+18C

+18C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Ikkinchi COVIDmi yoki ortiqcha vahima? Kruiz kemalarida tarqalayotgan hantavirus nima o‘zi?

May oyi boshida Argentinadan Kabo-Verde tomon yo‘l olgan MV Hondius kruiz laynerida hantavirus aniqlangani haqidagi xabarlar jahon jamoatchiligini xavotirga soldi. Kema bortidagi 147 nafar yo‘lovchidan sakkiz kishi kasallangan, uch kishi esa vafot etgan. Ular orasida 69 yoshli niderlandiyalik erkak va uning turmush o‘rtog‘i, shuningdek, 69 yoshli britaniyalik fuqaro bor.
Hodisa
268 22:28 | 12.05.2026 22:28

Hozirda layner Ispaniya sohillari tomon harakatlanmoqda va Tenerife oroli portida to‘xtashi kutilmoqda. Barcha yo‘lovchi va ekipaj aʼzolari karantinga olingan. Virus haqidagi xabarlar tarqalishidan avval kemani tark etgan o‘nlab odamlar esa turli davlatlar sog‘liqni saqlash idoralari nazoratiga olingan.



Oradan ko‘p o‘tmay, 8 may kuni Isroilda ham hantavirus bilan kasallanishning ilk holati qayd etildi. 9 may kuni esa yana bir kruiz kemasida 110 dan ortiq odam virus yuqtirgani maʼlum bo‘ldi. Bu xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo‘lib, ayrimlar hatto “yangi pandemiya” haqida gapira boshladi.




Xo‘sh, hantavirus o‘zi nima?



Hantavirus — asosan kemiruvchilar orqali yuqadigan xavfli viruslar guruhi hisoblanadi. Virus insonga ko‘proq sichqon va kalamush kabi hayvonlarning ajralmalari orqali yuqadi. U og‘ir o‘pka yoki buyrak kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.



Kasallikning dastlabki belgilari odatda virus yuqqanidan ikki-to‘rt hafta o‘tib namoyon bo‘ladi. Bemorlarda isitma, bosh og‘rig‘i, mushaklarda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya va kuchli charchoq kuzatiladi. Hozircha virusga qarshi maxsus dori mavjud emas, bemorlarga qo‘llab-quvvatlovchi davolash usullari qo‘llanadi.



Mutaxassislarning taʼkidlashicha, hantavirus COVID-19 kabi oson tarqalmaydi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Mariya van Kerxove “bu ikkinchi COVID emas” deya taʼkidlab, virus ilmiy jihatdan yaxshi o‘rganilganini bildirdi.



Shu bilan birga, Lotin Amerikasida uchraydigan Andes shtammi insondan insonga yuqishi mumkin bo‘lgan yagona hantavirus turi hisoblanadi. Ammo bunday holat juda kam uchraydi va uzoq muddatli yaqin muloqotni talab qiladi.


Ijtimoiy tarmoqlarda esa hantavirus atrofidagi vahima tobora kuchaymoqda. Ayniqsa, 2012 yilda mikrobiolog Jeyson Tetro tomonidan yozilgan bir fikr qayta ommalashdi. U o‘z vaqtida: “Agar haqiqiy pandemiya qilmoqchi bo‘lsangiz, hantavirusni odamdan odamga yuqadigan qiling”, degan gapni eshitganini yozgan edi.


Bu gaplar bugun yana muhokamalar markaziga chiqqan bo‘lsa-da, mutaxassislar hozircha global pandemiya xavfi haqida gapirishga asos yo‘qligini aytmoqda.



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Hodisa
Hayratlanarli
0 4066 10:00 | 04.11.2023
Hodisa
G'azo bolalari nomma-nom
0 3829 14:28 | 06.11.2023
Hodisa
21 noyabr' – qanday kun?
0 5533 11:13 | 21.11.2023
Hodisa