Endi dala chetiga ekin ekmaganlar 3 baravar soliq to'laydi
Senatning 11-yalpi majlisida “Dala chetlarida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi Qonun ko'rib chiqildi.
Biroq dala chetlariga ekin ekmaslik va yil davomida mahsulot yetishtirmaslik holatlari aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta'minlashga hamda bozorlarda mahsulotlarning tannarxiga sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda.
Bu esa, o'z navbatida, sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan yerlardan oqilona va samarali foydalanishni yo'lga qo'yish zaruratini yuzaga keltirmoqda.
Qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga o'zgartirishlar kiritilmoqda. Xususan, ikkilamchi ijaraga olgan ijarachilarga qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanallar, sug'orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofida qonunchilikka muvofiq qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish belgilangan maydonlarda va muddatlarda maqbul ekin ekilmaganligi uchun ma'muriy jarima qo'llash nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, Soliq kodeksida dala chetlaridagi bunday maydonlarda maqbul ekin ekilmagan taqdirda, mazkur yer uchastkasining ekin ekilmagan qismi uchun yer solig'i stavkasini uch baravar miqdorda hisoblash belgilanmoqda.
Muhokama yakunida ushbu Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0