+20C

+20C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Mirziyoev 2-3 noyabr' kunlari Ostona shahriga boradi

Qozog'iston poytaxtida Turkiy davlatlar tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari uchrashadi.
Siyosat
2515 10:57 | 02.11.2023 10:57

Shavkat Mirziyoev Qasim-Jomart Toqaevning taklifi bilan Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig'ilishida ishtirok etish uchun 2-3 noyabr' kunlari amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo'ladi.


Sammit kun tartibidan tashkilot doirasidagi ko'p tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya, ekologiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda yanada rivojlantirish masalalari o'rin olgan.


Delegatsiyalar rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashadilar. Tadbirlar yakunida qator qo'shma hujjatlar qabul qilinishi ko'zda tutilgan.


Eslatib o'tamiz, joriy yilda Turkiy davlatlar tashkilotiga O'zbekiston raislik qilyapti va tashkilotga raislik doirasida a'zo davlatlar o'rtasida hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan 100 dan ortiq muhim tadbir o'tkazildi.


Ma'lumot uchun, tashkilotga O'zbekiston, Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston va Turkiya a'zo davlatlar, shuningdek, Vengriya va Turkmaniston esa kuzatuvchi maqomidagi davlatlar hisoblanadi.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Siyosat
Quyoshni to'sib qo'ymang!
0 2650 11:30 | 13.09.2023