika maktabi sinflarida milliy bayroq osilgan, ko'p hollarda unga sodiqlik qasami qabul qilinadi.


Xitoyda esa vatanparvarlik nafaqat yurti, balki shahri, provintsiyasi, oilasi, hatto o'z uyi, shuningdek, xitoy tilini sevish va faxrlanish asosiga qurilgan. Vatanparvarlik tarbiyasi Xitoy pedagogikasining asosiy vazifasi hisoblanadi va bu ijtimoiy-ma'naviy muhit sog'lomligining garovi sanaladi. Ular yurt tarixi, milliy bayramlar, milliy qadriyatlarni o'qitish, musiqa darsida Vatan haqidagi qo'shiqlarni o'rgatishni vazifa qilib olishgan.


Aslida, dunyo qarama-qarshiliklardan iborat. Hech bir zamon va makonda muhit va uning asosini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlar ma'naviy-axloqiy me'yorlar doirasida shakllanishi va amal qilishi mumkin emas. Axloq bor joyda axloqsizlik, ma'naviy yuksaklik bor joyda tubanlik ham bo'lishi tayin. Bu xuddi nur bor joyda soya bo'lishi, nur bo'lmasa, soya ham bo'lmasligiga o'xshaydi.


Agar, axloq misolida oladigan bo'lsak, tashqi yoki ichki ta'sir, omillarga ko'ra, qaerdadir axloqsizlikning qo'li baland kelsa, qaerdadir g'alaba qozonadi. Masalan, bugungi kunga kelib, 29 ta davlatda bir jinslilar nikohiga qonunan ruxsat berildi. Bu birinchi bo'lib, 2001 yili Niderlandiyada, 2003 yilda Bel'giya, 2005 yilda Ispaniyada kuchga kirdi. Bu davlatlarning umumiy aholisi soni bir milliarddan oshishini hisobga olsak, bunday erkinlik niqobi ostidagi axloq me'yorlari buzilishi qanchalik kengayib borayotgani, globallashuv «sharofati» bilan uning boshqa davlatlarga ham ta'siri kuchayayotgani ijtimoiy-ma'naviy muhitga qay darajada xavf solayotganini tasavvur qilsak bo'ladi. Eng yomoni, jamiyat axloqdan chekinar va axloqsizlikning axloqsizlik mohiyatini rad etar ekan, bunday muhitda qarashlar, so'zlarning qadri tushadi, hatto nafratga duchor bo'ladi. Bir so'z bilan aytganda, axloq emas, axloqsizlik ­qadriyatlashadi.


Unutmaslik lozimki, bugungi globallashuvga xos bo'lgan integratsiya va transformatsiya jarayonlari har qanday qadriyatlarga o'z ta'sirini o'tkazmay qolmaydi. Сhunki qadriyat – qadriyatli yondashuv asosida yuzaga keladi. Qadriyatli yondashuv esa dunyoqarashdan oziqlanadi. Dunyoqarashga albatta globallashuv o'z ta'sirini ko'rsatadi. Bu ta'sir natijasida odamlarning ma'naviy-axloqiy qoidalari me'yori o'z chegarasini yo'qotadi. Сhunki odamning o'zi dunyoga yuzlanar va milliy qobiqni buzib chiqar ekan, uning qadriyatlar bazasida ham mana shu yuzlanish aks etadi. Xuddi shu narsani ma'naviyatga ham tatbiq etsa bo'ladi.


Biroq, axloqsizlik o'zini namoyon qilar ekan, u ma'lum darajada axloqning ham ­qadrini, ahamiyatini oshiradi. Axloq axloqsizlikka qarshi keskin munosabatlarga kirishar ekan, o'z mohiyatini chuqurroq ifoda eta boshlaydi. Bu munosabatlarning hammasi ijtimoiy-axloqiy muhitning qiyofasida aks etadi, uni shakllantiradi.


Axloqning diniy omillar bilan munosabatlarini ham unutmaslik lozim. Har qanday jamiyatda diniy e'tiqodda chuqur ketgan dindorni ko'rish mumkin. Bu gohida insonni milliy omillardan uzib qo'yishi mumkin. Ta'kidlamoqchimizki, bugungi kun farzandlarining axloqiy barkamolligini shakllantirishda milliy va diniy omillar uyg'unligini e'tiborga olmoq muhim masala hisob­lanadi. Zero, axloqiy tamoyillar insonda bolalikdan shakllanadi.


Masalan, yapon ta'lim tizimida birinchidan to oltinchi sinfga qadar «axloq tomon yo'l» dasturi asosida dars o'tiladi. Jarayonlarda yapon bolalari ijtimoiy-ma'naviy muhit yaratuvchilari sifatida faqat axloq, etiket qoidalari, odamlar bilan muomalani o'rganishadi. Janubiy Koreyada ham shunday, darslarda badiiy tarbiyaga ham ustuvorlik beriladi, musiqa, tasviriy san'at darslariga keng o'rin ajratiladi. Bu – qalb tarbiyasi degani. Ularda jamiyatda ustoz degan nom ulug'lanishi alohida e'tiborga molik. Bu xalqda tartib-intizom qadriyat darajasiga ko'tarilgan. Ko'cha-ko'yni toza saqlash, jamoat joyida o'zini tutish, navbatda turish, muomala madaniyati kabi turli qoidalarning yuksakligi shundan ekani shubhasiz.


Demak, jamiyatdagi muhit barqarorligini ta'minlashda ta'lim omilini olsak, birinchidan, ta'lim-tarbiyada uyg'unlik yaratish lozim, bunda milliy qadriyatlarimizdan tarbiyaning milliy asosi sifatida foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.


Ikkinchidan tarbiyaga oid fanlar o'qitilishining o'rta va oliy ta'limdagi uzviyligini yo'lga qo'yish kerak.


Uchinchidan, jamiyatda ustoz-muallimlarga nisbatan yuksak ehtiromni shakllantirish choralarini ko'rish kerak. Bu choralar ichiga o'qituvchi malakasini oshirish ham, ularga moddiy sharoit yaratish, rag'batlantirish ham, ularning huquq va sha'nlarini himoya qilish masalalari ham kirib ketadi.


To'rtinchidan, ma'naviyat va ma'rifat markazlari va ularning bo'limlari faoliyatini ta'lim tizimi bilan uyg'unlashtirish lozim. Ya'ni ta'lim muassasalarida tarbiyaviy ishlar bo'yicha rahbar o'rinbosarlari (ularni yoshlar ishlari bo'yicha, deb atash shart emas, chunki ularning yoshlar bilan ishlashi o'z-o'zidan ayon) faoliyati markazlarning hududiy bo'limlari bilan birga muvofiqlashtirilishi lozim.


Nima bo'lganda ham, milliy ildizlardan uzilmaslik va ijtimoiy axloqda shaxs axloqi o'rnini nazardan qochirmaslik jamiya­timiz taraqqiyotining muhim omillaridan biri ekanini unutmasligimiz lozim.


Shahlo AHROROVA,
Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti yetakchi ilmiy xodimi,
falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 4409 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat