+35C

+35C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

El'brusni zabt etgan o'zbek yigitining fojiali taqdiri

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda o'zbek yigitining El'brus cho'qqisiga chiqib, vatanimiz bayrog'ini ilganini ko'rib sevingandim. Biroq oradan bir necha kun o'tib, al'pinist yigitning vafot etganini eshitib, ko'pchilik qatori qayg'uga tushdim. Oradan biroz fursat o'tgach, marhumning ota-onasi bilan bog'lanib, ko'ngil so'radim.  Suhbat davomida Zokir Aliev bittayu-bitta o'g'li Muhammad Yaxyo haqida gapirib berdi:
Hodisa
1936 17:58 | 26.11.2025 17:58

Asli qo'qonlikmiz. 1990 yildan buyon Moskvada yashayman. Avval bir o'zim kelganman, farzandlarim biroz ulg'aygach, ularni ham yonimga chaqirdim. To'rt qiz va bitta o'g'lim bor edi. Afsuski, suyangan tog'im bizni 33 yoshida tark etdi…


Temiryo'lchiman. O'g'lim ham menga havas qilib shu sohani tanlagandi. Moskva metropolitenida ishlardi.


Muhammad Yahyo bolalikdan ziyrak, qiziquvchan, texnikaga mehr qo'ygandi. Hatto Qo'qonda o'qib yurgan kezlari ustaga shogird tushib, magnitofon, televizor tuzatishni o'rgangandi. Moskvaga kelganimizdan so'ng, komp'yuter tuzatishni o'rgandi. Xullas, bitta yigit kishiga qanday hunar kerak bo'lsa, barchasini o'rgandi.


O'g'limga mototsikllarga qiziqishi ham mendan o'tgan. Qo'qondagi keng ko'chalarda “Yava” minib yurardim. O'g'lim ham ulg'aygach, Moskvadagi musobaqalarda ishtirok eta boshladi.


O'g'lim judayam kirishuvchan bo'lmasa-da, insonlarga judayam mehribon edi. Hech kimning dilini og'ritmasdi. Tirishqoq, mehnatkash, birovning haqqidan qo'rqadigan, oilani qadrlaydiganlardan edi. Shu yerlik qizga ko'ngil qo'yganida qarshilik qilmadik. Kelinimiz islom dinini qabul qildi. O'g'lim kelinim bilan ikki qizni tarbiyalab, baxtli-saodatli yashashardi.



Uning eng katta orzusi tog' cho'qqilariga chiqib, O'zbekiston bayrog'ini qadash edi. U bir yil oldin Ural tog'lariga chiqqandi. El'brusga, undan keyin Everestgacha borishni orzu qilardi.


“Siz pensiyaga chiqsangiz, onam bilan Umraga yuboraman” derdi. El'brusga ketadigan kuni ham juda xursand edi. Tayyorgarligi yaxshi bo'lgani uchun uning cho'qqiga chiqishiga ishonardim, ammo ayolim, o'g'lim qo'ysang-chi, tinchgina uyda o'tir, derdi.


O'g'limning shijoatini ko'rib, unga oq fotiha berib, safarga kuzatdik.


Sho'qqiga chiqish bosqichlarida men bilan tinimsiz bog'lanib turdi. Har bir tepalikni zabt etganida, o'g'limning orzusi ushalayotganidan xursand bo'lardim. va nihoyat, ming zahmatlar bilan El'brusga chiqib, o'zi orzu qilganidek vatanimiz bayrog'ini qadadi. Suratni ko'rgach, oilamiz bilan xursandchilikdan yig'ladik. Al'pinistlik judayam mashaqqatli, har bir bosqich ahamiyatli.


“Dada, men yerdaman, jamoamiz bilan pastga tushdik” deganidan so'ng, ko'nglim xotirjam bo'ldi. Afsuski, o'g'lim volgograddan uyga qaytayotganda mototsiklda avariyaga uchragan. Bu xabarni eshitganimda, osmon go'yoki ustimga qulagandek bo'ldi…


So'nggi manzilga kuzatish uchun o'g'limni Qo'qonga olib keldik.


Ayolimning dardni yengishi qiyin bo'lmoqda. Sog'inch va armondan ko'zlari kirtaygan ikki nabiramni yupatishga so'z topolmayman.


Yaqinda tug'ilgan kunim edi. O'sha kuni kelinim «O'g'lingizning sizga sovg'asi bor» desa, esim og'ib qolay dedi. O'g'lim nasib bo'lsa, “Mers” mashina olib beraman degandi. Qarangki, vafotidan oldin mashina olib, ustini yopib qo'ygan ekan. Qaniydi, endi shu mashinani o'z qo'llaring bilan bersayding, deb ho'ng-ho'ng yig'ladim. Dardni o'lchab bo'lmaydi, farzand dog'idan og'ir dard bo'lmasa kerak bu dunyoda…



Feruza Rahimova yozib oldi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Hodisa
dsdsd
0 1904 12:58 | 12.12.2023
Hodisa
Hodisa
“Borsa-kelmas” hangomalari
0 2242 21:21 | 28.11.2024
Hodisa
Suv parilari bilan uchrashuv
0 2118 22:49 | 29.11.2024
Hodisa
Hodisa