Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanib kelgan shaxslar aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navbahor va Baliqchi tumani bo'limlari tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqarolar M.D. va I.O. o'zlarining xonadonlarida o'zboshimchalik bilan gaz tarmog'iga to'g'ridan-to'g'ri ulanib, 275,1 mln so'mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shuningdek, Departamentning Amudaryo tumani bo'limi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro F.A. xonadonida o'zboshimchalik bilan elektr tarmog'iga ulanib, 106,4 mln so'mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.
Ishonch.uz
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0