Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 910.15-14.77

  • EUR

    14 660.7740.1

  • RUB

    159.78-0.16

+30C

+30C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+30c

  • Hozir

    +30 C

  • 17:00

    +32 C

  • 18:00

    +30 C

  • 19:00

    +28 C

  • 20:00

    +26 C

  • 21:00

    +24 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +21 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Payshanba, 08-May

+30C

  • Hozir

    +30 C

  • 17:00

    +32 C

  • 18:00

    +30 C

  • 19:00

    +28 C

  • 20:00

    +26 C

  • 21:00

    +24 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +21 C

  • Payshanba, 08

    +30 +20

  • Juma, 09

    +29 +20

  • Shanba, 10

    +30 +20

  • Yakshanba, 11

    +32 +20

  • Dushanba, 12

    +31 +20

  • Seshanba, 13

    +34 +20

  • Chorshanba, 14

    +36 +20

  • Payshanba, 15

    +38 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

“Men sizga e'lonlar taxtasi emasman” Daraxtlarga yopishtirilgan reklamalarning ekologik zarari

Jamiyat
344 12:37 | 06.05.2025 12:37

So'nggi yillarda shahar ko'chalarida, ayniqsa, daraxt tanalariga yopishtirilgan reklama va e'lonlar tobora ko'payib bormoqda. “3 oyda til sertifikati olishni xohlaysizmi? Unda bizning o'quv markazimizga keling!”, “Ishga joylashtiramiz!”, “Uy sotiladi!” kabi va'da bilan to'la bu reklamalarning ortida esa bir og'riqli haqiqat bor — tabiatga yetkazilayotgan zarar.



Bir gektar daraxtzor esa bir kunda 220-280 kg. karbonat angidrid yutadi va 180-220 kg. kislorod chiqaradi. Daraxtzorlar havodagi chang miqdorini va shovqinni kamaytiradi. O'simlik dunyosi tabiatning issiqlik va radiatsion muvozanatini boshqaradi, havoning namligini ta'minlaydi.


Bugun biz global ekologik muammolar, havoning ifloslanishi, iqlim o'zgarishi, yashil hududlarning qisqarishi haqida bong urayotgan bir paytda, o'z qo'limiz bilan daraxtlarga shikast yetkazayotganimiz achinarli.


Toshkent shahrining o'zida minglab daraxtlar tanasiga qog'ozlar yopishtirilgan, skotch va mixlar bilan to'la. Bu nafaqat daraxtning tashqi qiyofasiga zarar yetkazadi, balki uning ichki qatlamlariga ham ta'sir qiladi, daraxtning nafas olishini cheklaydi, ba'zida esa butunlay qurishiga olib keladi.


Daraxtlar — bu shahar havosining tabiiy filtrlari. Ular kislorod ishlab chiqaradi, changni ushlab qoladi va mikroiqlimni me'yorlashtiradi. Shunday bo'lsa-da, biz ularni e'lonlar taxtasiga aylantirib yuboryapmiz. O'zimiz bilmagan holda, yashil boylikka qarshi jinoyat sodir etayapmiz.



Toshkentda va boshqa shaharlarda reklama tarqatishning qonuniy yo'llari bor: maxsus stendlar, virtual platformalar, ijtimoiy tarmoqlar. Bu nafaqat samarali, balki tabiatga ham hurmat bilan qarash demakdir.



Agar biz haqiqatdan ham ekologik ongli jamiyat qurmoqchi bo'lsak, buni oddiy harakatlardan boshlashimiz kerak: daraxtga reklama yopishtirmaslik ham shular jumlasidan. Shaharni obod qilish — faqat yangi binolar qurish emas, balki yashil hududlarni asrashdan ham boshlanadi. Mana shunday muammolarning oldini olish uchun biz nima qilishmiz kerak? Ushbu mavzuda fikr-mulohazalarini bilish maqsadida eko-faol – Feruzbek Sayfullaevga yuzlandik:


  • Daraxtlarga reklama, e'lon yoki boshqa materiallarni bevosita yopishtirish daraxtlarning o'sishiga qanday zarar yetkazadi?

– Mix yoki silliq jismlar daraxt po'stlog'ini teshib o'tadi va ichki qatlamlarga zarar yetkazadi. Bu esa daraxtning "flooema" (oziqa moddalarni tashuvchi qatlam) va kambiy qismlarining faoliyatiga xalaqit beradi. Shikastlangan joylar orqali zamburug'lar, bakteriyalar va viruslar oson kirib boradi, bu esa chirish, quruqlik yoki kasalliklarni keltirib chiqaradi.


Daraxt po'stlog'i nafaqat himoya qatlami, balki gaz almashinuvida ham ishtirok etadi. Uni yopib qo'yish (afishalar, plakatlar bilan) bu jarayonga xalaqit qiladi, natijada daraxt kislorod almashinuvini kamaytiradi. Daraxtlar — bu shahar landshafti va ekotizimning ajralmas qismi. Ularga yopishtirilgan reklamalar tabiiy go'zallikni buzadi, daraxt qoplamasini ifloslantiradi va ko'pincha uy hayvonlari va qushlar uchun zararli bo'lishi mumkin.



– Sizningcha, daraxtlarga reklama va yoritgich vositalari o'rnatilishining oldini olish uchun qanday samarali choralar ko'rish mumkin?


– O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 fevraldagi «Tashqi reklama bozorini tartibga solish to'g'risida»gi qaroriga asosan, reklama ob'ektlarini (konstruktsiyalarni) daraxtlarga o'rnatishga yo'l qo'yilmasligi belgilangan. Shuningdek, amaldagi «Reklama to'g'risida»gi qonunga muvofiq, tashqi reklamani moddiy-madaniy meros ob'ektlarida dov-daraxtlarni payhon qilish va tutash hududdagi obodonlashtirish vositalarini buzish yo'li bilan joylashtirish ham taqiqlanishi aytilgan.


Tabiatni muhofaza qilishga bag'ishlangan ijtimoiy roliklar, plakatlar va radio/TV chiqishlar orqali daraxtlarga reklama yopishtirishning zararli oqibatlarini keng jamoatchilikka yetkazish kerak. Yosh avlodga barvaqt ekologik tarbiya berish orqali bunday xatti-harakatlarning noto'g'riligini anglatish lozim.


Daraxtlar – bu ona tabiatning ajralmas qismi, havoni tozalovchi tabiiy filtr, shahar mikroiqlimini tartibga soluvchi muhim resursdir. Ularni e'lonlar taxtasiga aylantirish — nafaqat ekologik muvozanatga, balki jamiyatning atrof-muhitga bo'lgan mas'uliyatiga ham putur yetkazadi.



Davron ERGAShEV


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 3957 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat