Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 971.9314.93

  • EUR

    13 394.81-68.81

  • RUB

    133.860.43

+2C

+2C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+2c

  • Hozir

    +2 C

  • 17:00

    +2 C

  • 18:00

    +1 C

  • 19:00

    +1 C

  • 20:00

    +1 C

  • 21:00

    +1 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    +0 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Seshanba, 11-February

+2C

  • Hozir

    +2 C

  • 17:00

    +2 C

  • 18:00

    +1 C

  • 19:00

    +1 C

  • 20:00

    +1 C

  • 21:00

    +1 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    +0 C

  • Seshanba, 11

    +2 +20

  • Chorshanba, 12

    +3 +20

  • Payshanba, 13

    +7 +20

  • Juma, 14

    +7 +20

  • Shanba, 15

    +6 +20

  • Yakshanba, 16

    +6 +20

  • Dushanba, 17

    +10 +20

  • Seshanba, 18

    +12 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Prezident IIO xodimlari va faxriylariga tabrik yo'lladi

Davlat rahbari o'z tabrigida soha xodimlari va faxriylariga fidokorona mehnatlari uchun samimiy minnatdorlik bildiradi.
Siyosat
1476 10:23 | 25.10.2023 10:23

Prezident Shavkat Mirziyoev ichki ishlar organlari xodimlari hamda faxriylarini kasb bayrami – O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan tabrikladi.



Davlat rahbari o'z tabrigida tizim xodimlarining zimmasidagi muhim vazifalarni e'tirof qilib, so'nggi yillarda ichki ishlar organlarini chinakam xalqchil tuzilmaga aylantirish yo'lida qator islohotlar amalga oshirilayotganini ta'kidlaydi.
“Biz Yangi O'zbekiston sharoitida “Barcha islohot va o'zgarishlar – inson qadrini yuksaltirish uchun” degan ezgu tamoyilga sodiq qolgan holda, shu yo'lda boshlagan ishlarimizni yangi bosqichga ko'tarishimiz zarur. Bu borada o'tgan davrda jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida yaratilgan mustahkam huquqiy bazaga tayanamiz”, – deydi Mirziyoev.


Shuningdek, tabrikda ichki ishlar organlari sohasiga raqamli texnologiyalar, xorijiy mamlakatlarning ilg'or tajribalariga asoslangan zamonaviy ish yuritish vositalari, sun'iy intellekt yordamida faoliyat ko'rsatadigan axborot-ma'lumot tizimlari jadal tatbiq etilayotgani hamda jamoat joylarini onlayn kuzatish, murojaatlarni masofadan turib qabul qilish, huquqbuzarliklarni inson omilisiz qayd etish amaliyoti bu boradagi muhim qadamlardan ekani qayd etiladi.


“Ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish, aholi osoyishtaligini ta'minlashga qaratilgan ishlarimiz bundan buyon ham izchil davom ettiriladi.
Xususan, ichki ishlar organlari tomonidan ko'rsatilayotgan davlat xizmatlarining 80 foizi elektron shaklga o'tkazilib, tizimda byurokratiya va fuqarolarni sarson qilish holatlari bartaraf etiladi. Har bir faoliyat yo'nalishi bo'yicha ijtimoiy fikrni o'rganish va jamoatchilik tomonidan monitoring qilib borish amaliyotini “mahalla – tuman – viloyat – respublika” tamoyili asosida tashkil etish choralarini ko'rishimiz lozim.


Muxtasar aytganda, ichki ishlar tizimidagi islohotlarimizning amaliy natijasini sohaning har bir xodimi, birinchi navbatda, xalqimiz o'z kundalik hayotida sezishi shart”, – deydi davlat rahbari.


Prezident tabrik so'ngida soha xodimlari va faxriylariga fidokorona mehnatlari uchun samimiy minnatdorlik bildiradi.


“Sizlarni bugungi qutlug' bayram bilan yana bir bor chin dildan tabriklab, barchangizga mustahkam sog'liq, oilaviy baxt, mas'uliyatli xizmatingizda yangi muvaffaqiyatlar tilayman”, – deydi Shavkat Mirziyoev.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Siyosat
Quyoshni to'sib qo'ymang!
0 1280 11:30 | 13.09.2023