+21C

+21C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Prezident narkotahdidlarga qarshi kurashish borasida qator takliflarni ilgari surdi

Prezident tomonidan “Jamoat salomatligi va xavfsizligini taʼminlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” xalqaro forumda qator muhim takliflar ilgari surildi.
Siyosat
919 13:21 | 20.04.2026 13:21

Jumladan, transmilliy narkojinoyatlarga qarshi kurashishda tezkor axborot almashinuvi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu maqsadda narkotrafik yo‘nalishlarini barvaqt aniqlash, xavfli yuklar harakatini erta bosqichda fosh etish hamda transmilliy jinoiy guruhlar faoliyatini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beradigan yagona raqamli platformani joriy etish taklif etildi.


Narkobiznes – bu faqat giyohvand moddalar aylanmasi emas, balki milliardlab dollarlik yashirin iqtisodiyot, uyushgan jinoyatchilik va terrorizmni moliyalashtiruvchi manbadir. Shu bois, uni qurol bilan emas, moliyaviy manbalaridan uzib qo‘yish orqali engish mumkinligi taʼkidlandi.


Bu borada:
• kripto-birjalar uchun majburiy identifikatsiya standartlarini global darajada birxillashtirish;
• offshor yurisdiktsiyalar bilan maʼlumot almashinuvi bo‘yicha majburiy kelishuvlarni joriy etish;
• “nomaʼlum manba” mablag‘larini avtomatik bloklash mexanizmlarini yaratish zarurligi qayd etildi.


Shuningdek, noqonuniy mablag‘lar harakatini global miqyosda aniqlaydigan va ularni qabul qilgan moliyaviy institutlarni darhol xavf toifasiga kiritadigan “xalqaro raqamli qora kod” tizimini joriy etish taklif qilindi.


Bundan tashqari, doimiy muloqot maydonini yo‘lga qo‘yib, sintetik narkotiklarga qaram bo‘lgan bemorlarni samarali davolash bo‘yicha zamonaviy metodika va standartlarni birgalikda ishlab chiqish tashabbusi ilgari surildi.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Siyosat
Quyoshni to'sib qo'ymang!
0 2776 11:30 | 13.09.2023