Valyuta UZS
  • USD

    12 591.5791.56

  • EUR

    14 545.7874.52

  • RUB

    153.821.86

+35C

+35C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+35c

  • Hozir

    +35 C

  • 13:00

    +35 C

  • 14:00

    +35 C

  • 15:00

    +35 C

  • 16:00

    +35 C

  • 17:00

    +34 C

  • 18:00

    +33 C

  • 19:00

    +32 C

  • 20:00

    +29 C

  • 21:00

    +28 C

  • 22:00

    +26 C

  • 23:00

    +25 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Payshanba, 31-July

+35C

  • Hozir

    +35 C

  • 13:00

    +35 C

  • 14:00

    +35 C

  • 15:00

    +35 C

  • 16:00

    +35 C

  • 17:00

    +34 C

  • 18:00

    +33 C

  • 19:00

    +32 C

  • 20:00

    +29 C

  • 21:00

    +28 C

  • 22:00

    +26 C

  • 23:00

    +25 C

  • Payshanba, 31

    +35 +20

  • Juma, 01

    +33 +20

  • Shanba, 02

    +31 +20

  • Yakshanba, 03

    +32 +20

  • Dushanba, 04

    +32 +20

  • Seshanba, 05

    +32 +20

  • Chorshanba, 06

    +34 +20

  • Payshanba, 07

    +34 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Energetika tizimidagi mas'ullar o'z vazifasida ishlashga loyiqmi?

Jamiyat
375 10:42 | 29.07.2025 10:42

2023 yil dekabr' oyida Energetika vaziri Jo'rabek Mirzamahmudov «Generatsiya tarafidan ishontirib aytamanki, 2024 yildan 100 foiz o'z ichki ehtiyojimizni qoplash imkoniyatimiz paydo bo'ladi. Biz buni ta'minlaymiz, bizga shunday vazifa qo'yilgan. Agar bu vazifani bajara olmasak, o'ylaymanki, nafaqat men, balki tizimimizdagi barcha mas'ullar ishlashga noloyiqmiz», deya bayonot bergandi.


O'shanda ko'pchilik tizimda muammolar butunlay barham topishidan umidvor bo'lgan bo'lsa, ajab emas.


Mana, vaziyatni o'nglash uchun yetarlicha vaqt o'tdi. Xo'sh, shu davr mobaynida nima o'zgardi?


Hech narsa! Boshqa hududlarni qo'ya turing, hatto poytaxtda ham vaziyat yaxshilanmadi. Ijtimoiy tarmoqlar elektr ta'minotidagi uzilishlardan noroziliklarga to'lib-toshdi. Demak, vazir janoblarining va'dasi puch ekan. U na sohadagi ishlarni yaxshiladi, na iste'fo berdi.


Qishda gaz bilan ro'y bergan holat hali hech kimning yodidan chiqmagan bo'lsa kerak. Xullas, yozda elektr, qishda gaz muammosi. Bunga esa, mas'ullar ta'biri bilan aytganda, yillar davomida tizimga e'tibor qaratilmagani yoki ob-havo noqulay kelishi sabab. Ularning topib olgan bahonalari shu!


Vaholanki, davlat energetika sohasidagi muammolarni bartaraf etish uchun yetarlicha mablag' ajratyapti, shart-sharoit yaratyapti. Xususan, 2022 yilda Toshkent shahrida «Elektr energetika sohasini transformatsiya qilish va elektr energiyasini barqaror uzatish» loyihasi taqdim qilingan va uni amalga oshirish uchun Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (Jahon banki guruhi) tomonidan 380 million, Yashil iqlim jamg'armasi tomonidan esa 43 million AQSh dollari miqdorida kredit ajratilgani haqida xabar berilgan edi. Natija esa… Uning qandayligini hammamiz ko'rib-bilib turibmiz.


Shunday ekan, nega mutasaddilar ajratilgan mablag'lar nimalarga sarflangani va bajarilgan ishlar xususida ma'lumot berishmaydi?


Bordi-yu, tizimda nimadir qilingan bo'lsa, hech bo'lmasa, poytaxtda vaziyat yaxshilanishi kerak emasmidi?


Xabarlarga ko'ra, Toshkentda elektr ta'minotidagi uzilishlar bo'yicha Bosh prokuratura yaqinda keng ko'lamli tekshiruvlar o'tkazgan. Ma'lum bo'lishicha, muammo faqat ob-havoda emas, balki tizimda jiddiy kamchiliklar bor. Tarmoqlarning 26 foizi ta'mirga muhtojligi, 90 ta podstantsiyaning 9 tasi modernizatsiya qilinishi lozimligi, 11 ta laboratoriya mashinasining 6 tasi eskirgani, kadrlar yetishmovchiligi (so'nggi 3 yilda xodimlarning 30 foizi ishdan bo'shab ketgan, ularning 45 foizi ekspluatatsiya bo'yicha mutaxassislar) kabi holatlar shular jumlasidan. Bundan tashqari, 9 ming 749 kilometrlik elektr tarmog'ining 26 foizi (2 ming 540 kilometr) ta'mirtalabligi, 90 ta podstantsiyadan 9 tasini modernizatsiya qilish, 2 tasining quvvatini oshirish zarurligi oydinlashgan. 11 ta maxsus laboratoriya avtomashinasining 6 tasi zamonaviy talablarga javob bermasligi, tungi vaqtda faqat 2 tasi navbatchilik qilishi, bu bir vaqtning o'zida bir nechta hududdagi avariyalarni tez aniqlash va bartaraf etishda qiyinchilik tug'dirishi, tizimdagi 1154-raqamli CALL-markaz orqali murojaatlarni qabul qiluvchi operatorlar 5 nafarni tashkil etishi, shu sababli operator bilan ulanish uchun 60-70 tagacha navbat yuzaga kelayotgani ham qayd etilgan.


Tekshiruv natijalariga ko'ra, 28 nafar mas'ul shaxs ishdan olinib, javobgarlikka tortilgan. Vazifasidan ozod etilganlar orasida «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» rahbari ham bor.


Koshki shu bilan muammolar barham topib, vaziyat o'nglanib ketsa?.. Bu birgina poytaxtdagi o'rganishlar natijasi, xolos. Toshkentdaki, ahvol shunday bo'lgach, viloyat markazlari, chekka-chekka hududlardagi holat haqida gapirmasa ham bo'ladi.


Ajab, o'tgan yillar mobaynida tizimga shuncha e'tibor qaratilib, yetarlicha mablag' ajratilsa-yu, vaziyat o'nglanmasa…


Modomiki, shunday ekan, energetika tizimidagi mas'ullar o'z lavozimlarida ishlashga loyiqmi?


G'ulomjon MIRAHMEDOV


Ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 4661 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat