Valyuta UZS
  • USD

    12 692.42100.85

  • EUR

    14 511.24-34.54

  • RUB

    158.444.62

+25C

+25C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+25c

  • Hozir

    +25 C

  • 09:00

    +27 C

  • 10:00

    +29 C

  • 11:00

    +31 C

  • 12:00

    +32 C

  • 13:00

    +34 C

  • 14:00

    +34 C

  • 15:00

    +33 C

  • 16:00

    +34 C

  • 17:00

    +34 C

  • 18:00

    +33 C

  • 19:00

    +31 C

  • 20:00

    +28 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +24 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 01-August

+25C

  • Hozir

    +25 C

  • 09:00

    +27 C

  • 10:00

    +29 C

  • 11:00

    +31 C

  • 12:00

    +32 C

  • 13:00

    +34 C

  • 14:00

    +34 C

  • 15:00

    +33 C

  • 16:00

    +34 C

  • 17:00

    +34 C

  • 18:00

    +33 C

  • 19:00

    +31 C

  • 20:00

    +28 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +24 C

  • Juma, 01

    +25 +20

  • Shanba, 02

    +23 +20

  • Yakshanba, 03

    +23 +20

  • Dushanba, 04

    +25 +20

  • Seshanba, 05

    +24 +20

  • Chorshanba, 06

    +24 +20

  • Payshanba, 07

    +23 +20

  • Juma, 08

    +24 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Limit qo'yildi, narxlar oshdi: lekin poytaxt hanuz muammolar girdobida

Elektr uzilishlari haqida shikoyatlarga mas'ullar ba'zan narxlarning pastligi va tannarxning qimmatligini sabab qilib ko'rsatishadi. To'g'ri, avval narxlar bir qadar ushlab turilardi. Iyulning o'rtalaridan boshlangan kuchli issiq davomli bo'ldi. Bu jaziramada qishloqda, salqinroq tog'li hududlarda yashayotganlar bir qadar yengil o'tkazishi aniq. Ammo qurilishlar ko'paygan, ekologiyasi og'irlashib borayotgan poytaxtda turli sovitish texnikalariga ehtiyoj juda katta. Besh daqiqa konditsioner tagida turmasangiz, jiqqa terga botadigan issiq bo'lib turibdi. Ammo bir muammo bor...
Jamiyat
388 10:13 | 29.07.2025 10:13

Shu kunlarda Toshkentda elektr o'chishi odatiy holga aylandi. Elektrsiz maishiy texnikalarning oddiy temirdan farqi yo'q. Bunday vaziyatda kimning qo'li ishga boradi, buziladigan mahsulotlari bor, qurilmalari tok bilan ishlaydigan tadbirkorlar holatini esa tasvirlab o'tirmaymiz…


O'zbek jamiyatida eng ko'p gapiriladigan, boshqacha tilda aytilganda “chaynaladigan” mavzulardan biri elektr energiya bo'lsa ajab emas. Сhunki, bugun elektrsiz ish bitishi amrimahol. Hayotimiz ipsiz shu kashfiyotga bog'langan. Tan olish kerak, bir paytlar Toshkent o'zining yashil tabiati, infrastrukturasi va o'chmaydigan “svet”i bilan viloyatlardan ilg'or edi. So'nggi vaqtlarda viloyatlarda vaziyat bir qadar yaxshilandiyu, ammo poytaxt energotizimidan putur ketdi. Afsuski, muammolar nafaqat qishda, hattoki issiq yozda ham bo'y ko'rsata boshladi.


Bir necha kun avval Energetika vazirligi rekord darajada energiya iste'moli haqida yozdi: emishki, Milliy dispetcherlik markazi ma'lumotlariga ko'ra, 2025 yil 16 iyuldan 21 iyulgacha bo'lgan anomal issiq davrda O'zbekiston energetika tizimida sutkalik elektr energiyasi iste'moli va yuklamasi bo'yicha yangi tarixiy rekordlar qayd etildi. Eng katta o'sish Toshkent shahrida qayd etilgan. Xususan, sutkalik iste'mol 32,4 mln kVtsoatga (2024 yilda kuzatilgan maksimal iste'mol - 30,5 mln kVtsoat) yetib, 2024 yilning mos davriga nisbatan 33 foizga ko'paydi. Eng yuqori yuklama soat 14:52 da 1811 MVt (2024 yilda - 1680 Mvt) bo'ldi. Ta'kidlanishicha, joriy iste'mol darajasi 2024 yil iyul oyining shu davriga nisbatan 7,6 foizga yuqori bo'lib, oy boshidan buyon o'sish 11 foizni tashkil etdi.


Mayli, iste'mol oshib borayotganiga, talab o'sayotganini inkor etmaymiz. Xalqimizda, daryoni ko'rib etik yechish kerak degan gap bor. Toshkentda iste'mol shiddat bilan o'sayotgani yangilik emas. Bundan tashqari, Gidrometeorologiya xizmati anomal issiq bo'lishi haqida qariyb bir hafta avval ma'lumot berdi. Iyul oyida qanday ob-havo bo'lishini ko'pchilik meteorologlar ma'lumotisiz ham bilsa kerak. Tabiiyki, anomal issiqda hamma maishiy texnikalarga yopishadi, tok iste'moli esa o'z-o'zidan ortib ketadi. Tegishli choralarni ko'rish imkoniyati bo'la turib, nega vazirlik bu ishni amalga oshirmadi? Bizningcha, bu tizimli muammo: doim sovuq tushganda qishga tayyorgarlikni boshlaymiz, qishda yoqilg'i muammolariku alohida masala va hokazo.


O'z navbatida energetika mas'ullari ham turli vaj-karsonlarni sabab qilib keltirishadi. Ularning aytishicha, oxirgi uch yilda xodimlarning 30% ish haqining pastligi va katta ish hajmi sababli tizimni tark etgan. Ulardan 45% ekspluatatsiya xizmati mutaxassislari sanaladi. 9,7 ming kilometr elektr tarmog'ining 26% (2 540 km.) ta'mirtalab bo'lsa, 90 ta podstantsiyadan 9 tasini modernizatsiya qilish, 2 tasining quvvatini oshirish zarur. 11 ta maxsus laboratoriya avtomashinasining 6 tasi zamonaviy talablarga javob bermaydi, tungi vaqtda esa faqat 2 tasi navbatchilik qiladi. Bu bir vaqtning o'zida bir nechta hududdagi avariyalarni tez aniqlash va bartaraf etishga qiyinchilik tug'diradi.


Tizim shunday ahvolda ekan, rahbariyat esa balandparvoz bayonotlar va va'dalar berishdan charchamayapti: masalan 2021 yilda o'sha paytdagi vazir Alisher Sultonov shaxsan prezidentga “qishda ham yozda elektr o'chmasligiga” va'da bergandi. Keyingi vazir Jo'rabek Mirzamahmudov davrida ham aytarli hech narsa o'zgarmadi. 2023 yilgi anomal sovuq esa energetika tizimi qay darajada ekanini ko'rsatib qo'ydi.


Lekin Jo'rabek Mirzamahmudov ham bo'sh kelgani yo'q: vazir 2023 yil oxirida qilgan chiqishida “tizimda mayda avariyalar yuz berishi, ammo lekin elektr energiyasini ishlab chiqarish ko'rsatkichlari eng yuqori iste'mol davrlarida ham talabni qondira oladigan darajaga yetishi”ni gapirib chiqqandi. 2024 yilda O'zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish ko'rsatkichlari talab eng yuqori bo'ladigan paytlarda ham ehtiyojni 100 foiz qondira oladigan darajaga yetadi, deya va'da berilgandi. “Albatta, tizimda qaerdadir tarmoq uzilishi, transformator kuyishi, yonishi yoki nosozlik kelib chiqishi kabi hodisalar bo'ladi, lekin generatsiya tarafidan biz keyingi yildan 100 foiz o'zimizning ichki ehtiyojimizni qoplash imkoniyatimiz paydo bo'ladi. Buni ta'minlaymiz. Va shunday vazifa bizga qo'yilgan. Agar qo'yilgan vazifani bajara olmasak, nafaqat men, balki tizimimizdagi barcha mas'ullar ishlashga noloyiqmiz deb o'ylayman”, — degandi 2023yil dekabrida energetika vaziri.


Mana, 2025 yilning o'rtasidan ham o'tdik. Ammo vazir va'da qilgan o'zgarishlar O'zbekistonning qoq yuragi bo'lgan Toshkentda ham ko'rinmayapti. O'quvchilarimizdan biri Olmazor tumanidagi kuzatilgan holat haqida xabar berdi. Uning aytishicha, qariyb yarim kun davomida mutlaqo elektr bo'lmagan. Oqibatda muzlatkichdagi narsalar aynib qolish darajasiga yetdi, uyda esa havo dimligidan turib bo'lmadi, deydi u. Millionlab, milliardlab so'mlik tez buziladigan mahsuloti bor tadbirkor yoki qozoni shuni ortidan qaynaydigan oddiy insonlarning ishi nima bo'ldi deb o'ylaysiz? O'zbekistonda elektr o'chganidan zarar ko'rganlarga kompensatsiya to'landi yoki vazirlik uzr so'rab chiqdi, degan xabarlarni hech o'qiganmisiz?


Elektr uzilishlari haqida shikoyatlarga mas'ullar ba'zan narxlarning pastligi va tannarxning qimmatligini sabab qilib ko'rsatishadi. To'g'ri, avval narxlar bir qadar ushlab turilardi. Lekin so'nggi vaqtlarda elektr sezilarli miqdorda qimmatlashdi. Foydalanuvchilarga 200 kilovattlik limit qo'yib qo'yildi. Limitdan oshgach narxlar ikki barobarga o'sadi. Masalan, 2025 yil 1 maydan gaz va elektr tariflari yana oshdi. Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo'chqorov Oliy Majlisdagi chiqishida har yili oshib borishi haqida gapirgandi. Xo'sh, nega narxlar standart ravishda o'sib boryaptiyu, zarur paytda elektrni o'chirib qo'yish yoki nosozlikdan tugamayapti? Yoki maqsad faqat narx oshirishmi, degan savol tug'iladi. Bundan tashqari davlat ham qarab turgani yo'q. Birgina 2023 yilda energetikada kamchiliklarni bartaraf qilishga Prezident 14,5 trln ajratish bo'yicha topshiriq bergandi. Afsuski, vazirlik bir-ikkita ma'lumotni aytmasa, mablag'lar sarfi bo'yicha to'liq axborot berganicha yo'q. Tashqi moliya muassalari ham sohaga pul ajratgan, masalan 2023 yilda Osiyo taraqqiyot banki elektr ta'minoti sohasiga 125 million dollar mablag' ajratgandi. Undan avval esa energetika kompleksiga 457 million dollar ajratilgan.


Shu o'rinda bir ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisining achchiq istehzosi yodga keladi: “Bir paytlar viloyatlar Toshkent shahri darajasiga chiqishini orzu qilardim. Ammo mas'ullar Toshkentni viloyatlar darajasiga tushirib qo'yishdi...”.


Mavzuga oida yana ma'lumot e'tiborimizdan chetda qolmasin: Toshkentda elektr bilan bog'liq vaziyat O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan mutaxassislarni jalb etgan holda o'rganilibdi. Unga ko'ra, cheklovlar va avariyalar haqida iste'molchilarni vaqtida xabardor qilish ham talab darajasida tashkil etilmagan. Iyul oyining 23 kunida 64 ta avariya bo'yicha iste'molchilar ogohlantirilmagan, 112 tasi bo'yicha esa kech ogohlantirilgan. 28 nafar (“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MСhJ boshlig'i va 11 nafar tuman elektr ta'minoti korxonalari boshliqlari, 13 nafar tuman korxonasi bosh muhandislari, 3 nafar tuman korxonasi dispetcherlik xizmati xodimlari) mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan.


Endi savol tug'iladi: minglab odamlarni noqulay holatda qoldirgan, iqtisodiyotga katta zarar yetishiga sabab bo'lgan, xorijlik mehmonlar oldida O'zbekiston obro'sini tushishiga sabab bo'lgan mansabdorlar oddiy intizomiy jazo bilan qutilib ketaveradimi? Bundan munosabatdan keyin ular haqiqatda kamchiliklar ustida ishlay boshlaydi deya kim kafolat beradi? Yoki mazkur jazolashlar shunchaki aholining ko'ngli taskin topishi uchun qilinayotgan harakatlarmi?


Xullas, savollar ko'p. Energetika tizimi jamiyatimiz uchun og'riqli mavzulardan biri bo'lib qolmoqda. Mas'ullar esa va'dabozlik va qizil gaplardan bo'shamayapti. Bizningcha, vazirlik otdan tushib, muammolar ustida jon kuydirib ishlay boshlasa kamchiliklarga yechim topilishi mumkin. Ammo mutasaddilarning bunga jur'ati yetarmikan?


* * *
Yana o'sha gap: O'zbek energetikasining shonli bayonotlari
 2010 yil
“Aholi gaz-svetni tejab ishlatmaydi. Agar energasamarador lampalarga o'tsak, umuman svet o'chmaydi”
* * * 
2013 yil
“Xalq ishlatgan svetiga pul to'lamaydi. Agar hamma qarzini to'lasa, bizga investitsiya ham kerak emas, gaz-svet ham joyida bo'ladi”;
* * * 
2016 yil
“Odamlar gaz-svetni ko'p o'g'irlaydi. Agar aqlli hisoblagichlarga va oldindan to'lovga o'tsak, gaz-svet umuman muammo bo'lmaydi”;
* * * 
2017 yil
“Gazimiz uchta O'zbekistonni ta'minlashga yetadi...”;
* * * 
2023 yil
“Agar limit belgilasak va ko'p ishlatganlardan ko'proq to'lov undirsak, svet-gaz bo'yicha barcha masalalarni yechamiz;
* * * 
2024 yil
“Aholi va tadbirkorlar quyosh panellari o'rnatishi shart, shunda svet-gaz muammosidan qutilamiz”.

Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 4667 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat