Valyuta UZS
  • USD

    12 692.42100.85

  • EUR

    14 511.24-34.54

  • RUB

    158.444.62

+21C

+21C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+21c

  • Hozir

    +21 C

  • 08:00

    +24 C

  • 09:00

    +26 C

  • 10:00

    +28 C

  • 11:00

    +29 C

  • 12:00

    +30 C

  • 13:00

    +31 C

  • 14:00

    +32 C

  • 15:00

    +32 C

  • 16:00

    +32 C

  • 17:00

    +31 C

  • 18:00

    +31 C

  • 19:00

    +29 C

  • 20:00

    +27 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +24 C

  • 23:00

    +23 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 02-August

+21C

  • Hozir

    +21 C

  • 08:00

    +24 C

  • 09:00

    +26 C

  • 10:00

    +28 C

  • 11:00

    +29 C

  • 12:00

    +30 C

  • 13:00

    +31 C

  • 14:00

    +32 C

  • 15:00

    +32 C

  • 16:00

    +32 C

  • 17:00

    +31 C

  • 18:00

    +31 C

  • 19:00

    +29 C

  • 20:00

    +27 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +24 C

  • 23:00

    +23 C

  • Shanba, 02

    +21 +20

  • Yakshanba, 03

    +20 +20

  • Dushanba, 04

    +20 +20

  • Seshanba, 05

    +21 +20

  • Chorshanba, 06

    +23 +20

  • Payshanba, 07

    +21 +20

  • Juma, 08

    +21 +20

  • Shanba, 09

    +22 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Imkoniyatu firibgarlikdan holi bo'lmagan volontyorlik

So'nggi yillarda yurtimiz yoshlari orasida volontyorlik harakatlari ommalashmoqda. “Volontyor” atamasi lotincha “volunteerism”dan olingan bo'lib, “ixtiyoriy” yoki “xohlagan” degan ma'noni anglatadi.
Jamiyat
305 11:39 | 22.05.2025 11:39

2019 yil 2 dekabrda “Volontyorlik faoliyati to'g'risida” gi O'zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinishi mamlakatimizda ushbu faoliyat rivojlanishiga sabab bo'ldi. Ayniqsa, KOVID-2019 pandemiyasi davrida volontyorlar tomonidan juda ko'plab foydali loyihalar amalga oshirildi. 2020 yil 4 dekabr' kuni Adliya vazirligi tomonidan “O'zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi” davlat ro'yxatidan o'tkazildi. Assotsiatsiyaning asosiy maqsadi volontyorlik faoliyatini tashkil etish tashabbuslarini rivojlantirish, qo'llab-quvvatlash hamda volontyorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Mazkur sohani yanada rivojlantirish maqsadida boshqa-da hujjatlar qabul qilingan.


Hozir mamlakatimizda volontyorlik yo'nalishida 2 000 dan ziyod guruhlar mavjud. Ular orasida “Mehrli qo'llar”, “Culture and art volunteers”, “Baxt ulash”, “Ecoist”, “Ekonur”, «Orzular archasi», «Sen dunyoga keraksan», «Qalb nuri», “Katta yurak egalari” “Humo charity”, “Medclowns” kabi 500 ga yaqin guruhlar eng faollari hisoblanadi. Taxminan 10 foiz guruhlar o'zining shaxsiy muhrlariga ega. Bu esa ularga loyihalarini xalqaro maydonga olib chiqish imkonini beradi.


“volontyor.uz” rasmiy sayti orqali 300 mingga yaqin volontyorlar ro'yxatdan o'tgan. Volontyorlik assotsiatsiyasi Yoshlar ishlari agentligi va BMTning O'zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda ishlaydi. U xalqaro miqyosdagi va mahalliy tadbirlarni o'tkazadi, loyihalarni birgalikda amalga oshiradi. 2025 yil 15 mayda Nukusda bo'lib o'tgan BMT bilan sheriklikda tashkil etilgan keng qamrovli ekologiyaga oid tadbir buning yaqqol misolidir. Loyihada faol qatnashganlarga maxsus sertifikatlar taqdim etilgan. Sertifikatlar o'z sohiblarining kelgusida maxsus grantlar va stipendiyalar yutish imkoniyatini oshiradi. Aksariyat yoshlar ana shu imkoniyatga ega bo'lish maqsadida bunday loyihalarda qatnashadilar. Ko'ngillilardan loyihalar va tadbirlarda ishtirok etish uchun to'lov talab qilinmaydi. Ammo ba'zi-ba'zida ramazon oyida xayriya uchun saxovatpesha ko'ngillilar tomonidan ixtiyoriy yig'imlar to'planib, yig'ilgan mablag' muhtojlarga tarqatiladi. Shu vaqtgacha yurtimizdagi volontyorlar tomonidan milliondan ortiq keksalar, muhtojlar, bemorlar va bolalarga yordam ko'rsatilgan.


«Guruch kurmaksiz bo'lmaydi», deganlaridek, volontyorlik olamida ham ba'zi nohaqliklar uchrab turadi. Masalan, 2024 yilda “Hayot” erkin volontyorlar harakati o'zining telegram ijtimoiy tarmog'idagi sahifasiga ekologiyaga oid forum tashkillashtirilayotgani haqida e'lon beradi. Suhbat asosida yoshlarni o'z saflariga qabul qila boshlaydi. Qabul qilinganlardan 50 000 so'm miqdorda to'lov talab qilinadi va buning evaziga ularga maxsus sertifikatlar, guvohnomalar, sovg'alar berilishi va'da qilinadi. “Hayot” EVH rahbari mazkur forum xalqaro miqyosda nufuzli tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirilayotganini ta'kidlaydi. Ammo belgilangan muddat yaqinlashgach, «Farg'ona va Andijondan ham mehmonlar keladi, biz ularning yo'l harajatlarini, mehmonxona harajatlarini qoplab berishimiz kerak», – deya turli bahonalar bilan volontyorlardan qo'shimcha pul mablag'lari yig'iladi. Forum kechiktirilib bo'lsa-da, o'tkaziladi. Ammo u aslida ekologik forum bo'lishi, Andijondan va Farg'onadan mehmonlar kelishi va'da qilingan bo'lsa-da, turli bahonalar bilan bu va'dalar bajarilmaydi. Holat volontyorlar o'rtasida norozilik ko'tarilishiga sabab bo'ladi. Ishtirokchilar aslida bu tanlovda qatnashishmagan va sertifikat uchun 200 000 so'm miqdorda pul to'lashgan. Tom ma'noda sertifikatni sotib olishgan. Eng achinarlisi, bu forumni ekologik forum deb o'ylab, suhbatdan o'tgan 50 ga yaqin ko'gillilarning barchasi ham taqdirlanmagan.


Aldanganligini tushungan volontyorlar “Hayot” EVH rahbari O. T. ustidan tegishli joylarga shikoyat qiladi va undan yig'ilgan pullarni qaytarib berishini so'raydi. Ba'zilarniki qaytarib berilgan, ba'zilarniki esa qaytarib berilmagan.O. T. maktab o'quvchisi hamda voyaga yetmagan shaxs bo'lganligi uchun unga og'ir jazo qo'llanilmagan. Ammo, voqeadan yetarlicha saboq olmagan O. yana shunday ishlar bilan shug'ullanishda davom etgan. Tez orada uning qing'ir ishlaridan Volontyorlik assotsiatsiyasi xabar topgan va “Hayot” EVH guruhi faoliyatiga chek qo'yilgan.


Afsuski, bu kabi holatlar borgan sari ko'paymoqda. Boisi biz yoshlarning haddan tashqari ishonuvchanligimiz, huquqiy savodxonligimizning pastligi, ba'zida esa loqaydligimiz tufaylidir. Volontyorlik — bu beg'araz yordam, insonparvarlik, mehr-oqibat tamoyillariga asoslangan harakat. U hech qachon yoshlarning ishonchidan foydalanish, ularni moddiy manfaat yo'lida aldash vositasi bo'lmasligi lozim. Biz bunday holatlarga befarq qaramasligimiz, o'z huquqlarimizni bilishimiz va aldovchi harakatlarga qarshi kurashishda faollik ko'rsatishimiz zarur.


Gulhayo PRIMOVA
O'zJOKU talabasi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 4668 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat