Olimlar havodan ichimlik suvi oluvchi qurilma yaratdi
Berklidagi Kaliforniya universiteti professori va 2025 yilgi Nobel' mukofoti laureati Omar Yagi namlik 20 foizdan past bo'lgan sharoitda ham har kuni 1000 litrgacha toza suv ajratib olishga qodir qurilmani ishlab chiqdi. Ushbu texnologiya takomillashtirilgan shimgich vazifasini o'tovchi metalloorganik karkas tuzilmalariga (MOF) asoslangan.
Havo qurilma orqali o'tayotganda, karkaslar suv molekulalarini o'ziga yutadi. Qizdirish natijasida namlik ajralib chiqadi va kondensatsiyalanib, suyuqlikka aylanadi. An'anaviy atmosfera suv generatorlaridan farqli o'laroq, Yagi tizimi avtonom tarzda ishlaydi. Bu, ayniqsa, ikki milliarddan ortiq odam xavfsiz ichimlik suvidan mahrum bo'lgan "global suv bankrotlig" sharoitida juda dolzarb
Atoco kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan ushbu qurilma avvalgilariga nisbatan ixchamroq, mobilroq va ekologik jihatdan xavfsizroq. Bu uni tabiiy ofatlardan jabr ko'rgan hududlarga, Karib havzasi mamlakatlariga tezkor yetkazish imkonini beradi.
Mazkur texnologiya kimyo, materialshunoslik va muhandislik fanlarini o'zida birlashtiradi. MOF tuzilmalari suvni samarali tutib qoladi, bu esa markazlashtirilgan tarmoqlarga qaramlikni kamaytiradi va iqlim o'zgarishlariga tayyorlanishga yordam beradi. Bugungi kunda texnologiya sanoat darajasiga chiqmoqda va suv tanqisligi mavjud mintaqalar uchun asosiy standartga aylanishi kutilmoqda.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0