Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 910.15-14.77

  • EUR

    14 660.7740.1

  • RUB

    159.78-0.16

+22C

+22C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+22c

  • Hozir

    +22 C

  • 22:00

    +20 C

  • 23:00

    +19 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 09-May

+22C

  • Hozir

    +22 C

  • 22:00

    +20 C

  • 23:00

    +19 C

  • Juma, 09

    +22 +20

  • Shanba, 10

    +24 +20

  • Yakshanba, 11

    +24 +20

  • Dushanba, 12

    +23 +20

  • Seshanba, 13

    +25 +20

  • Chorshanba, 14

    +27 +20

  • Payshanba, 15

    +27 +20

  • Juma, 16

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Gippokrat qasamyodi: o'tmish va bugun

Shifokorlik eng tabarruk kasblardan biridir. Ehtimol, shuning uchun shifokorlar libosi butun dunyoda poklik va tozalikni o'zida aks ettiruvchi oq rangda namoyon bo'ladi. Bu kiyim shunchaki gigiena qoidalarining bir bo'lagi bo'lib qolmay, tibbiyot vakillarining vijdon ramzi sanaladi.  
Ҳодиса
884 21:12 | 02.04.2025 21:12

Milloddan avvalgi asrda yashagan buyuk donishmand Gippokrat tibbiyot vakillariga bu kasbning mas'uliyati qanchalik muqaddas ekanligini o'z asarlarida aytib o'tgan. Ko'plab sog'liqni saqlash muassasalari devorida ramkaga joylashtirilgan hujjat — Gippokrat qasamyodiga ham duch kelamiz. Agar tibbiyot vakillari tomonidan bemorlarga nohaqlik qilinsa, jamiyat tomonidan bu qasamyod tez-tez yodga olinadi.


Bu o'zi qanday qasamyod va Gippokrat kim? Bizning davrimizdagi ilmiy tibbiyotga qadar butunlay sehrgar va tabiblarga bog'liq bo'lgan davolash turi mavjud bo'lgan. Keyinchalik qadimgi Misr va Hindistonda ancha oqilona tibbiyot rivojlangan. Qadimgi misrliklar yaxshi tashxis qo'yuvchilar bo'lgan. Ularning tibbiyot maktablari bo'lib, jarrohlik amaliyotlari o'tkazilgan. Ammo kasalliklarni davolash ibodat, afsun va qurbonliklar kabi elementlar bilan Misr dini qo'lida bo'lgan. Ilmiy tibbiyot esa Yunonistonda paydo bo'ldi. U faoliyati ruhoniy bo'lmagan bir guruh odamlar shifokor bo'lganida ildiz oladi. Ilmiy tibbiyotning ilk vakillaridan eng mashhuri, miloddan avvalgi 400-yillarda yashagan Gippokratdir. Ma'lumki, Gippokrat tarixda “tibbiyot otasi” sifatida tanilgan va tan olingan.


U barcha xurofot, sehr va afsunlarni chetga surib qo'yib, tibbiyotga ilmiy yondashgan. Gippokrat va uning shogirdlari o'zlari duch kelgan holatlarni puxtalik bilan qayd etgan. Ularning ba'zi kuzatuvlari bugungi kunda ham to'g'ri, deb hisoblanadi. Masalan, uning quyidagi iqtiboslari bugun ham tibbiyot asosi hisoblanadi: Gippokrat aytadiki, “Hech bir sababsiz charchash kasallikni anglatadi. Alahsirayotgan bemorni uyqu yengishi — yaxshi alomat. Agar besabab tananing istalgan qismida og'riq sezilsa — ruhiy faoliyatning buzilishidan darak”. Gippokrat shifokor kim va u qanday bo'lishi kerakligi haqidagi o'z g'oyalariga ishonchi komil bo'lgan. Bu Gippokrat qasamyodida mujassam bo'lib, unda ko'p narsalar bilan bir qatorda quyidagi g'oyalar mavjud: “Bemorlarga o'z aql-zakovatimga tayangan holda faqatgina ularga foydali bo'ladigan tavsiyalar beraman, turli vijdonsizliklar va ularga zarar keltirishdan o'zimni tiyaman. Hech kimga, hatto so'rasa ham, o'lim keltiruvchi vositani tavsiya qilmayman va shu fikrga yetaklovchi yo'lni ko'rsatmayman; xuddi shuningdek, ayollarning sog'lom homiladorligini to'xtatish uchun “yordam” bermayman. Hayotim va kasbimni toza hamda sof o'tkazaman. Men har qanday xonadonga faqatgina bemorlarning foydasi uchungina kiraman, bemor xoh ayol yoki erkak, xoh qul yoki ozod kishi bo'lsin, undan hech nimani tama qilmayman. Bemorni davolar ekanman (muolajadan keyin ham), uning shaxsiy hayotiga oid ma'lumotlarni sir sanab, hech qachon oshkor qilmayman”, deydi Gippokrat o'z qasamiyodida.


Gippokrat yashagan davrdan to bugungacha minglab asrlar o'tsa-da, bugungi kunda tibbiyot oliygohlarida talabalar bu qasamiyodni amalga oshirmay shifokor bo'la olmaydi.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Ҳодиса
Hayratlanarli
0 2285 10:00 | 04.11.2023
Ҳодиса
G'azo bolalari nomma-nom
0 2230 14:28 | 06.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса
21 noyabr' – qanday kun?
0 2971 11:13 | 21.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса