Valyuta UZS
  • USD

    12 634.34-18.98

  • EUR

    14 821.34-0.76

  • RUB

    162.370.48

+24C

+24C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+24c

  • Hozir

    +24 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 11-July

+24C

  • Hozir

    +24 C

  • Juma, 11

    +24 +20

  • Shanba, 12

    +26 +20

  • Yakshanba, 13

    +27 +20

  • Dushanba, 14

    +28 +20

  • Seshanba, 15

    +27 +20

  • Chorshanba, 16

    +30 +20

  • Payshanba, 17

    +29 +20

  • Juma, 18

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Microsoft, OpenAI va Anthropic o'qituvchilarni sun'iy intellektdan foydalanishni o'rgatish uchun millionlab mablag' sarmoya qilmoqda

Maktablar va o'qituvchilar sun'iy intellekt (SI)ni sinflarda qanday va qay tarzda joriy qilishni hal qilishga urinayotgan bir paytda, uchta yetakchi texnologik kompaniya o'qituvchilarni tayyorlash bo'yicha yangi dasturga sarmoya kiritmoqda.
Jamiyat
133 16:40 | 10.07.2025 16:40

Etakchi texnologik kompaniyalar guruhi ikkita o'qituvchilar kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda kelgusi besh yil ichida 400 000 nafar maktabgacha ta'limdan 12-sinfgacha bo'lgan o'qituvchilarni sun'iy intellekt bo'yicha o'qitishga kirishmoqda.


“Sun'iy intellekt bo'yicha milliy o'qituvchilar akademiyasi” deb nomlangan yangi tashabbus seshanba kuni e'lon qilindi. Bu Microsoft, OpenAI, Anthropic, Amerikaning Milliy o'qituvchilar federatsiyasi va N'yu-Yorkda joylashgan O'qituvchilar uyushmasi tomonidan qo'llab-quvvatlanayotgan 23 million dollarlik loyiha hisoblanadi. Tashabbus doirasida o'qituvchilar uchun SI bo'yicha o'quv dasturi ishlab chiqiladi va bu dasturlar onlayn hamda N'yu-York shahridagi oflayn markazda taqdim etiladi.


Bu yangilik maktablar, o'qituvchilar va ota-onalar SIni ta'lim jarayonida qanday ishlatish mumkinligini muhokama qilayotgan bir davrda e'lon qilindi. O'qituvchilar o'quvchilarni ish bozorida tobora ko'proq qo'llanilayotgan texnologiyani o'rganishga tayyorlashni istaydi. Shu bilan birga, SI o'qituvchilarga ayrim vazifalarni avtomatlashtirishga va o'quvchilar bilan ko'proq shug'ullanishga yordam beradi. Ammo bu texnologiya bilan bog'liq axloqiy va amaliy savollar ham mavjud: masalan, agar o'quvchilar topshiriqlarni bajarishda SIdan foydalansa, o'qituvchilar esa dars tayyorlash yoki baholashda undan foydalansa, bu o'quv jarayoniga foydami yoki zarar?


Ba'zi maktablar sinflarda SIni ishlatishni taqiqlagan, boshqalari esa uni quchoq ochib qabul qilgan. Masalan, N'yu-York shahrida ta'lim departamenti 2023 yilda maktab qurilmalarida ChatGPTdan foydalanishni ta'qiqlagan, ammo keyin bu qarorni bekor qilib, SI salohiyatini o'rganish uchun alohida siyosiy laboratoriya tashkil qilgan.


Yangi akademiya SIni o'quv dasturlariga va ta'lim jarayonlariga qanday qilib samarali va ortiqcha ma'muriy yuklamalarsiz joriy qilish bo'yicha milliy model yaratishni maqsad qilgan.


Amerikaning Milliy o'qituvchilar federatsiyasi prezidenti Rendi Vayngarten bayonotida shunday dedi:


“SI katta imkoniyatlar bilan birga katta xavf-xatarlarni ham olib keladi — biz, o'qituvchilarning vazifasi esa SI jamiyat va o'quvchilar manfaati yo'lida ishlashini ta'minlashdir. Akademiya bu texnologiyani qanday ishlatishni emas, balki uni oqilona, xavfsiz va axloqiy tarzda qanday qo'llashni o'rgatuvchi makon bo'ladi.”


Dastur doirasida ustaxonalar, onlayn kurslar va AI mutaxassislari hamda o'qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan oflayn mashg'ulotlar o'tkaziladi. O'qitish jarayoni bu yilning kuzida boshlanadi.


Loyihadan texnologik kompaniyalar ham foyda ko'rishi mumkin: ular o'qituvchilardan fikr-mulohazalar olishadi va o'z SI vositalarini butun mamlakat bo'ylab o'qituvchilar va o'quvchilar qo'liga yetkazish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Ilgari ham bunday hamkorliklar texnologik kompaniyalar uchun foydali bo'lgan — masalan, Google Chromebooks qurilmalari maktablarda keng tarqalgan.


Dilnura QAYuMOVA,


Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 4488 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat