FVVdan tezkor ogohlantirish
Kuchli yog'ingarchilik sabab O'zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Gidrometeorologiya xizmati agentligi ma'lumotiga ko'ra, joriy yilning 4-7 aprel' kunlari kutilayotgan yomg'irlar yog'ishi sababli respublikaning tog' oldi va tog'li hududlarida, jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog', Dehqonobod, Сhiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G'uzor tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho'rchi, Qumqo'rg'on, Muzrobod tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung'ur, Nurobod, Qo'shrabot, Kattaqo'rg'on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G'allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo'stonliq, Parkent, Piskent, O'rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Сhortoq, Сhust, Namangan, Yangiqo'rg'on tumanlarida;
Farg'ona viloyati: So'x, Shohimardon, Farg'ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo'rg'ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo'jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
«Respublikaning tog' oldi va tog'li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog'li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko'rishlarini so'raymiz», deyiladi xabarda.
Qo'shimcha qilinishicha, O'zbekiston hududi bo'yicha yomg'ir suvlari to'planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0