Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 910.15-14.77

  • EUR

    14 660.7740.1

  • RUB

    159.78-0.16

+31C

+31C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+31c

  • Hozir

    +31 C

  • 16:00

    +30 C

  • 17:00

    +29 C

  • 18:00

    +28 C

  • 19:00

    +27 C

  • 20:00

    +25 C

  • 21:00

    +23 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +22 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Payshanba, 08-May

+31C

  • Hozir

    +31 C

  • 16:00

    +30 C

  • 17:00

    +29 C

  • 18:00

    +28 C

  • 19:00

    +27 C

  • 20:00

    +25 C

  • 21:00

    +23 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +22 C

  • Payshanba, 08

    +31 +20

  • Juma, 09

    +29 +20

  • Shanba, 10

    +31 +20

  • Yakshanba, 11

    +32 +20

  • Dushanba, 12

    +33 +20

  • Seshanba, 13

    +35 +20

  • Chorshanba, 14

    +37 +20

  • Payshanba, 15

    +39 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Oddiylikdagi buyuklik: she'rga mahliyo qalb

Ijtimoiy tarmoqlarda o'zbek shoirining og'ir sharoitda qolgani haqida ko'p gapirildi. Jamiyatning ma'naviy xazinasi bo'lgan bunday insonning og'ir sharoitda qolgani, ko'ngilni g'ash qiladi. Ammo bunday vaziyatlar bir yoki ikkita emas.
Jamiyat
258 11:28 | 06.05.2025 11:28

Dunyoning har chekkasida umrini ilmga bag'ishlagan, she'r va kitob yozishni hayotining eng muhim qismi sifatida qaraydigan, boshqalarga ma'naviy ko'mak bersa-da, o'zi moddiy ko'makka muhtoj, ammo dunyo tashvishlariga aralashmay, kamtarona hayotida yashab kelayotgan, hayotidan mamnun shoir va yozuvchilar ko'plab topiladi. Aslida, ularga ko'p narsa ham kerak emas. Bir kulba, qog'oz va qalam bo'lsa, bas.


Shunday insonlardan biri bolalar shoiri Mo'min Avaz. Salkam 80 yoshni qoralayotgan qahramonimiz Sirdaryoning bir chekkasida yolg'iz yashaydi. Yo'q, yolg'iz emas, she'rlari, kitoblari bilan birga… Shoirning tunlari bedor kechadi deyishadi. She'r yozishni tun yarmidan boshlab bamdodga qadar ulaydigan Mo'min aka chindan ham tunni bedor, ijod bilan o'tkazadi.


Hozirgacha 15 dan ortiq she'riy to'plamlari chop etilgan. Ijtimoiylik, bolalik, abstrakt mavzularni ko'proq yozadi. “Hurriyat” gazetasida chiqqan Mo'min aka haqidagi maqolani o'qiganimizdan so'ng, u kishining uyini topib bordik. Mahallaga kirishimiz bilan qo'ni-qo'shnilardan “Shoir Mo'min Avazning uyi shu yerdami?” — deb so'rasak, hech kim tanimadi. Sababi esa oddiy. Insonlarning hammasi ham shoirga, she'rga e'tibor qilmay qo'yganiga ancha bo'lgan. Mahalladoshlari ham u insonni shunchaki Mo'min aka deb biladi. Shu hayollar bilan yurganimizda biz izlab kelgan shoirning o'zini ko'rib qoldik. Hovlisida buzoqlarini o'tlatayotgan ekan. Bizni ko'rishi bilan, bolalardek yuziga tabassum yugurib, ishlarini tezlatti. Oq sochli, Marg'ilon do'ppini boshidan tushurmaydigan, har doim kostyumini egniga ilib olgan, qo'llari faqatgina qalamdan qavargan shoirimizning uyiga kirdik.


Uning uyi go'yoki muzey. Eski kitoblar, she'r qoralamalari esa noyob eksponat. Loyshuvoq usulidagi bir xonali uy ichiga kirdik. Tashqari tarafdan xaroba ahvolda ko'rinadigan uy ichida katta xazina — kutubxona bor edi. Eski uy jihozlarining har burchagida, yostiq ostida, deraza oldida she'r qoralamalari, turli adabiyotlar yotadi.



— She'rni hamma ham tushunavermaydi. Uni anglash uchun avvalo Navoiyni, buyuk insonlarning asarlarini o'qishi kerak. Yaxshi yoziqlar, orqamizdan qoladi, kun kelib kimdir uni o'qiydi, — deydi suhbatdoshimiz. Bundan 30 yillar ilgari Asqad Muxtor yoniga she'rlarini gazetaga chiqarishi uchun borgan shoir hamon turli tahririyatlarga yozganlarini qo'ltiqlab boraveradi. Shoirning o'z she'rlaridan muhimroq bo'lgan narsa yo'q, u she'r uchun yashaydi. Gazeta-jurnallar sahifasida o'z she'rini ko'rsa bolalardek quvonadi, har bir yoziqlarini asraydi. Pensiyasini yig'ib kam sonli bo'lsa ham kitob chiqarish umidida bo'ladi. Nazarimda, shoir kimdir uning she'rlarini tinglashini, yod olishi, inson qalbi she'r bilan orom olishini istab yashasa kerak. Ketar chog'imizda ham, hali bizga o'qib berolmagan she'rlari borligini ta'kidlab, darvozadan mayus kuzatdi…



Ayrim qo'shiqlarning ko'rilish soni ijtimoiy tarmoqlarda 500 millionga yaqinlashgan. Insonga umuman ma'naviy ozuqa bermaydigan satrlar shu qadar ommalashsayu, haqiqiy ijod namunalari chang bosib yotsa… Bir dona kitob o'qimaydiganlar yuqori martabada o'tirsayu, ilmli insonlar esa panada yashasa…


Shoirning uyidan chiqar ekanmiz, shu kabi o'ylar o'tardi xayolimizdan.


Diyora Ravshanova
“ISHONCH”


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 3957 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat