Valyuta UZS
  • USD

    12 149.847.74

  • EUR

    14 003.91-76.07

  • RUB

    151.100.57

+18C

+18C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+18c

  • Hozir

    +18 C

  • 11:00

    +20 C

  • 12:00

    +20 C

  • 13:00

    +21 C

  • 14:00

    +21 C

  • 15:00

    +21 C

  • 16:00

    +21 C

  • 17:00

    +20 C

  • 18:00

    +20 C

  • 19:00

    +19 C

  • 20:00

    +18 C

  • 21:00

    +17 C

  • 22:00

    +17 C

  • 23:00

    +16 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 03-April

+18C

  • Hozir

    +18 C

  • 11:00

    +20 C

  • 12:00

    +20 C

  • 13:00

    +21 C

  • 14:00

    +21 C

  • 15:00

    +21 C

  • 16:00

    +21 C

  • 17:00

    +20 C

  • 18:00

    +20 C

  • 19:00

    +19 C

  • 20:00

    +18 C

  • 21:00

    +17 C

  • 22:00

    +17 C

  • 23:00

    +16 C

  • Juma, 03

    +18 +20

  • Shanba, 04

    +15 +20

  • Yakshanba, 05

    +18 +20

  • Dushanba, 06

    +18 +20

  • Seshanba, 07

    +16 +20

  • Chorshanba, 08

    +13 +20

  • Payshanba, 09

    +15 +20

  • Juma, 10

    +17 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

«Ko'zlariga yog'lar tekkan» kitob

Sarlavhani o'qib, «i-e, shunaqasi ham bo'larkanmi?» deyishingiz mumkin. Ajablanmang, bo'lishi mumkin ekan. Bunaqa «kashfiyot»ga o'zim ham birinchi marta duch kelyapman. Agar «ixtiro»ga faqat birgina misol bo'lsa, indamay ketaverishim mumkin edi, ammo...
Jamiyat
540 14:03 | 26.03.2026 14:03

Indalloga o'tsam, bugungi kunda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi «Adabiyot» nashriyoti bir qancha atoqli adiblarning «Tanlangan asarlar»ini chop etib kelayotir. Ularning orasida Shingiz Aytmatovdan tortib, Nosir Fozilov hamda Halima Xudoyberdieva asarlarigacha bor. Yaqinda O'zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjonning «Tanlangan asarlar»i ham nashr qilindi. Lekin go'zal muqovalar ko'zingizni qancha quvontirsa, mutolaa jarayonida nigohingiz tushgan imloviy va boshqa xatolar dilingizni shuncha ranjitadi. Aftidan, nashriyot mutasaddilari nima qilib bo'lsa ham chop etsak, bas, degan «tamoyil» asosida ishlayotgan ko'rinadi. Aks holda, kitoblarda ko'plab kamchiliklar suv yuzidagi ko'pikdek qalqimasdi.


O'zbekiston xalq shoiri Normurod Narzullaev tavalludining 90 yilligi munosabati bilan chop etilgan «Tanlangan asarlar»ni (Toshkent, «Adabiyot», 2024) shoirning o'g'li Ozodjon aka nashrga tayyorlagan. Ammo u kishi keltirib bergan qo'lyozmalarni shu tomlarning aksariga muharrirlik qilayotgan Dilrabo Mingboeva yurakdan tahrir va tahlil qilmagan ko'rinadi. Bir kitobda ism-sharifi Iqbola Isamuhammedova, boshqasida Iqbol Isamuhammedova deb yozilgan qizimiz ham mas'uliyat hissidan ancha yiroq ekani ko'rinib turibdi.


Kitob so'zboshisidayoq xatolik bor. O'zbekiston fan arbobi Saydulla Mirzaevning gapi bo'linib qolgan: «So'zimning xulosasida Normurod Narzullaev iste'dodli shoir ekanligini, u halol mehnati, xalq va davlat g'amxo'rligi tufayli unib-o'sgan, elu yurtga tanilgan. Qadr-qimmat topganligini yana bir bor ta'kidlamoqchiman». (Qarang, «Tanlangan asarlar», 10-bet). Olim shoir chop ettirgan kitoblarni sanab o'tarkan, ulardan biri – «Aniq vaqt» matnda «Ayni vaqt» tarzida ketgan. Xullas, so'zboshining o'zida ikkita xato.


So'ng shoirning she'rlari boshlanadi. Asar 1970 yilda nashr qilingan «Mehr chashmasi» kitobidan olingan turkum bilan ochiladi. Kitobning 83-betidagi «Shirog'im yoniq» she'ridagi oxirgi misralardan biri «O'chib ketgan ilhom qushimni» tarzida bosilgan. 44-betda berilgan «Ishqingda yonib...» g'azali 88-betda takroran berilgan, faqat bu gal sarlavhaga uch nuqta qo'yilmagan. Bugina emas, kitobda «Sevgi ovulida kutgayman sizni» she'ri (162- va 197-betlar), «Ostonada oy» she'ri (219, 224-betlar) ham ikki martadan berilgan.


122-betdagi she'r sarlavhasi «Arvug'onning shaffof yoshlari» tarzida xato berilgan. «Xo'jaylida bir Layli» she'ridagi 5-band yakuni «Yorda...» o'rniga «Erda nozik ishim bor» (194-bet) bo'lib ketganiga, shu she'rdagi keyingi bandning uchinchi qatori «Tegmasin yog'lar ko'zi» tarzida bosilganiga hech kim e'tibor qaratmagani qiziq. Shu tariqa, kitobning «ko'ziga yog' tekkan». Holbuki, «Shaman ichra» to'plamida ushbu she'r birorta xatosiz, boyagi satrlar «Tegmasin yotlar ko'zi» tarzida to'g'ri chop etilgan.


299-betdagi «Jizzax jozibasi» g'azalida «qo'l» so'zi ikki marta ishlatilganiga ajablandim. Nahotki, shoir atigi 8 baytgina g'azalga qofiya topishga qiynalib, bir so'zdan ikki marta foydalangan bo'lsa – «Inson qo'li» va «Oltin qo'li»?! Bu g'azalning ikkinchi qofiyasi aslida «oltin ko'l» bo'lib, uning to'g'ri shakli «Shaman ichra» kitobining 27-sahifasida keltirilgan:


Suv oqadi, nur oqadi, oltin ko'li – bu.


Ozarbayjon taassurotlari asosida yozilgan she'rdagi «Yo'l boshida bir chipor bor...» satriga ko'zingiz tushsa, aslo hayron bo'lmang, u asli – chinor! Albatta, qo'l bilan ko'lning farqiga bormagan odam chinor bilan chipor (tovuq)ning farqiga borarmidi?!


Doiraning qush yoki qushning doira bo'lgani haqida eshitganmisiz?


«Tanlangan asarlar»dagi 311-betda keltirilgan «Qush doyra qo'shig'i» she'rini «doira qush bo'ldimikan yo bu faylasuf shoirning biror afsonasimikan», deb o'qisam, gap boshdan-oyoq qo'sh doira («doyra» emas) haqida ekan. Demak, shoir emas, ustomon va tezkor noshirlar faylasuf ekan, «ofarin»! Ularga qo'sh doirani qush qilib «o'chirib»... kechirasiz, uchirib yuborish hech gap emas ekan.


Janob noshirlar qog'ozni iqtisod qilmoqchi bo'lishgan chog'i, qisqa bo'g'inli bir nechta she'rlarni ikki ustun qilib berishgan. 364-betdagi «Hazrat sabog'i» she'rining so'nggi bandi sahifaga sig'may qolgach, to'rt satrni «urib-tiqib» uch qatorga keltirishgan. Natijada she'riy ohang buzilib, asar yakuni oddiy gapga o'xshab qolgan.


Kitobning ko'ziga yog' tekkan bo'lsa, mening ko'zlarimga andak afsus yoshlari qalqdi.


Negadir ilgari ushbu kitobga asos bo'lgan nashrlarda berilgan bir qancha she'r izohlari va ular bitilgan sanalar keltirilmagan. Natijada kitob mukammalligiga ma'lum darajada putur yetgan. Shoir hayotligida turli yillarda bosilgan kitoblarda to'g'ri va bexato, mukammal izohlari bilan berilgan she'rlarning aksari ushbu kitobda xatolar va chalkashliklar bilan «qayta dunyoga kelgan». «Tanlangan asarlar»da Qorabayir (qishloq) haqidagi she'rning izohi keltirilmagani tufayli o'quvchi uning dastlabki misrasini o'qib, gap ot yoki qishloq haqida borayotganini bilmay ikkilanib qoladi.


Bizningcha, nashriyotdagi mas'ullar kitobni o'zlari sinchiklab ko'rmaganlariga yarasha, uni tuzuvchi va to'plovchilarga ham ko'rsatishga eringanlar. Mas'uliyatsizlik va shoshma-shosharlikka yo'l qo'yganlar. Muharriru musahhihlar ham shunday katta nashrga panja orasidan qaraganlar. Aynan shu ikki salbiy holat va o'zibo'larchilik oqibatida, xalq shoirasi Enaxon Siddiqovaning ushbu nashr bilan bir vaqtda bosilgan «Tanlangan asarlar»ida ham bir she'r ikki marta bosilgan. Mashrab g'azaliga muxammasda esa, bir so'z tushib qolgan.


Shoira hech qachon «Yuzim yorug' shu yel oldida», deb yozmagan. Ammo aftidan ba'zi she'rlar oldin lotin alifbosida terilganu, kirillga o'tkazilganda, «el» «el»ga aylanib qolganiga noshirlar umuman e'tibor berishmagan.


Xo'p endi, noshirlarimizni yana ranjitmaslik uchun boshqa kitoblardagi bunday nuqsonlar tahliliga to'xtalmaymiz. Insof va diyonatni o'zlariga bersin. Nashriyot xodimlari o'z vazifalarini sidqidildan bajarib, maoshlarini oqlashlari, qolaversa, chop etilayotgan asarlar keng omma mulkiga aylanishini teran his qilishlari lozim. Zero, bu kitoblar shunchaki vaqtinchalik nashr emas, balki asrlar osha yashaydigan badiiy meros, adibning bir umrlik mehnati va qalb nidosidir. Shuni anglash va unutmaslik shart.


Aks holda, beparvolik oqibatida «doira»ni «qush»ga aylantirib «uchirib yuborish» adabiyot xazinasiga zimdan qilingan xiyonatdir. Ushbu kitoblar kutubxonalar va ta'lim muassasalariga tarqatiladi. Agar minglab nusxada chop etilgan kitoblarda mas'uliyatsizlik sabab «chinor» so'zi «chipor»ga aylanib ketsa, bu achinarli hol, albatta.


Yana bir muhim gap: «Tanlangan asarlar»ning ilk sahifalarida tahrir hay'ati a'zosi sifatida ko'rsatiladigan Ibrohim G'afurov kabi zabardast adiblarimizning nashr jarayonida amaliy ishtiroki bormi? Agar yo'q bo'lsa, shunchaki obro' uchun ularning ism-sharifini qayd etib, matnda qo'pol chalkashliklarga yo'l qo'yish ustozlarimiz sha'niga soya solmaydimi? Har qanday ziyrak o'quvchida: «Nahotki tahrir hay'atining birorta a'zosi bu xatolarga e'tiroz bildirmagan bo'lsa?» degan haqli savol tug'ilishi tabiiy. Afsus­ki, savollar bisyor, javoblar esa...


«Adabiyot» va boshqa nashriyotlar mutasaddilari bu haqli e'tirozlardan tegishli xulosa chiqarib olib, kelgusi faoliyatlarida, Bobur Mirzo aytganidek, «mundin beri bir nima hushyorroq» bo'ladilar, deb umid qilamiz.


Ikromjon ASLIY, shoir


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 6194 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat